High school first kiss

High school first kiss

🦋𝑻𝒊𝒇𝒇𝒂𝒏𝒚🦋

#Ep_42

          High school:first kiss💋

Miran:ayyy!!!

Ikkisi ham Miranning baqirgan ovozidan to'xtab qoldi. Bu jang kimningdir qoni bilan yakunlandi bu esa Miran bo'ldi.

Yungi:Miran🤯kechir men...men bunday...

Yungi nima qilib qo'yganini tushunib qotib qoldi. Miranni kasalxonaga olib kelishdi. Yungi Miranni ko'rik xonasiga olib kirib ketdi Chonguk esa u yerga kirmasdan kolidorda kutib turdi.

Miran:ayy😖😖

Yungi:😧😧😧

Hamshira:bo'ldi tinchlaning hammasi joyida mana og'riq qoldiradigan ukol qildim jarohat uncha jiddiy emas.

Hamshira hamma muolajalarni qilib dori olib kelish uchun ketdi.

Yungi:yaxshimisan?

Miran:yaxshi shekili menimcha og'riq yo'q

Yungi:meni kechir g'azabim ustunlik qilib seni ko'rmapman

Miran:hammasi joyida keyingi safar o'zingni boshqarishni o'rgan

Yungi:😐Hyoringa yordam berganing uchun, uni yonida bo'lganing uchun, yolg'iz qoldirmaganing uchun ham raxmat sen bo'lmaganingda...

Miran:bilaman, boshqa bu haqida gaplashmaylik vaqtida unga ko'p nohaqliklar qilganman qarzimni uzdim deb hisoblaymiz endi u bilan oramiz ochiq

Yungi:😐😐😐

Miran:aytgancha Hyorin shu kasalxonada

Yungi:nima😳...

Chonguk suv olish uchun tashqariga chiqib ketdi. Qaytayotib qayerdandir shovqin eshitdi. O'sha tomonga borib eshigi biroz qiya ochiq palataga mo'raladi. Qarasaki... Hyorin... u o'sha yerda edi. Qo'lidan suv idishi tushib ketgandi olishga qiynalayotgandi. Chonguk bir qadam oldinga yurdi va to'xtab qoldi. Hyorin uni qanday kutib olishini bilardi. Shuning uchun qo'rqdi. Lekin Hyorin bu yerda oddiy suv idishini ololmay qiynalayotgandi. Chonguk o'zida kuch topib palataga kiridi. Hyorin endi egilganida Chonguk idishni olib Hyoringa uzatdi

Hyorin:😳😳😳(u bu yerda nima qilayapti?)

Jk:Hyorin🥺🥺🥺

Hyorin Chongukka qaramadi. ko'zlarini bir nuqtaga qaratgan holda indamasdan turaverdi

Jk:bilaman meni ko'rishni ham xohlamaysan o'zimni oqlashga ham biror so'z topolmayapman.😔Miran hammasini aytib berdi. Men sendan kechirim so'ramoqchiman bilaman endi kech meni hech qachon kechirmasligingni ham bilib turibman lekin Hyorin... meni kechir🥺🥺🥺. Kechirishing uchun hamma ishni qilishga roziman faqat iltimos meni kechir

Hyorin indamasdan bir nuqtaga qarab turaverardi. Hatto ko'zlarida biror ma'no ham yo'q edi.

Jk:Hyorin iltimos ko'zlarimga qara menga qara🥺

Hyorin ko'zini boshqa joyga olib qochdi.

Jk:meni xohlaganingcha haqorat qil, ur, baqir lekin iltimos menga qarab biror nima degin🥺.

Hyorin:ket... shunchaki ket

Jk:Hyorin

Hyorin:meni haqoratimga ham, baqirib urishimga ham arziysan deb o'ylamayman aslida umuman qarshimda kechirim so'rashga ham arzimaysan endi esa jimgina ket hech bo'lmasa shu ishni qil

Hyorin ortiga o'girilib olmoqchi bo'lganda Chonguk uni qo'lini ushlab oldi.

