High school: first kiss

High school: first kiss

🦋𝑻𝒊𝒇𝒇𝒂𝒏𝒚🦋

#EP_33
          High school:first kiss💋
Hana Tehyon ketishi bilan o'zini to'xtata olmay yig'lab yubordi. Uni yuragi og'rirdi. Tinmay yig'lardi.
Hana:yig'lama😭 eyy ahmoq qiz nega yig'layapsan? Yig'lama dedim hozir Hyorin keladi yig'lamasangchi😩😭
Hana:o'rnidan turdida yuvinish xonasiga bordi yuz qo'llarini yuvib yotog'iga kirib yotdi lekin tinmay yuragiga bir nima sanchilgandek og'rirdi. Yig'idan o'zini to'xtatolmasdi... Ancha vaqt o'tsa ham Hyorin kelmadi. Hana esa yig'lab o'tirardi. Bir payt telefoni jiringladi.
Hana:Tehyon? U nega qilyapti
Hana go'shakni ko'tarmadi. Chunki yig'lagan ovozda javob bergisi kelmadi.
***
Hyorin Hanani kuzatib o'zi tunda hech kim yurmaydigan ko'chalarda sayr qilib yurdi. Tungi Seul chiroqlari... oydin osmon, sovuq va qahrli shabboda... bu shabboda Hyorinni sochlarini uchirib ketardi. Atrofni kuz havosi egallab bo'lgani uchun sovuq, Hyorinni tanasi titrardi. Undan ham ko'proq qalbi muzlab bo'lgandi. Uni nima uchun degan savol qiynardi...
Nima uchun u yolg'iz bo'lishi kerek? Nima uchun ota-onasi unga mehr berishmagan. Nima uchun hayotida biror qadrlovchi inson yo'q? Buni sababi ham bor o'tmishidagi xatosidir balki? Hyorin qorong'u ko'cha bo'ylab yurarkan mashina tovushlari unga boshqacha eshitilardi shunday savollar bilan ikki daqiqagina ko'z yosh to'kdi. Yo'q u kuchli, u o'zini o'nglab olishi kerak. U shartta to'xtadi
Hyorin:meni yaqinlarim bor Hana, Yuna, Aeirin, yigitlar va... va... Yungi. Ularni himoya qilishim kerak xavfdan va o'zimdan.
U 1 daqiqa Yungining savolini o'yladi.
Hyorin:U men uchun kim?
Bir payt kimningdir chaqirgan ovozini eshitdi. Albatta uni tanidi. Jungkook
Jk:Hyorin bu yerda nima qilyapsan?
Hyorin:o'zingchi?
Jk:"savolni men berdim🤨" Jungkook Hyorinni ko'zida qotib qolgan ko'zyoshlarini ko'rib bildi. Demak yolg'iz qolishni xohlagan shuning uchun ortiqcha gap gapirishni xohlamadi "mayli muhim emas..."
Hyorin:nega?
Jk:shunchaki... yolg'iz qolishni istading deb o'yladim. Uyingga kuzatib qo'yaman agar yana vaqt kerak bo'lsa sen bilan yurishim mumkin.

Hyorin:ha.. men uyga ketayotgandim Hananikiga. Men piyoda ketaman Hanani uyiga boraman
Jk:yaxshi unda men ham sen bilan piyoda ketaman
Hyorin:seni mashinang bor-ku
Jk:sen piyoda ketaman deyapsanku
Hyorin:ketaver
Jk:yo'q xohlamayman yetib oldimikin deb tuni bilan havotirlanib chiqaymi?
Hyorin:xohishing🤷‍♀️ 
Hyorin sovuqqotgani uchun qo'llari bilan tanasini quchoqlab olgandi. Chonguk darrov ustidagini yechdi.
Hyorin:kerak emas o'zing soviqqotasan
Jk:oldimda sen sovuqqotib tursang meni isinishmni nima keragi bor.
