High school: first kiss

High school: first kiss

Tiffany
Ep1-2


Yomg'ir yog'moqda... 🌧🌩

Aeirin yig'lgancha hech nimaga e'tiborsiz, usti jiqqa ho'l hayoti ostin-ustun bo'lgandek endi u uchun hayotni hech qanday ahamiyati yo'q...

Katta yo'l bo'ylab ketarkan unga yo'rug'lik yaqinlashganini payqadi va yoniga qaradi. Mashina...😱  qo'rqqanidan nima qilishni bilmay qoldi yurish yoki yurmaslik... Yurishga ham qochishga ham holi yo'q.

🚙:beep beep...😱😱😱😱


Pov. Hyorin.

Mana nihoyat ta'til tugab bugun maktabga ketyapman. Aslida maktabga dugonalarim bilan uchrashish uchun boraman. Darslarni esa deyarli yoqtirmayman. Matematika eng katta dushmanim undan tashqari ko'p fanlar menga yoqadi.

Ismim Kan Hyorin yoshim 18 da . Mening 3 ta eng yaqin dugonam bor. Yuna, Hana va Aeirin(Ayrin). O'rtamizda umuman sir bo'lmaydi barchamiz sirlarimizni aytamiz. Lekin ba'zida... havotirga qo'ymaslik uchun jim bo'lamiz bu ular uchun foyda menincha. Do'stlarim bilan tanishtirsam

💙Yuna- judayam aqlli, mehribon, og'ir bosiq lekin ba'zida uni ham jinniligi tutib sho'xlik qilgisi keladi.(menga o'xshab🤪) Ichimizda faqat uning yigiti bor lekin negadir uni jinim suymaydi😒.  Mayli faqat dugonamni xafa qilmasa bo'ldi unda o'zim uni xafa qilaman😡👊.

❤Aeirin-menga o'xshab sho'xlik qilishni yoqtiradi🤪 to'g'rirog'i yoqtirardi. Lekin negadir u anchadan beri parishonhotir, sirli, o'ychan bo'lib qolgan. Oldingi Aeirindan asar ham yo'q. 2 kun oldin yomg'ir yoqqan kuni yuragim negadir g'ash bo'ldi. Undan xabar olgim keldi. 2 kundan beri qo'ng'iroq qilaman undan xabar yo'q. Bugun maktabga kelmasa uyiga boraman. Aslida o'sha kuniyoq bormoqchi edim. Ular sayohatga ketishgani esimga tushib qoldi va sal tinchlandim. Hayol bilan maktabga kelib qolibman. Sinfda doimgidek Yuna kutib oldi.

Yuna:salooom keldingmi? Seni sog'inib ketdim.🤗

Yuna:eshitdingizmi sinfga 2 ta yangi o'quvchilar kelarkan. 

Hyorin:rostdanmi? 

Yuna:ha bittasi meni yoshlikdagi dugonam oyisi bilan ko'chib ketgandan keyin ko'rishmadik juda yaqin edik.

Hyorin:hmm u kelgandam keyin bizni unutib yubormassan🤨

Yuna:yo'g'e hech qachon u yaxshi qiz u bilan chiqishib ketasan.

Hyorin:yaxshi sen uchun o'ylab ko'raman🙄 2-si kim ekan o'g'il bolami?

Hana:shundoq ham bizda "handsome yigitlar" ko'p-ku.

Hyo&Yun:uuuuuuu

Hana:nima no'to'g'rimi?

Hyorin:afsuski ha! ularni deb sinfimiz karvonsaroy bo'lib ketdi.


Ep_2

         High school:first kiss💋


Hyorin: voy ana Aeirin keldi. Yaxshimisan nega qo'ng'iroq qilsam olmaysan, telefon nega olingan o'zi???😒

Yuna:Hyorin bo'ldi qizishma o'zi endi keldiku😅.

Hyorin:mayli mayli lekin baribir javob berasan bilasan-a mendan hech narsani yashirib bo'lmaydi.😏

Hana:biladi biladi😄 qani o'tiringlar.

Pov. HANA.

Mana hozir dars boshlanib qoladi. Matematika!!!😑 eng yomon ko'rgan fanim😬 qizlar bilan 1-umumiy tomonimiz ham shu🤭. Hyorin judayam yaxshi qiz lekin o'zini boshqalar oldida qo'polroq tutadi. Bu uning tashqi tarafi ichki tarafini esa biz bilamiz uni ko'ngli judayam nozik lekin u juda sirli desa ham bo'ladi chunki u o'zini muammolarini o'zi yechadi bizga aytib o'tirmaydi. Tashqaridan qaraganda uni ichida nima borligini hattoki biz ham bilmay qolamiz. U shunchaki o'zini hushchaqchaq tutadi hech qachon uni yig'laganini ko'rmaganman. Balki ichida xafadir lekin bunday deb o'ylamayman xullas uni tushunish juda qiyin. Ob-havoni o'zi. U hammamiz haqimizda qayg'uradi Aeirinni ham urishgandek tuyilsa ham bu u uchun qayg'urganidan, ko'p havotir olganidan buni biz tushunamiz holos😊. Hyorin meni hayotimni saqlab qolgan va hayotdan qanday lazzatlanishni o'rgatgan qahramonim😊😊😊  u bo'lmaganda men hozir qanday ahvolda bo'lardim... Aytgancha bizning sinf eng mashxur sinf ko'plab nominatsiyalarda g'olib bo'lgan🤭😅. 1-Eng ishkal sinf 2-eng a'lochi sinf va albatta 3-eng ko'p handsome yigitlari bor sinf (bu sinflar orasida tarqalgan nominatsiya😉) Ana yigitlar kelyapti. Seokjin Yungi Tehyon va Chonguk.

Jin-juda aqlli, odobli va albatta chiroyli yigit. Lekin hech qaysi qizni sevgisini qabul qilmaydi.

Yungi-og'ir bosiq qizlar bilan umuman gaplashmaydi agar ular bilan muammo chiqsa qizlarni ayab o'tirmaydi. Yungi qo'pol bo'lsa ham juda yoqimtoy va unga ko'p qizlar oshiq. U bilan faqat Hyorin chiqishadi ular bolalikdan do'st bo'lishgani uchun Yungi uni hamma jinniliklarini ko'taradi.

Tehyon-hazilkash hushchaqchaq yigit hamma bilan yaxshi gaplshadi. Va mening ilk muhabbatim🙈🥰lekin buni mendan boshqa hech kim bilmaydi.

Chonguk-kelishgan yigit uni ham oshiqlari juda ko'p hattoki boshqa maktabdan ham u uchun kelishadi.

Chongukni ko'rib Hyorinni turtib qo'ydim. Chunki urushgani urushgan bir-birini ustidan kulmasdan turolmaydi urushmagan kuni yo'q.

Hyorin:salom Yungii

👩‍🏫:qani bo'sh joyga o'tiring. 

Aeirin daftarga yozayotgandi yigitni ovozini eshitib darrov ularga qaradi qarashi bilan Aeirinni rangi oqarib ketdi. 🤯😨

2-Ep tugadi.


Report Page