Jk:Hyorin kechirishing uchun hamma narsaga tayyorman lekin iltimos...

Hyorin:qo'yvor

Jk:Hyorin

Yungi:qo'yvor deyapti eshitmayapsanmi?😡

Hyorin ham Chonguk ham Yungi tomonga qaradi. Yungi jaxl bilan kelib Chongukni qo'lini siltab tashladi.

Yungi:qani ket sen bu yerda ortiqchasan😑

Chongukni ketishdan boshqa iloji qolmagandi. U indamasdan xonadan chiqib ketdi...

Yungi:Hyorin yana o'z bilganingcha ish tutdingmi? Yana-ya🥺 nega bunaqa odamsan? Nega doim...

Hyorin: U bilan urushdingmi?

Yungi:gapni bo'lma

Hyorin:demak shunday

Yungi:Hyorin...😑

Hyorin:nimani xohlaysan ha qiynaldim!!! azoblandim xatto o'lgim ham keldi. Lekin afsuslanmayman hammasi sizlar uchun degan gapim esingdami? Men hammasini sizlar uchun...

Yungi:xo'sh natijasi nima bo'ldi qani? Kim uchun shuncha harakat qilding? Qani o'shalar?😤. Birortasi oldingda yo'qku

Hyorin:yaa bu gapingni boshqa gapirma tushundingmi? O'shalar deganing mening dugonalarim maning yagona yaqinlarim bo'ladi agar yana shunday gap qiladiga bo'lsang do'stligimizga ham qarab o'tirmayman😠

Yungi:yaxshi meni kechir men qizishib ketdim sendan judayam xavotir oldim kechir🥺

Yungi shunday deb Hyorinni bag'riga bosdi.

Hyorin:havotirga qo'yganim uchun sen ham meni kechir🥺 men hammasini angladim bir o'zim hech narsa qilolmasligimni, men chiqargan har bi qaror to'g'ri bo'lmasligini, yaxshilik qilaman deb ba'zida yomonlik qilib qo'yishimni tushundim.. keyingi safar biror muammo bo'lsa albatta maslahatlashaman boshqa o'zimni qurbon qilmayman

Yungi bu so'zlardan keyin Hyorinni yanayam qattiqroq bag'riga bosdi.

Yungi:keyingi safar men oldingda bo'laman

Hyorin:kelishdik🥲 ...

Hana va Tehyon kinoteatrdan chiqishdi. Ancha kech bo'lib qolgandi.

Hana:voyy kech bo'lib ketibdi avtobuslar qatnovi to'xtab qolgan bo'lmasin ishqilib🙁

Tae:qani yurchi

Ikkisi ham avtobus bekati tomon yurib ketishdi.

Hana:Tehyon bugungi kun uchun katta raxmat

Tae:arzimaydi aytgancha menga bergan va'dang esingdami?

Hana:qaysi va'dam?

Tae:haligi... butun kuningni menga sovg'a qilish haqidagi

Hana:haa bu hisobga kirmaydimi?😅

Tae:kechamda🙁 bunisi favqulotda vaziyat edi seni ko'nglingni ko'tarish uchun menga bergan va'dang boshqa masala hali ham o'z kuchida tushundingmi🤨 bosh tortish yo'q

Hana:ho'p ho'p😅 aytgancha Yungidan xabar yo'qmi?

Tae:nega endi Yungi?

Hana:u Hyorinni qidirayotgandi topsam xabar qilaman degandi

Tae:haa qo'ng'iroq qilib ko'raman

Hana: shunday qil🥺

Tehyon Yungiga qo'ng'iroq qildi. Yungi ko'tarmadi. 3-4 marta qilgandan keyingina javob berdi

Yungi:Tehyon hozir bandman

Tae:aa Yungi shoshmay tur Hana hozir yonimda unga Hyorinni topsam xabar beraman degan ekansan nima hali ham topolmadingmi?