U gapirarkan ustki kiyimini Hyorinning yelkasiga ilib qo'ydi. Chongukning erkak hidi darrov qizning tanasini o'rab oldi. Bu ifor qandaydir taskin beruvchi va tinchlantirivchi hisni berardi. Xuddi uni quchoqlagandek tuyg'uni berardi. Hyorin sekin jilmayib qo'ydi. Bu Chonguk uchun katta yutuqdek edi kayfiyati ozgina bo'lsa ham yaxshilandi.
Hyorin:Chon senga hammasi uchun katta raxmat bu yaqin kunlarda men bilan bo'lganing uchun bilaman sen bilan oldin yaqin bo'lmaganmiz, yaxshi muomala qilmaganman haqoratlar va... boshqalarni oldida seni...
Jk:nima😳 bu gapingga qo'shilolmayman bilasanmi? Sen hammadan ko'ra men bilan ko'proq gaplashasan. Chunki kun bo'yi bir-birimizni asabimizga tegib yuramiz😅 eng ko'p so'zlaringni dugonalaringdan ham ko'proq menga sarflaysan Menimcha bizni munosabatimiz boshqalarga nisabatan eng kuchlisi😌
Hyorin:Rostan ham😳😅😅😅
Hyorin Chongukni gaplaridan hayron qoldi lekin bu gaplarni hammasi to'g'ri edi. Hyorin kulib yubordi u rostakamiga kuldi. Bu esa Chongukni quvontirdi😀 Bu haqiqat, u kulganida Chongukni shirin anglab bo'lmas his o'rab oladi. Shu bilan birga sababchisi o'zi ekani unda g'urur tuyg'sini uyg'otadi. Hanani uyiga ham yetib kelishdi.
Hyorin:mayli yaxshi bor😊
Hyorin endi eshik tomon ketmoqchi bo'lganda Chonguk uni qo'lini ushlab qoldi.
Jk:Hyorin shoshma
Hyorin:ha?
Jk:😐menga bir narsada yordam berolmaysanmi? Bu men uchun juda zarur
Hyorin:nima? Tinchlikmi?
Jk:faqat meni urmaysan bunga va'da ber qarshilik ko'rsatma men bunga juda muhtojman🥺
Hyorin:n..nima.nimaga? Muhtojsan?
Chonguk Hyoringa yaqin kelib uni qattiq bag'riga bosdi.
Hyorin:Chonguk😳?
Jk:iltimos 5 daqiqa qimirlamay tur... 5 daqiqa sen ham meni bag'ringga bos
Hyorin hayron qoldi. Balki uning hayotida biror yomon ish bo'lgandir... u ham Chongukni bag'riga bosdi. Ular anchagacha shunday turishdi. Keyin Chongukni o'zi Hyorinni qo'yib yubordi
Hyorin:Chonguk yaxshimisan?
Jk:bir narsaga oydinlik kiritmoqchi edim katta raxmat
Hyorin:begonalarning ishiga aralashishni yoqtirmayman lekin biror yomon ish bo'lmadimi?
Jk:aralashyapsan... demak bu men hayotingda qandaydir o'ringa ega ekanligimni anglatadimi?
Hyorin jim qoldi. "Men shunchaki... sen ham men uchun yaqinsan albatta befarq bo'lolmayman. Oilang yaxshimi?"
Jk: yo'q hammasi joyida😊bo'ldi endi uyga kiraqol
Hyorin:mayli yaxshi yetib ol

Hyorin Chongukning kiyimini o'ziga qaytarib uyga kirib ketdi.
***
Hana go'shakni olmaganidan keyin Tehyon xabar jo'natdi.
