High school first kiss

High school first kiss

🦋𝑻𝒊𝒇𝒇𝒂𝒏𝒚🦋

#Ep_46

            High school:first kiss💋

Jimin Aeiringa tobora yaqinlashib kelardi. Aeirin u nima qilayotganini tushunmay qoldi. Jimin Aeirinni yuzidan ushlab o'ziga qaratdi va sochidagi to'g'nog'ichni olib tashladi. Aeirinni sochlari yig'ilgan holatdan yozilgan holatga o'tdi. Jimin sochining bir qismini uning oldiga tashladi.

Jimin:ana bo'ldi chiroyli kiyim, chiroyli turmak va nihoyatda go'zal qiz😊

Jimin uni ortiga o'girdi. Aeirin o'zini oyna qarshisida ko'rdi. U rostdan ham beqiyos edi. Yozilgan sochlar unga yanayam chiroy bag'ishlab turgandi. Aeirin bir muddat o'ylanib qoldi.

Jimin:raqsga taklif qilsam maylimi?

Aeirin hayron bo'lib Jiminga qaradi. Jimin Aeiringa qo'l uzatib turardi. Savdo markazida esa yoqimli musiqa yangrardi. Aeirin Jiminga qo'lini uzatdi. Bundan xursand bo'lgan Jimin Aeirinni biroz o'ziga tortib bellaridan ushladi. Jiminning baquvvat qo'llari Aeirinni ingichka belida, Aeirinning nozik qo'llari esa Jiminning yelkasida edi. Ular xuddi ertakka tushib qolgandek edilar. Atrofida hech kim yo'q, faqat bu ikki kabutarlar bordek edi go'yo🥰. Ular musiqaga mos tebranishardi. Musiqa ham tugadi lekin ular hali ham bir-biriga qarab turardi🤭.

Aeirin:menimcha musiqa tugadi

Jimin:aa ha to'g'ri😁

Jimin Aeirinni qo'yib yubordi.

Jimin:xo'sh shuni olasanmi?

Aeirin:o'ylanib qoldim balki kerakmasdir😐

Jimin:nega😦🙁 ahir bu senga yoqdiku ham judayam yarashdi

Aeirin:bilmadim🤷‍♀️ buni qayerga ham kiyardim

Jimin:men bilan bitiruv oqshomiga kiyasan😑

Aeirin:sen bilan?

Jimin:xohlasang boshqasi bilan lekin buni olishing kerak bu aynan sen uchun tikilgan

Aeirin:bitiruv oqshomigacha hali yarim yil bor menda esa...(vaqt kam😔)

Jimin uni nima demoqchi ekanligini tushundi.

Jimin:men bilmayman bu libosni sendan boshqasi kiymaydi shuni olamiz men ham smokingni olaman

Aeirin:mayli🤷‍♀️

Ikkisi ham kiyingani kirib ketishdi. Aeirin kiyinish xonasiga kirib kiyimini orqa tugmasini yechmoqchi bo'ldi. Birinchi 2 ta tugmani yechdi lekin eng pastki tugma ilinib qolib chiqmayotgandi hech yecha olmadi

Aeirin:kim bor? Menga yordam kerak edi. Bular qayerga ketgan o'zi😬

Aeirin hech kimni chaqira olmagach noiloj Jiminni oldiga kirdi. Kirganda ham oddiy emas Jimin kiyinayotgan xonaga bostirib kirdi😆

Aeirin:Jimin men...😳

Jimin:yaaa!!!😵

Aeirin kirgandan keyin qotib qoldi. Jimin bitta shimda edi egnida esa hech nima yo'q🙈. Aeirin bunday holatga tushishini kutmagandi lekin qanday qaytib ketishni ham bilmasdi. Jiminni bu ahvolda ko'rib yuragi shuuv etdi🥵. Albatta bo'rtib chiqqan mushaklar, presslar yana ko'rkam tanani ko'rgandan keyin har qanday qiz o'zini yo'qotib qo'yishi aniq edi🥵🙈. Lekin Aeirin o'zini tez qo'lga olib ortiga o'girildi.

Aeirin:meni kechir men bilmagandim haligi orqamdagi tugmani yechib yuborolmaysanmi menimcha ilinib qolgan

Jimin:Sal yaqinroq kel

Aeirin orqaga sekin qadam tashladi palakat oyoq ostida deganlaridek(o'zbekchasiga😆) uzun ko'ylagining etagini bosib oldi va yiqilib tushishiga oz qoldi. Uni haloskori Jimin ushlab qoldi😅. Aeirinni ochiq yelkalari Jiminni tanasiga tegib turardi. Aeirin nima qilishini bilmay qoldi. Jimin sekin uni turgazdi

Jimin:ehtiyot bo'l

Aeirin:kechir😐

Jimin sal egilib oxirgi tugmani yechmoqchi bo'ldi lekin hech yechilmasdi. Jimin bir qo'li bilan Aeirinni belini ushlab ikkinchi qo'li bilan tugmani yechishga urinardi.