Yungi:haa uni topdim hozir oldimda hammasi joyida

Tae:Hana Hyorin Yungini oldida ekan

Hana:Rostdanmi😀

Hana Tehyonni qo'lidan telefonni sug'urib oldi🤣. Tehyon hayratlangancha qolib ketdi.

Hana:alo Yungi Hyorin qalay ekan nega kelmapti bildingmi? Menga berolasanmi?

Yungi:mana hozir

Hyorin:Hana qalaysan men yaxshiman

Hana:eyy yaramas qiz😤nega xabar berib qo'ymaysan qancha xavotir olganimni bilasanmi? Aytib qo'ysang nima qilardi. Kechadan beri ich-etimni yedim-ku🥺 qizlar sendan juda havotirda

Hyorin:Hana kechir men kichik baxtsiz hodisaga uchradim

Hana:nima!! nima bo'lidi yaxshimisan qanday boldi bu?

Hyorin:hammasi joyida tinchlansangchi😅 men yaxshiman Yungi yonimda shunchaki velosiped bilan urilib ketdim. U meni kasalxonaga olib keldi shifokorlar qo'yib yubormadi telefonimni quvvati ham tugab qolibdi hozir esa yaxshiman qizlarga bu haqida aytma ho'p shunchaki yaxshiligimni ayt

Hana:ho'p🙁rostdan ham yaxshimisan?

Hyorin:yaxshiman dedim-ku Tehyonga ayt seni kuzatib qo'ysin kech bo'lganda yolg'iz yurma tushudningmi?

Hana:hooop

Hyorin:mayli go'shakni qo'yyapman

Hana telefonni Tehyonga berdi

Hana:u yaxshi ekan😄

Tae:nima degandim hammasi joyida ekanligidan xursandman

Hana:ha endi hammasi joyida🤗

Tae:ana avtobus😳yugurdik 🏃

Ular bekatga yetmasidan yo'lovchi yo'q deb o'ylab avtobus o'tib ketayotgandi. Tehyon tez yugurishni boshlaganda Hana yugura olmadi. Tae tez ortiga qaytib Hanani qo'lidan ushladida sudrab ketdi. Tae qo'lini silkitib baqirardi

Tae:hooyy shoshmang

Va nihoyat avtobus to'xtadi. Bu safar tiqilinch emas edi😅. Hamma joy bo'm-bo'sh. Tehyon Hanani qo'lini ushlagancha avtobusga chiqdi va oxirgi o'rindiqqa borib Hanani o'tirgizib o'zi ham o'tirdi. U hali ham qo'lini qo'yib yubormagandi🙊.

Tae:uhhh ulgurdik😅

Haja:haa

Hana sekin qo'lini oldi Tehyon bunga e'tibor bermagandek tutsa ham ichida o'zi bilan o'zi urishardi😆🤦‍♀️.

Hana:qanday yaxshi hech kim yo'q

Tae:haa menga yoqdi😅

Tehyon ertalabki voqeani eslab qizarib ketdi. Hana ham oynadan manzarani tomosha qilib ketardi. Birozdan so'ng Hanani ko'zlari yumilib keta boshladi avtobus tinch silkinganidan odamni allalayotgandek tuyulardi. Hanani uyqu bosa boshladi va o'zini bo'sh qo'yib ko'zlarini yumdi va o'zi bilmagan holda Tehyonni yelkasiga boshini qo'ydi. Tehyon avval nima bo'lganiga tushunmadi keyin esa Hananing ko'zlari yumuqligini ko'rib charchaganini tushundi. Tehyonga bu yoqdi🙈. Negaligini o'zi ham bilmaydi lekin bu juda yoqimli edi. Hanaga qulay bo'lishi uchun o'zini sal tiklab o'tirdi. U jim ketardi yuragi esa uni sotib qo'yardi🤦‍♀️😆.