📨
Tae:Hana kechir kech bo'lganda bezovta qildim uxlamayotganmiding? Hyorin keldi deb aytmaganingga havotir olayotgandim balki esingdan chiqqandir deb
Hana:Tehyon kechir javob berolmadim band edim. Hyorin hali kelgani yo'q. Kelsa aytib qo'yaman
Tae:hali ham kelmadimi? Yonigga boraman Hyorin kelguncha o'zing yolg'iz qo'rqmagin
Hana:yo'q shart emas ovora bo'lma
Tae:nega endi ovora bo'larkanman hozir uydan chiqaman
Hana:Tehyon yo'q kelma
Tae:biron narsa bo'ldimi? Yoki ketib qolganimga xafamisan?
Hana:nega endi ketganigga xafa bo'larkanman sen kutishga ham kelishga ham majbur emassan kelishing shart emas yaxshi kelmay qo'yaqol iltimos
Tae:mayli unda
Hana:mayli yaxshi dam ol
📨📨📨📨📨📨
Hanani endi jaxli chiqa boshladi. Bir qarasang juda yaxshi bir qarasang esa... u baribir o'zini tutib tura olmadi yana yig'ladi. Yigirma daqiqadan so'ng eshik ochilganini eshitdi. Bu Hyorinligini bilib darrov joyiga yotib o'zini uxlaganga soldi. Chunki yig'idan ishgan ko'zlarini ko'rmasligini xohlagandi. Hyorin ham Hanani uxlaganidan foydalanib tezda kiyinib joyiga yotib oldi...

***
Jungkook uyi tomon ketarkan yuragida har xil hislar bor edi. U o'sha paytda shu yerda edi. U eshitgandi... Yungi Hyorin bilan gaplshayotganda ularni suhbatini ustiga kelib qoldi. Yungi Hyorinni devorga tirab turganini ko'rib jaxli chiqib ketdi. Lekin bunga sabab yo'q-ku nega jaxli chiqishi kerak? Rashk! Qizg'onish va yangi tuyg'ular. Chonguk uchun bu yangi emas chunki Hyorinni doim boshqalardan qizg'onadi. E'tibor qaratmaganda o'ziga jalb qilish uchun jaxlini chiqaradi. Faqatgina shu yo'l bilan o'ziga qaratadi. Lekin bundan boshqa iloj topa olmaydi. Egalik qilishga haqqi yo'q ekanligini bilib doim jim turgan shuning uchun o'zini to'xtatdi lekin bu og'rimaydi degani emas... Ularni gaplarini eshitib turdi. Va Yungining so'nggi savoli Jungkookni vahimaga soldi. Jungkook Hyorinning javobiga tayyor emasdi. Tezda ularni gapini bo'ldi. Buni qanday qilganini o'zi ham bilmay qoldi. Endi u oxirgi bor tuyg'ularini aniqlashitirib olishi kerak. U shu paytgacha juda ko'p odamlarning e'tiborida bo'lgan va yagona Hyorin unga qiziqmagan. Chonguk doim o'zining hislarini Hyoringa nisbatan qiziqish va tan oldirish deb bostirgan. Lekin rashk va Hyorinni quchoqlaganda esa... Uni yuragi otilib chiqqudek tez urardi?... Shumi sevgi? Balki Junkook Hyorinni sevib qolgandir qizqish deb o'ylagan narsasi sevgidir. U bunga amin bo'ldi...
Erta tong hamma maktabga keldi. Lekin Jin kelmadi😔.
Tanaffus paytida Jungkook Yungini oldiga keldi.
Jk:sen bilan gaplashib olsak bo'ladimi?
Yungi:gapir
Jk:yolgiz gaplashaylik...
Yungi va Chonguk tomga chiqishdi.
Yungi:xo'sh
Jk:buni avval sen bilishing kerak deb o'yladim. Chunki men pastkashlik qilmoqchi emasman. Men Hyorinni sevaman....
Ep-33 tugadi

#EP_34
          High school:first kiss💋
Jk:men Hyorinni sevaman. Men halol kurashishni istayman.
Yungi:bunga qancha bo'ldi?
Jk:😐bilmdim qachonligini bilmayman
Yungi qo'lini mushtalab chuqur xo'rsinib qo'ydi. Va shunday javob qildi
Yungi:yaxshi unda omad tilayman sevging uchun kurash
Jk:nima?😳
Yungi:nimani kutganding o'lgudek do'pposlashimnimi?
