High school first kiss

High school first kiss

🦋𝑻𝒊𝒇𝒇𝒂𝒏𝒚🦋


#Ep_43

            High school:first kiss💋

U odam Yunsini sochini qattiq ushlab o'ziga qaratdi.

Miran:menimcha dushmanlaring borgan sari ko'payyapti

Yunsi:demak sen... sen Chongukka aytdingmi?😡

Miran:nafaqat Chonguk hatto Yungi ham biladi endi senga bu yerda kun yo'q

Yunsi:o'shandayoq seni o'ldirsam bo'larkan mo'ljal sal noto'g'ri bo'lmaganda taxtalar seni o'ldirgan bo'lardi

Miran:nima? O'sha senmiding?😳😡

Yunsi:ha, sen muammo chiqarishingni bilardim afsus ulgurmay qoldim lekin hali ham kech emas shundoq ham seni qadrlaydigan hech kim yo'q-ky to'g'rimi😈

Miran:yaramas🤬

Miran uni sochini qattiq tortib tarsaki tushurdi👋.

Miran kimdir kelayotganini sezib o'rnidan turib ketib qoldi

Yunsi:bu ishing uchun hammang javob berasan🤬


Hana ertalab uyg'onib sochini yig'ishtirib olmoqchi bo'ldi keyin o'ylanib turib yozib olishga qaror qildi🤭

Hana:nima endi unga yoqarkan deb yozib borishim kerakmi?😑

keyin yana yig'ishtirmoqchi bo'ldi yana o'ylanib turib yozib oldi🤦‍♀️shunday qilib 2 soat vaqt ketdi oxiri baribir yozib oldi🤣🤣🤣 Hana birinchi marta yozib olgani uchun sal xijolat bo'ldi. Hamma unga boshqacha qaradi🤭

Yuna:ooo o'zgarishlar kattami

Hana:ha shunchaki boshqacha uslub qilgim keldi

Yuna:haa shunaqa de🤭

Yuna unga boshqacha qarab qo'ydi😅😅😅 ular sinfxonaga kirib kelishdi. Hana joyiga o'tirib Tehyonga e'tibor bermaslikka urinardi. Tehyon esa Hanaga qaraab turardi😆. Hana nima deyishni bilmay qoldi

Hana:Tehyon kachagi rizinkam qani

Tae:aaa qolib ketipti😁

Hana:nima? Nega?

Tae:kecha uyga borib qo'limni yuvgandim rizinkaga ham tegib ketdi keyin quritishga qo'ydim shu bilan esimdan chiqib kelaveribman xohlasang darsdan keyin uyga borib olib kelaman

Hana:haa mayli qolaversin bitta rezinka ekanku menda bunaqalardan ko'p

Tae:haa unda yaxshi😁

Tehyon ko'ylagining yengi tagidan ozgina ko'rinib turgan rizinkani sal ichkariga surib qo'ydi🤣 Tehyon aslida uni yechmagandi Hanaga bergisi ham kelmasdan yolg'on gapirgandi

Jimin boshini partaga qo'yib yotardi. Aeirin esa bir nimalarni berilib yozardi.

Jimin:nimalar qilyapsan?

Aeirin:uyg'ondingmi? Oxirgi payt uyqichi bo'lib ketyapsan darsda uxlaganing uxlagan tinchlikmi? Yoki birortasini...🙊

Aeirin sevib qoldingmi deb so'ramoqchi edi lekin Jimin osonlikcha birovni sevib qolmasligini bilardi bu og'ir ahir😔. Shuning uchun to'xtab qoldi

Aeirin:birortasini o'ylab uxlolmayapsanmi?

Jimin:bilmadim tuni bilan dars qilyapman

Aeirin:sen-a🤣kuldirmagin

Jimin:bo'ldi bu mavzuni gaplashmaylik😐

Aeirin:nimanidir yashiryapsanmi?🤨

Jimin:nimalar qilyapsan?😁

Aeirin:🙄mayli aytmasang aytma bu meni tilaklar ro'yxatim

Jimin:yangi yilga bir oy bor-ku😂 qorboboga xatmi?