Aeirin:eyy qo'lingni belimdan ol!

Jimin:nima men o'ynab o'tiribmanmi yordam so'ragan o'zing-ku

Aeirin:tugma belimda emas-ku

Jimin:bo'ldi qil ozgina gapirmay tur

Va nihoyat Jimin tugmani yechdi. Tugma yechilishi bilan Aeirin o'girilib oldi. Yana Jiminni tanasini ko'rdi🤯🤣.

Jimin:eyy😬

O'girilmaganda Jimin Aeirinni tanasini ko'rardi🤭

Aeirin:ayww orqaga qarab tur ketib olay

Jimin:😬🤦

Jimin orqaga qaradi. Lekin Aeirin tez ketolmadi. Jiminning yelkalari... aqldan ozdiradigan darajada ko'rkam va kelishgan edi. Aeirin birinchi marta o'g'il bolani bunday holatda ko'rgani uchun dovdirab qolgandi.

Jimin:ketdingmi?

Aeirin:a hozir etagimni yig'ishtirib olay

Aeirin yana kiyinish xonasiga kirib ketdi. Ikkisi ham kiyimlarni olishdi. Haltalarni Jimin ko'tarib oldi.

Jimin:endi uygami?

Aeirin:haa🙄 meni chalg'itib ketmoqchimisan devor bo'yashchi.

Jimin:sho'xlik qilgandan keyin oxirigacha qilish kerak😉. Boshdan oyoq qora kiyinib olamiz

Aeirin:oo zo'r fikr

Jimin:unda seni uyingga meniki shundoq ham qop-qora

Aeirin:yaxshi

Ular Aeirinni uyiga ketishdi. Eshik oldiga yetganda eshik tagida bir quti turardi.

Aeirin:bu nima?🤔

Jimin:qarab ko'rchi🧐

Aeirin sekin borib uy ostonasidagi qutini ochib ko'rdi. Va hayrat bilan Jiminga qaradi

Jimin:5-tilak kuchukcha boqib olish sen bu tilakni o'tkazib yuborganimni sezmaganding to'g'rimi?😅

Aeirin:Jimiiin🥺🥺🥺

Jimin:unday qarama mo'ltirab qarashing uchun qilmadim buni

Aeirin:raxmat🥺

Aerinning tilaklar qog'ozi

Jimin ham Aeirinni yoniga kelib o'tirdi.

Jimin:xo'sh laqabini nima qo'yamiz?

Aeirin:Mikki

Jimin:Mikki?🤣

Aeirin:nima nega kulasan?

Jimin:yo'q o'zim tezroq chiq keyin ketamiz o'zi kech tushdi

Aeirin:ho'p hozir

Aeirin ham qop-qora kiyimlarini kiyib chiqdi. Ikkisi ham sprey bo'yoq sotib olib devor oldida turishardi.

Jimin:nima chizamiz?

Aeirin:yulduzlarni✯☆🌟

Jimin:chiza olasanmi?

Aeirin:albatta

Ular devorga yulduzlar chizishni boshladi. Bu judayam yoqimli edi🥰. Oddiy devor haqiqiy san'at asariga aylnagandi. Lekin Koreya xalqi bunday "iste'dodni" tushunmaydi😆. Ya'ni buning uchun jazo bor😄 Tog'rida chizishga usta ekansan oq qog'ozga chiz devorni bo'yab nima qilasan?–deb ta'kidlaydigan politsiyachilar qayerdandir paydo bo'lib qoldi🤣🤣🤣.

Jimin:Aeirin qochdik politsiyachilar kelyapti

Jimin boshiga kapishonkasini kiydida Aeirinni qo'lini ushlagancha sudrab ketdi. Aeirin ham bor kuchi bilan qochardi. Ikki politsiyachining vazni ortiqcha bo'lgani uchun yetib olisholmasdi😅. Xuddi ularni ustidan kulgandek bor ovozi bilan baqirdi.

Jimin:🗣uuuuu🤣

Aeirin:🗣aaaaaaaaa😄

Ular qochiga muvaffaq bo'lishdi.

Aeirin:Jimin shoshma ozgina dam olay

Jimin:yaxshimisan?