Jk:to'g'risini aytganda ha boshqa gaping yo'qmi?
Yungi:nima uni sevma desam sevmaysanmi? Meni gapim bilan sevishdan to'xtaysanmi?
Jk:yo'q😐
Yungi:ko'rdingmi? Shuning uchun sevging uchun kurash nima bo'lganda ham orqamdan pichoq urmaganingga ham raxmat Sen meni do'stimsan va bilamanki qalbni boshqarib bo'lmaydi. Bir odamni sevmaslikdan o'zingni cheklay olmaysan. Faqat oxirida ikkimizdan birimiz u bilan birga bo'lamiz. Bu kurashda kim yutishi ikkimizga bog'liq emas bu Hyoringa bog'liq hammasini u hal qiladi.
Jk:Yungi meni tushunganing uchun katta raxmat
Yungi do'stlari bilan uncha ko'p vaqt o'tkazmasa ham buni ularga bildirmasa ham u do'stlarini juda yaxshi ko'radi. Jungkook endi Yungini oldidan o'tib ketmoqchi bo'lganda Yungi uni tirsagidan ushlab to'xtatib qoldi.
Yungi:Hyorin seni tanlasa men xafa bo'lmayman jaxlim ham chiqmaydi lekin agar seni deb Hyorin xafa bo'ladigan bo'lsa. SENI O'LDIRAMAN! Tushundingmi? Senga imkoniyat berganim bu men jim turaman degani emas do'stligimizga ham qarab o'tirmayaman shuni miyangga quyib ol.
Jungkook tushundim degandek bosh silkidi.


Hana darsga ketarkan ortidan Tehyon keldi.
Tae:Hana salom
Hana:salom
Tae:nega kayfiyating yo'q?
Hana:o'zim shunchaki
Tae:Hana kel bugun haligi hayvonot bog'iga boramiz
Hana:meni vaqtim yo'q kechir.
Tae:Lekin... (mayli nima bo'lganini darsda so'rayman)
Hana Tehyonga qaramasalikka urinardi qarasa yana yuragi og'rishni boshlardi. U tezda Tehyonni oldidan ketti. Tehyon boshini qashlagancha hayron bo'lib qoldi. Dars boshlanishidan oldin Hana Jiminni oldiga keldi.
Jimin:salom Hana
Hana:salom😊 sendan bir iltimosim bor edi
Jimin:gapiraver
Hana:sen bilan bu soatda joyimizni alishsak maylimi?
Tehyon Hanani ortida sal uzoqroqda bu gapni eshitib qoldi va Jiminga yo'q degin degan ishorani qildi.
Tae:🙋‍♂️ 🙅‍♂️
Jimin buni ko'rsa ham Tehyonga e'tibor bermasdan Hanaga gapirdi
Jimin:nega? Tehyon biror muammo bo'ldimi?
Hana:yo'q shunchaki Aeirin bilan o'tirmoqchi edim😊
Jimin:mayli bir soatga ekan-ku
Tae:🙁🤦‍♂️
Hana:raxmat Jimin😊
Jimin Tehyonni oldiga narsalarini olib kelib o'tirdi.
Tae:nima meni ko'rmadingmi?
Jimin:ko'rdim
Tae:nega unda...
Jimin:u shuni xohlagani uchun🙄 unga nima deding yoki nima qilding🤨
Tae:nima qilibman hech nima qilmadim.
Jimin:kecha ketishimizdan oldin kayfiyati yaxshi edi. Sen uni kuzatib qo'ygansan demak sen bilishing kerak
Tae:nima🤔
Jimin:qani tashqariga yurchi
Jimin Tehyonni laboratoriya xonasiga olib kirdi u yer bo'sh edi.