Aeirin:qorboboga ishonadigan yoshdan o'tganman🙄

Jimin:unda nega bularni yozyapsan

Aeirin u yoq bu yoqqa qarab qo'ydi hamma o'z ishi bilan ovora

Aeirin:deylik o'lim oldi tilaklarim😌

Jimin bu gapdan so'ng jiddiylashib qoldi.

Jimin:men senga bu so'zni aytma demaganmidim😤

Aeirin:nima rost-ku o'limimdan oldin qilishni xohlagan ishlarim🤷‍♀️

Jimin:jim bo'l!!!😡 senga nima dedim

Jiminni rostakamiga jaxli chiqib ketgandi. Aeirin uni birinchi marta bu ahvolda ko'rishi. Jimin jaxl bilan o'rnidan turdida xonadan chiqib ketdi. Aeirin ham uni ortidan ketdi. Jimin tomga chiqayotgandi. Zindan tez-tez chiqardi.

Aeirin:yaa Jimin shoshma

Jimin javob bermasdan chiqib ketardi

Aeirin:Jimin nafas olishim qiyinlashyapti sekinroq chiq🥵

Jimin bu gapdan so'ng to'xtab qoldi ortiga tez tushib Aeirinni yoniga bordi.

Jimin:yaxshimisan😟 yur pastga tushamiz

Aeirin:kel tomga chiqaylik men chiqqim kelyapti

Jimin:ho'p🥺

Aeirin sekinlik bilan zinadan ko'tarilardi. Jiminni unga rahmi kelardi🥺 oxiri Jimin Aeirinni ko'tarib oldi😳🙊.

Aeirin:o'zim chiqa olaman

Jimin:tezroq chiqamiz

Aeirin:yaa tushir meni

Jimin:yo'q😌

Aeirin oxiri indamadi. Ular tomga chiqishib Aeirinni tushirdi

Aeirin:ahh havoni qara muzdek🥰

Jimin:sovuq-ku

Aeirin:nima qilibdi

Jimin:bo'ldi menga gapirma😒

Aeirin:nima arazladingmi?

Jimin:😒

Aeirin:yaa nega arazlaysan? Rost gapni aytdim-ku

Jimin tom chetiga o'tirib oldi. Aeirin ham uni yoniga o'tirdi

Aeirin:mayli kechir boshqa bu so'zni aytmayman kechiraqol

Aeirin:kechirim so'radim-ku bo'ldi va'da beraman boshqa aytmayman qani bitta kul qani kulaqol🙃 senga juda yarashadi

Jimin yosh bolaga o'xshab harakat qilayotgandi yuzini o'girib oldi

Aeirin:Jiminaaa kulaqol endiii

Jimin miyig'ida jilmayib qo'ydi

Aeirin:bilaman bu so'z xunuk eshitiladi shuning uchun yoqtirmaysan keyin men...😐 haqimda faqat sen bilasan

Jimin:bilasanmi?  Gap faqat bunda emas😔

Jimin chuqur nafas chiqarib qo'ydi

Jimin:kichkinaligimda... oyim o'z joniga qasd qilgan

Aeirin:nima😱 qanday

Jimin:aniq bilmayman lekin... ko'z oldimda o'zini osgan😔

Aeirin:Jimin🥺😥

Aeirin Jiminni yelkasiga qo'lini qo'ydi

Jimin:shuning uchun bu so'zdan nafratlanaman😔

Aeirin:meni kechir😥 yarangni yangilab kelayotgan ekanmanda

Jimin:hechqisi yo'q shunchaki bu so'zni boshqa aytma ayniqsa sen aytsang yanayam dilim og'riyapti sen ham meni tashlab ketishingdan qo'rqaman sen meni eng yaqin do'stimsan sendan ajralishni xohlamayman Aeirin meni tushuna olgan, dalda bergan, tushkunlikka tushganimda sen meni olib chiqqansan