Tae:"Yana o'sha yurak zarbi bu nimasi bo'ldi nega yuragim qinidan chiqib ketgudek tez uryapti nima kasal bo'lib qoldimmi yoki bu boshqa narsami? Nima bo'lsa ham men undan qutilishim kerak🤕. Nega g'alati bo'lib qolding Tehyon bir quvnoqsan bir jaxldor Hosok senga nima qildi? nega uni yoqtirmayapsan? Balki javobini Jimin bilar🤔 ha undan so'rayman hammasini unga aytaman😐 bunaqada jinni bo'lib qolaman"

Sevgi nima ekanidan bexabar bu o'spirin yigit, savollarining javobi yonida ekanligini hali tushunib yetmagandi...

Avtobus so'nggi bekatga to'xtadi ya'ni Hanani uyiga yaqin bo'lgan joyga. Tehyon Hanani uyg'otmoqchi bo'lib unga qaradi. U shunchalar shirin uxlardiki Tehyon uyg'otishga botina olmasdi🥺.

Tae:(u buncha yoqimli🥺 uxlayotganda yanayam go'zal🥺🥰uni qanday uyg'otaman) Hana

Hana:hmm😴

Tae:uyg'on yetib keldik

Hana:qayoqqa😴

Tae:uyingga

Hana:nima😳

Hana ko'zlarini ochdi.

Hana:nega uyg'otmading?

Tae:mana uyg'otdimku

Hana:yo'q o'sha paytda nega uyg'otmading

Tae:bilmadim shunchaki charchagansan deb o'yladim yur uyingga kuzatib qo'yaman

Ular uy tomon ketisharkan Tehyon atayin sekin yurardi. Negaligini o'zi ham bilmaydi🤦‍♀️😆. Shunchaki Hana bilan hayrlashgisi kelmasdi.

Hana:bunaqada yarim soatda ham yetib bormaymiz

Tae:(menga shu kerakda)nima qilay men charchadim ahir🤕

Hana:haa seni ham tushunaman  bugun juda charchading uyingga borib dam ol u yog'iga o'zim yetib olaman

Tae:aa charchadim deganda tez yurish haqida gapirgandim😁 aslida charchoq umuman yo'q kel shu maromda ketaylik

Hana:mayli🤷‍♀️

Tae:Hana tuni bilan uxlamadingmi?

Hana:qayerdan bilding?

Tae:shunchaki avtobusda ham tez uxlab qolding

Hana:haa Hyorin chiqib ketganidan keyin uni kutdim lekin kelmadi tongga yaqin uxlab qolibman

Tae:haa bugun bemalol uxla ho'pmi? Uyquni qoldiriah yaxshi emas

Hana:ho'p ana vanihoyat yetib keldik

Tae:buncha tez😳

(Aynan tez yetib borishni xohlamaydigan joyga tez yetib keladi🤦‍♀️)

Hana:mayli hayrli tun bugungi kun uchun katta raxmat😊

Tae:arzimaydi sen ham yaxshi dam ol

Hana endi eshikni ochib uyga kiraman deganda rizinkasi esiga tushib qoldi🤦‍♀️ darrov ortiga qarab Tehyonga baqirdi.

Hana:Tehyooon rezinkam!!!

Tehyon bu paytda 10 qadamcha yurib bo'lgandi. Ortiga qarab qo'lidagi rizinkaga qaradida keyin Hanaga gapirdi.

Tae:menda qola qolsin yana qaytishga erinyapman🤪

Hana:eringanmush😂mayli ertaga maktabga borganda olaman😅

Tae:mayli xayr

Tae yana eski odati boshlandi🤣. Xuddi yonida odam bordek yurardi va qandaydir g'alati qiliqlar qilib sakrab yo'lida davom etdi. Hana ham kulib uyiga kirib ketdi. Eshikni yopdi-yu devorga suyanib yuragini ushladi🥵.

Hana:aywww va nihoyatmush nega tez keldik🤦‍♀️ maktabdan qaytganimda yo'l uzoq ko'rinardi hozir esa te!

Hana kiyimlarini alishtirib oyna qarshisida sochini tarab o'tirardi va hayollarga berilardi. Tehyon silagandek u ham sochini silardi. Yana biroz jilmayib ham qo'yardi🙈.