Jimin:xo'sh gapir
Tae:nimani axir men unga yomon gap gapirmadim. Uyga olib bordim Hyorinni birga kutib turdim, Shokolad ichdim
Jimin:biror gap gaplashdingizmi?
Tae:do'stmiz degandi men kel do'st bo'lmaymiz deb aytdim, keyin qo'ng'iroq qilding
Jimin:nima😨hozir nima deding???
Tae:qo'ng'iroq qilding
Jimin:undan oldin😑
Tae:kel do'st bo'lmaymiz
Tehyon shu gapni gapirishi bilan Jimin uni boshiga yaxshilab tushurdi👋
Tae:ayywww😖
Jimin:AHMOQQ😤 qanaqa YARAMAS bolasan?
Tae:nima qildim?
Jimin:qiz bolaga ham shunaqa deydimi ko'ngli og'riydi deb o'ylamadingmi? TO'NKA Bu so'z qanday ta'sir qilishini bilasanmi? Sevgan yigiti kel boshqa uchrashmaymiz degandan ham og'irroq
Tae:nima😨 qanday
Jimin:haqiqiy YARAMAS yigitligingni bilasanmi?
Tae:bu..bu shuning uchun ekanda Hana shuning uchunmidi🤯 Men hammasini to'g'irlayman yo'q!!! Qanday to'g'irlayman😱 Jimin menga yordam ber
Jimin:toshingni ter buni gapirishdan oldin o'ylash kerak edi
Tae:balki hazillashdim derman bu hazil edi deb aytaman
Jimin:Sen!!!😡Bu yoqqa kel-chi
Jimin uni urmoqchi bo'ldi Tehyon esa Jimindan qochib xona bo'ylab aylanardi.
Tae:Jimin man hammasini to'g'irlayman😨
Jimin:o'chir ovozingni
Jimin bitta oyoq kiyimini Tehyonga otdi lekin tegmadi.
Tae:Jimin o'zingni bos kel undan o'tirib endi nima qilish kerakligi haqida o'ylaymiz.
Jimin:hali ham gapiryapsanmi?🤬
Shu payt xonaga Chonguk kirib qoldi Tehyon chalg'ib qoldi va... Jimin paytdan foydalanib ikkinchi oyoq kiyimini yechib Tehyonga otdi. Oyoq kiyim Taeni naq peshonsiga tegdi🤣 U o'zini yo'qotib yiqilib tushdi.
Jk:Jimin bu nima qilganing?😱 Tehyon ko'zingni och u o'ldimi?
Jimin:bundan battariga loyiq edi😏😒qo'rqma oyoq kiyimdan hali hech kim o'lmagan!
Birozdan so'ng Tehyon o'ziga keldi. Uyg'onganida Chonguk tepasida Jimin esa stolga suyangan xolda ikki qolini ko'ksiga bog'lab turardi
Tae:ayww boshim😖
Jk:yaxshimisan?
Tae:yo'q🥺men Hanani xafa qilib qo'ydim
Jk:qanday?
Jimin:Hana do'stmiz deb hisoblab shu gapni aytganda bu TO'NKA kel do'st bo'lmaymiz sinfdosh bo'lib qolamiz deb qovun tushuripti😒
Jk:nima?😱
Tae:😖
Chonguk ham Tehyonni boshiga yaxshilab tushurdi
Tae:yaa😕
Jimin:yana bitta tushir
Jk yana urmoqchi edi Tae to'xtatib qoldi.
Tae:nima hozir meni urish muhimmi? Undan ko'ra Hanani qanday xursand qilish haqida o'ylaylik
Jimin:ahmoqlikni sen qilding o'zing tuzat endi men senga yordam bermayman...
Birinchi soat tugab Hana xohlamaygina joyiga o'tmoqchi bo'lib Jiminga ko'zi tushdi. Hanani yuz ifodasidan "yana shu yerda o'tirsam maylimi?" Degandek edi.