Aeirin indamadi😔. O'rtada esa sukunat Jimin gapni boshqa yoqqa burmoqchi bo'ldi

Jimin:xo'sh tilaklaring? qani bir ko'raylikchi😁

Aeirin:hechamda seni ko'rishing taqiqlanadi

Jimin:nega ekan demak rostdan ham qorboboga ekan. Chunki qorboboga yozilgan xatni hech kim ko'rishi mumkinmas

Aeirin:yaa jaxlimni chiqarma😤 bu tilaklarni o'zim bajara olaman shuning uchun ro'yxat qildim

Jimin:o'zing bilasan mayli ko'rsatma🙁🤷‍♂️ yur oshxonaga

Aeirin:mayli


Tae oshxonaga chiqib ketdi. Hanani ishi chiqib qolgandi. Tehyon Hana va o'zi uchun taom olgandi joy ham tayyorlab qo'ygandi. Bu safar Hana albatta Tehyon bilan o'tirishiga amin edi. Chunki ularni munosabati endi yaxshi😊🙃 Hana rad etmasdi. Va nihoyat Hana keldi. Oshxonaga birrov ko'z yugurtirib chiqdi. Tehyon xursand xolda Hanaga qo'l silkidi. Lekin u yog'iz emasdi.

Tae:Hosok🤦‍♂️🙄

Hana va Hosok birga kirishgandi. Hosok Hanani taklif qilib bo'lgandi. Hana Tehyonni ko'rib Hosokni chaqirdi.

Hana:Hosok yur Tehyon joy olib qo'ygan ekan

Hosok:hmm shunaqami?😐

Albatta Hosok ham Hana bilan yolg'iz ovqatlanmoqchi edi. Lekin ikki yigitni ham umidlari puchga chiqdi. Ular birga ovqatlanishga majbur😆.

Hana:Tehyon yaxshiyam joy olib qo'yibsan

Tae:hmm😐lekin ikkimizga ovqat olgandim

Tehyonni qarshisida Hana va Hosok o'tirardi. Hana hech nimaga tushunmasdan jimgina ovqatlanardi o'rtada jimlik hukmron deb o'ylardi Hana😌 aslida esa Tehyon va Hosok o'rtasida jang ketayotgandi😆🤣🤣🤣. Ular bir-biriga ensa qotirib qo'yishardi. Ovqatlanayotganda ham jaxl bilan ovqat yeyishardi. Bu yerda ko'zlar katta rol o'ynayotgandi. Ikkisi ham bir-birini yoqtirmasligi shundoq ayon edi😆. Hana endi sho'rva ichaman deb egilganda Hosok sochlarini ushlab qoldi.

Hosok:shoshma sochlaring

Tae:(bu ikkisi qachon yaqin bo'lishga ulgurdi ekan🤔🙄)

U Hanaga yaqinlashib ikki tomonidan sochlarini qulog'i orqasiga o'tkazib qo'ydi.

Hana:aa raxmat😊

Hosok:arzimaydi

Ikkisi bir-biriga jilmayib qo'ydi. Ularni kuzatayotgan Tehyon esa jaxldan qizarib ketgandi😡. Kamiga Hosok Tehyonga ayyorona qarab ham qo'ygandan keyin esa...😆 Tehyon tutab ketdi qoshiqni jaxl bilan stol ustiga qo'ydi. Ikkisi ham Tehyonga qarab qoldi.

Hana:Tehyon tinchlikmi?

Tae:kxm hech nima uzr😅(😬tinchlik emas oldingdagi yoqmayapti😒 nega sochingni yoz deb aytdim o'zi😤)

Tehyon tez ovqatini yeb o'rnidan turib ketmoqchi bo'ldi. Lekin Hosok bilan Hanani qanday qoldirib ketardi🤥🤣. U endi Hanani qanday olib ketish haqida o'ylardi.