Aeirin:ha yaxshi faqat biroz og'riq bor

Jimin:Aeirin🥺 kechir

Aeirin:nega kechirim so'raysan men senga raxmat aytishim kerak😅. Hamma tilaklarimni bir kunda ijobat qilding. Men judayam baxtliman

Jimin:yana 2 ta tilak qoldi

Aeirin:yo'q ularni shunchaki yozgandim😅 hammasi shu edi

Jimin:seni ko'tarib olaymi nafas olishing qiyinlashyapti

Aeirin:yo'q deyishga holim yo'q😅 jon derdim

Jimin Aeirinni opichib oldi. Aeirin qo'llarini osiltirib ketardi.

Jimin:oxirgi tilaging nima?

Aeirin:hali ham so'rayapsanmi?😅

Jimin:😐bilmadim hamma orzularingni amalga oshirishni xohlayman

Aeirin:lekin bunisini emas bu boshqacha tilak... bilasanmi? Oxirgi ikkita tilak ro'yobi... menimcha amalga oshmaydi. Buni o'zim ham bilaman shunchaki yozgim kelgandi. Buni sen amalga oshirolmaysan shunday ekan unut...

Jimin:qo'limdan kelsachi?

Aeirin:aniq qo'lingdan kelmaydi bu ikki tomonlama bo'lishi kerak. Men uni u esa meni sevishi kerak. Bu qisqa vaqt ichida bunday bo'lmaydi bo'lishi ham mumkin emas. Meni sevadigan odam bordir men uni sevmasam bu tilak amalga oshmaydi. Agar ikki tomonlama bo'lsa ham... buni iloji yo'q

Jimin:qanday qilib? Ikkingiz bir-biringizni sevsangiz...

Aeirin:men umrimni oxirigacha uni sevishim mumkin lekin u umrini oxirigacha azobda o'tadi uni baxtli qila olmayman😔. U azoblansa men ham qiynalaman ruhim...

Jimin:bo'ldi jim...😐😔

Aeirin:ruhim uni baxtli ko'rishi kerak lekin...

Jimin:Aeirin JIM

Aeirin:jim bo'ldim lekin nima demoqchi ekanligimni tushunding sen meni eng yaqin do'stimsan buni bilasan-a? Meni hayotimga rang olib kirgan insonsan🥰. Sendan oxirgi bor iltimos qilsam bajara olasanmi?

Jimin:ayt-chi

Aeirin:hozir emas vaqti kelganda🥰

Jimin:ho'p😊

Jimin va Aeirinning kuni unutilmas xotira bo'lib qoldi. Bu kun hech qachon ikkisining ham yodidan chiqmaydigan bo'ldi. Umrining oxirigacha...🥀

***

Darslar tugab Hyorin endi narsalarini yig'ishtirib ketmoqchi bo'lganda o'qituvchi uni ish bilan qoldirdi. Hamma ketib bo'lgan paytda Hyotin ishini tugatib maktab darvozasi tomon yura boshladi.

Jk:Hyorin!!!

Hyorin:(faqat bu emas😐😔)

Jk:seni kutayotgandim iltimos gaplashib olaylik

Hyorin:😒😒😒

Jk:iltimos biron nima de mayli gapirmasang ham meni eshit🥺

Hyorin Chongukka javob qaytarmas edi. Oxiri Chonguk Hyorinni qo'lini ushladida tomga olib chiqdi. Hyorin qancha qarshilik ko'rsatmasin Chongukka kuchi yetmadi. Balki bu qo'lidagi og'riqdandir, balki yuragi uni eshitshni xohlagandir. Nima bo'lganda ham uni kechirish uchun sabab bo'lganda balki kechirarman deb o'ylardi. Afsuski bu qiyin Hyorin o'zligiga, g'ururiga qarshi borolmasdi. Va nihoyat Chonguk va Hyorin tomda. Hyorin ketmoqchi bo'ldi. Lekin Chonguk gapini aytmasdan uni qo'yib yubora olmasdi Hyorinni devorga tirab qo'lini ushlab oldi. Shunda ham Hyorin uni ko'zlariga qaramasdi.

Jungkook:Hyorin meni eshit🥺. Men hamma qilgan ishim uchun afsusdaman. Hech nimani tagiga yetmay turib seni aybladim. Senga bo'lar bo'lmas gaplarni aytdim😔 jazoga loyiqman. Lekin bir gapni senga aytishim kerak seni yo'qotishimni o'ylaganimda men juda qattiq qo'rqdim. Seni yo'qotish haqidagi hayollar meni o'ldirayozdi. Men bir narsani angladim. Men... Men seni sevaman Hyorin🥺

Hyorin bu gapni eshitaman deb umuman kutmagandi. Shokka tushib qoldi. Nima qilishni nima deyishni bilmay qoldi. Bu so'z Hyorinni Jungkookning ko'zlariga qarashga va gapirishga majbur qildi

Hyorin:sen... sen... nima?😳😳😳

Ep-46 TUGADI

Report Page