Jimin:Hana sen bugun meni joyimda o'tiraqol men yaxshi o'tiribman
Hana:katta raxmat😃🥺🥺
Jimin:arzimaydi
Tae:nimaa Hana joyiga o'tirishi kerak edi-ku nega unday deding?
Jimin:bu seni jazoying😒 uni yuz ifodasini ko'rmayapsanmi? Seni ko'rishni ham gaplashishni ham istamayotgani yaqqol ko'rinib turipti
Tae:rostdanmi?🥺
Jimin:😒😒😒
Hamma tushlik uchun oshxonaga chiqib ketgan. Hyorin skameykada yolg'iz o'zi hayol surib o'tirardi bir jilmayib, bir xomush bo'lib o'tirardi buni uzoqdan kuzatib turgan Jungkook unga jilmayib qaradi va nihoyat oldiga bordi.
Jk:sabzi yoki shokolad?
Hyorin:😳yana senmi?
Jk:yana kimnini kutganding?
Hyorin:yo'q shunchaki... nega unday deganimni o'zim ham tushunmay qoldim menimcha refleks bo'lib qolgan bo'lsa kerak😅
Jk:refleks?😅😅 nega tushlikka bormading?
Hyorin:shunchaki xohlamayman sen-chi?
Jk:meni qornim och emas
Hyorin:hmm
Ular jim o'tirishardi. Quyoshning uncha isitmaydigan nurlari tushib turardi.
Hyorin:sendan bir narsa so'rasam javob bera olasanmi?
Jk:nima?
Hyorin:mobodo kimnidir o'ldirib qo'ysam...
Jk:yaa?😦
Jungkook o'rnidan turib ketdi
Jk:bu nima deganing?
Hyorin:qo'rqma seni emas😅
Jk:buni nazarda tutmayapman😤bu gapni boshqa gapirma hayolingga ham keltirma
Hyorin:men mobodo dedimku
Jk:baribir😑 sen bunday qilolmaysan
Hyorin:shunchalar ishonasanmi?
Jk: sen bunday qilolmaysan
Hyorin:😐Chonguk ket
Jk:nima?
Hyorin:hozir sen bilan gaplashishni istamayman ket
Jk:lekin...😐yaxshi
Chonguk indamasdan ketdi. Hyorinni esa qo'llari qaltirashni boshladi.
Hyorin:demak hammasi ma'lum... boshqa kutishning hojati yo'q...
Hana oshxonaga kech kirdi. Afsuski hamma joylar to'lib bo'lgandi. U patnis olib oshpaz oldiga bordi. U patnisiga salat🥗 sharbat🧃🥢larni joylashtirdi.
Hana:kechirasiz kotlet bilan kimchi berib yuboring
👩‍🍳:afsus hammasi tugadi
Hana:nima? Kimchi hammi?
👩‍🍳:hamma olib bo'ldi kech qoldingiz
Hana:haa mayli
Hana o'tirish uchun joy qidirardi lekin atrofga nazar solib hammayoq bandligini ko'rib ortiga qaytib ketmoqchi bo'ldi birdan kimdir patnisini qo'lidan shartta olib qo'ydi. Bu Tehyon edi.
Tae:men bilan yur
Hana:nima😳
Tehyon eng chekkadagi joyga keldi Hanani patnisini stol ustiga qo'ydi so'ng ortiga, Hanaga qaradi u hali ham joyidan jilmasdan hayron bo'lib qarardi. Tehyon qo'lini silkitib uni chaqirdi. Hana noiloj bordi. Bormasa hamma unga noto'g'ri qarardi. Tehyon Hana uchun stolni surdi. Lekin Hana boshqa stolga o'tirdi. Tehyon esa o'zi surgan stolga o'tirdi. Hana Tehyonga qaramasdan jimgina o'tirardi.
Tae:mendan xafamisan?
Hana:nega endi? xafa bo'lishga haqqim bormi?
Tae:Hana men...