Tae:(nima qilsam ekan-a😬) ayy😖 oshqozonim🤕

Hana:😳nima bo'ldi

Hosok:tinchlikmi?

Tae:oshqozonim😖 og'riyapti

Hosok:hech nima qilmaydi yarim soatlarda o'tib ketadi😏🙄

Hana:rostdanmi? Ovqatni juda tez yeding nega bunchalik shoshilasan😐 hazm qilishi qiyinlashgandir

Tae:bilmadim qattiq og'riyapti😖

Hana:qani yur medpunktga boramiz

Tae:aha🤕

Hosok:Hana sen ovqatingni yeyaver uni o'zim olib boraman

Tae:(😳🤬🤬🤬)

Hana:Ovqatingni yeb bo'lmading-ku

Hosok:men to'ydim sen bemalol ovqatlanib ol qani yur Tehyon🙄

Tae:seni ham ovora qildimda

Hosok:hechqisi yo'q

Tehyon va Hosok oshxonadan chiqib ketishdi. Chiqishi bilan Hosok Tehyonni qo'yib yubordi.

Tae:yaa og'ridi

Hosok:o'zingni jinnilikka solma atayin qilganingni bilib turibman

Tae:bu atayin emas

Hosok:nima meni bilmadi deb o'yladingmi?🙄 medpunktga o'zing borarsan meni ishim chiqib qoldi

Hosok cho'ntagiga qo'lini tiqib ketib qoldi.

Tae:voyy yaramas agar rostdan kasal bo'lganimda ham shunday qilarmidi🤬 o'zicha Hanaga yaxshi ko'rinmoqchi🙄 men o'ylaganchalik ahmoq emas ekan hah baribir niyatimga yetdim😌...

***

Jimin Aeirinni cho'ntagidagi qog'ozni ko'rib qoldi. Sekinlik bilan qog'zoni olib qo'ydi

Aeirin:yaa ber bu meniki

Jimin:shoshma o'qib olay🤪

Aeirin:ber dedim

U qog'ozni olib qo'ymoqchi bo'ldi Jimin esa qog'ozni balandga ko'tarib o'qiy boshladi Aeirin bor kuchi bilan Jiminni qo'llariga yopishardi lekin bo'yi yetmasdi😅 .

Aeirin:ber dediiiiim ko'rmayapsanmi? Begonalar o'qimasin deb yozilgan

Jimin to'xtab qoldi.

Jimin:demak men ham begonaman😒 olaqol qog'ozingni

Jimin Aeirinni qo'liga qog'ozni tutib ketib qoldi. Aslida atayin qilgandi Aeirin bu ishidan keyin o'zi ko'rsatishini bilardi😆

Aeirin:ayww biram arazchi bo'lib ketyaptiki bu bola😬shoshmaaa!

Jimin:nima😒

Aeirin:mayli o'qiysan lekin kulmaysan

Jimin:yaxshi

Aeirin:kxm unda ol faqat kulma🤨

Jimin qog'ozni qo'liga olib o'qiy boshladi.

Jimin:hmm "Aeirin" "begonalar o'qimasin" "1-muzqaymoq yeyish"

Aeirin:qulupnaylisidan😋😋😋

Jimin:shu sovuqadaya😳

Aeirin:nima qilibdi🙁menga muzqaymoq yeyish mumkin emas shuning uchun muzqaymoq yemaganman

Jimin:rostdanmi? Unda bundan keyin ham yemaysan

Aeirin:yaa!!!

Jimin ro'yxatga ko'z yugurtirib chiqayotib oxirgi 2 ta tilakka ko'zi tushdi

Jimin:yaa bu nima 😧😧😧hazillashyapsanmi?😳😳😳

Ep-43 TUGADI


Report Page