Hana:ayww bu nimasi😩 avtobusda ham uxlab qoladimiya lekin yelkasiga boshimni qo'yganimda...🥰 hamma narsani unutgandek bo'ldim🙈 bo'ldi hayollaringni bas qil

U karavotga yotib yana hayollar sura boshladi.

Hana:balki u ham befarqmasdir🤔 Nega meni ovutish uchun butun kunini men bilan o'tkazdi? Nega bag'riga bosdi? Nega kulib qaradi?🤯 Ayww bemani hayollar!!!😖 Hammasi bemanilik!!! U hammaga kulib qaraydi, yig'lagan odamni qanday ovutushni bilmagani uchun shunday qilgan, biz do'stligimiz uchun menga e'tibor beradi o'zi aytdi-ku men uchun yaqin insonsan deb yaqin insonlari yig'lasa albatta ko'nglini ko'tarishga harakat qiladi. Bo'ldi Hana esingni yig'!!! o'rtamizda bunday narsalar bo'lishi mumkinmas oxirida o'zing qiynalasan bitirib ketishimizga yarim yil qoldi ahir😓 shundan keyin hamma o'z yo'lidan ketadi biz boshqa...

Hana gapida to'xtab qoldi oxirgi so'zni aytishni xohlamas edi🤧. Qiynalishni istamas edi. O'zi ham bilardiki baribir oxirida azob chekardi

Hana:shoshma nega yarim yil oldindan aza tutishim kerak u hozir oldimda shuni o'zi yetarli hech bo'lmasa do'stligimiz bor sevgi bir kun kelib so'nadi lekin do'stlik abadiy🥰🥲. U hech qachon meni unutmaydi. Shunchaki hozirgi kuningdan rohatlanib yasha o'sha kun kelganda esa... uyog'i bir gap bo'lar boshimga tushgan har bir narsa yaxshilikka balki undanda yaxshiroq yigitni uchratarman🥱endi esa uxla ertaga uyg'onish uchun... yangi tong uchun...

Hana o'zini shunday so'zlar bilan ovutdi. "Yaxshiroq yigit!!!" Bu gaplarni tilida aytsa ham dilida o'zi ham ishonmasdi🤭.

Tehyon uyga kirdiyu o'zini shart devanga tashladi. Biroz muddat tepaga qarab yotdi. Keyin esa qo'lidagi Hananing rezinkasiga termulib turgach uni o'ziga yaqinlashtirib hidladi bu o'sha ifor... Tehyonni mast qilib o'ziga tortgan ifor🥰. Bu ifor aniq taralayotgandi. Qanday qilib uzoq vaqt turishi mumkin? Lekin bu judayam yoqimli ifor edi. Shunday qilib ko'zlarini yumdi-yu shirin uyquga ketdi...

Erta tong ko'cha o'quvchilar bilan gavjum hamma maktab tomon ketayapti. Bizning sinf xonasi to'la lekin unda oldingidek xushchqachaq kulgular yo'q hatto ishkallar ham🥲. Jimin partaga boshini qo'yib uxlayapti, Tehyonning esa ko'zi eshikda, Jin doimgidek tushkun kayfiyatda lekin har holda oldingidek ruhi tushmagan edi Yunani gaplari unga ta'sir qilgandi😊. Jungkook esa... hozir u qanday ahvoldaligini hech kim bilamaydi😔. Tashqi tomondan buni bildirmaslikka urinsa ham ich-ichidan o'zini yeb-bitirayotgandi.

Jin:Chonguk yuzingga nima qildi

Jk:hech nima

Jin:aytsangchi kimdan yeding?