Hana:iltimos jimgina ovqatingni yegin men shoshyapman
Hanani bu ahvolda ko'rib Tehyon o'zidan xafa bo'lib ketti oldingi samimiy, ochiq ko'ngil, Tehyonga qaraganda doim kulib turadigan qizni u yo'qotib qo'ygandi. Tehyon nimalar qilib qo'yganini yaxshigina anglab yetgandi. Hana jimgina salatni yeya boshladi. (Bundan boshqa narsasi ham yo'qku o'zi🤦‍♀️😅) Tehyon o'zidagi kimchi bilan tovuqli kotletni uni patnisiga qo'ydi. Hana ovqat yeyishdan to'xtadi.
Tae:iltimos rad etma🥺
Hana Tehyonga qarab turib yana ko'zini olib qochdi.
Tae:seni kech chiqishingni bilganim uchun atayin 2 ta oldim  iltimos.
Hana:raxmat
Hana faqat shu so'znigina aytdi xolos va ularni yeya boshladi. Maqsadi tezroq yeb tezroq ketish edi. Ikkisi ham bir paytda yeb bo'ldi. Tehyon endi o'rnidan turishni boshlaganda Hana darrov turib ketdi.
Tae:biror nima qilmasam bo'lmaydi🥺bu gapni aytayotganda nimani o'yladim o'zi rostdan ham ahmoqsan Tehyon...
Yungi anchadan beri o'zining sevimli joyiga kelmayotgandi bugun esa Chongukni gaplaridan so'ng u o'ylab olishi zarur edi. Musiqa zaliga kirganda yana ensasi qotdi😒 albatta bu Miranni deb. Miran musiqa zalida gitarani ushlab olib mashq qilayotgandi.
Miran:va nihoyat kelding-a🤩 kutganlarim bekorga emas ekan ishonmagandim lekin umid qilgamdim
Yungi:nima?
Miran:haligi aytgan gapim esingda yo'qmi? Har kuni seni shu yerda kutaman gitara chalishni o'rgatishing uchun degandimku
Yungi:noto'g'ri tushunipsan😒
Miran:😐shunaqa degin... mayli men baribir kutaveraman qachon fikringdan qaytsang men o'rganishga tayyorman
Yungi:buncha menga yopishib olding?😒
Miran:menga ham yoqyapti deb o'ylaysanmi?  Bu yerda men taniydigan gitara chalishni o'rgata oladigan yagona odam afsuski sensan🙄
Yungi:bu yerdan chiqib ket bu yer meni joyim
Miran:nima sotib olganmisan?
Yungi:shunday bo'lsa nima? Bu yerda o'qishni boshlaganimdan beri bu yer meni joyim buni hamma biladi😒endi esa chiqib ket men yo'qligimda kelasan hozir o'ylab olishim kerak
Miran:qanday qo'polligingni bilasanmi?
Yungi:bilsam biror nima o'zgarib qoladimi?🙄
Miran:indamadim😒 men kettim...
Jungkook atrofni aylanib yurardi. Hyorinni gaplari butun hayolini olgandi.
Jk:o'ldirsam...? u bunga qodirmi? Bu so'zni u qanday bemalol aytishi mumkin? U shunchalikka bora oladimi? Lekin u bunday qilolmaydi... qo'lidan kelmaydi
Bu hayollar Chongukni eza boshladi. Uni tushunolmasdi. Tushunish uchun biror sabab topolmasdi. Keyin ko'zi Yunsiga tushdi. Uni bir qiz turtib o'tib ketgandi. Daftarlari yerga sochilib ketdi
Yunsi:eyy bu nimasi? Kechirim so'rash ham yo'q😑😕
Yunsi o'tirib daftar kitobini yig'ishni boshladi. Chonguk unga yordam berish uchun borayotgan paytida ko'zi tomda turgan odamga tushdi uni qo'lidan gul tuvak turganini payqagandek bo'ldi. U tushib ketsa Yunsiga zarar berishi anniq edi.
Jk:Yun..Yunsiii!!!!😨
Yunsi:Jungkook?😳
EP-34 TUGADI

Report Page