Jk:urishi kerak bo'lgan insondan hali bu ham kam edi😞

Jin:shoshma ishqilib dadangdan emasmi?😳😧

Jk:yo'q😑

Jin:qani qo'lingni ko'rsachi

Jin tezlik bilan Chongukni qo'lini tortib yengini ochib ko'rdi

Jin:yo'q dadang emas ekan bundan xursandman🙃

Jk:bo'ldi Jin iltimos hozir yolg'iz qolgim kelyapti

Jin:yaxshi o'zingni asra

Hana Yuna va Aeirin kelishdi Yungi ham xonaga kirib keldi. Chongukka qaramasdan o'z joyiga o'tirdi. Va dars boshlanishiga 2 daqiqa qolganda esa Yunsi😒.

Jungkook, Yungi va Miran Yunsiga g'azab to'la nigohlari bilan qarab turishardi. Yungi endi o'rnidan turmoqchi bo'lganda dars boshlanib o'qituvchi kirib qoldi Yungi jaxl bilan o'rniga o'tirdi. Miran unga qarab qo'ydi.

Aeirin uxlayotgan Jiminni uyg'otdi.

Aeirin:Jimin uyg'on Jimin

Jimin:hmm

Aeirin:ustoz kirdi

Jimin zo'rg'a boshini ko'tardi

Aeirin:nima tuni bilan uxlamadingmi?

Jimin:hmm

Aeirin:nega?

Jimin:ustoz kelyapti🤐

Shu bilan Jimin gapni bo'lib ketdi. 1-dars tugab o'qituvchi darsdan chiqib ketdi. Chonguk o'rnidan turib Yunsini oldiga bordi

Jk:gaplashib olsak bo'ladimi?

Yunsi:albatta😊

Jk:tashqariga chiq bu yerda ayta olmayman😉

Yunsi:ho'p

Yunsi Chongukni ortidan chiqdi. Ular sal uzoqlashgandan so'ng Chonguk shartta ortiga o'girilib Yunsini devorga qattiq itarib tiradi.

Yunsi:Chonguk😳😖 n..nima qilyapsan

Chonguk unga yanayam yaqinlashdi uni ko'zlari qonga to'lgan, tanib bo'lmasdi

Yunsi:m..meni qo'rqityapsan

Jk:sen ham qo'rqasanmi?😒😤men ahmoq seni hamma gapingga ishonib Hyorinni haqorat qildim unga jirkanchsan deb aytdim!!! Seni deb!!!

Yunsi:Chonguk😰 men ahir hech nima...

Jk:bas qil!!!😡 O'zingni sodda qilib ko'rsatishni to'xtat endi hech qaysi gapingga ishonmayman asl basharang oshkor bo'ldi hech narsa qilolmaysan hammasi tugadi😡

Chonguk Yunsini bo'g'ishni boshladi. Yunsiga borgan sari havo yetishmayotgandi qiynalib, zo'rg'a nafas olardi.

Yunsi:Chon...guk Hyo..rin q..qotilligi ha.. haqidagi gapim rost😣😰

Chonguk uni gapiga e'tibor bermasdi. Chonguk birinchi marta qiz bolaga qo'l tekizayotgan va zo'ravonlik qilayotgan bo'lsa ham afsuslanmasligini bilardi.

Jin:Chonguk nima qilyapsan?😱

Jin kelib Chongukni ajratmoqchi bo'ldi

Jk:sen aralashma😡

Jin bor kuchini to'plab Chongukni itarib yubordi. Yunsi esa og'ir nafas olgancha yerga o'tirib qoldi.

Jin:nimalar qilyapsan?

Jk:sen nimalar bo'lganini bilmaysan🤬

Jin Yunsiga qarab qo'ydi lekin u Chongukni bilardi. O'zidan-o'zi yana qiz bolaga qo'l ko'tarish... Chonguk hech qachon bunday qilmasdi. Jin Chongukni tirsagidan ushlagancha olib ketdi. Yunsi hali ham yerda o'tirib zo'rg'a nafas olardi. Uni oldiga kimdir kelib o'tirdi. U endi boshini ko'tarmoqchi bo'lganda u odam Yunsini sochini qattiq ushlab o'ziga qaratdi.

EP-42 TUGADI

Report Page