High School first kiss

High School first kiss

🦋𝑻𝒊𝒇𝒇𝒂𝒏𝒚🦋

#EP_23
          High school:first kiss💋
Hana nafas rostlab xabarni ochdi. Unda faqat ikkita so'z yozilgandi... "MEN YAXSHIMAN"
Hana bundan judayam quvonib ketti quvonchdan sakrab Tehyonni quchoqlab oldi. Hamma hayron😳 (🤣)  Tehyon biroz hijolat bo'ldi. Hana qilgan ishini sezib Tehyondan uzoqlashdi hijolat bo'lganini sezdirmaslik uchun shunchaki oddiy holdek ko'rsatdi va Hyoringa xabar yozishga kirishib ketti. Tashqaridan Hana o'zi hozirgina nima qilganini tushunmagandek tuyilardi. Haa u buni epladi😀 ichida esa o'zini qarg'ayotgandi🤣 Ularni oldiga Aeirin keldi.
Hana:Aeirin bunga qara🥺
Aeirin:Hyorin!
deb baqirib yubordi. Hamma nima bo'lganini tushundi.
Aeirin:unga yoz ahvoli qalay ekan? qayerda ekan?
Hana:yozyapman.
Ustoz kirib qolgani uchun Aeirin joyiga o'tirdi nima haqida yozishayotganiga qiziqardi. Lekin Hyorinni yaxshiman degan xabaridan so'ng anchagina tinchlandi.
📧📧📧📧📧📧📧📧📧📧📧
Hana:Hyorin yaxshimisan? 
Hyorin:yaxshiman havotir olmang. Bilasizku men kuchli qizman unchalik qiynalmadim.🤗. 
Hana:Hyorin Chatimizga o't Aeirin ham senga yozmoqchi ekan.
Hyo:yo'q Chatda Yuna ham bor.
Qizlar bu sizga topshiriq Yuna ertaga tongda shifoxonadan chiqadi. Hech biringiz bu yerda nima bo'lganini aytmang tushundingizmi u bilmasligi kerak!!!
Hana:ho'p... sen-chi?
Hyorin:nima men?
Hana:rostdan yaxshimisan? Darsga kirasanmi? Seni ko'rmoqchimiz
Hyorin:rostdan yaxshiman yaxshi bo'lmaganimda yozib o'tirmasmidim😊 endi men darsdan ozodman😎 qaytib kirmayman bugun dam olaman.
Hana:ertaga Yunani oldiga borasanmi?
Hyorin:albatta boraman faqat Yuna bilmasin xafa bo'ladi mayli men uyga ketyapman.
Hana:yaxshi😊 ertaga ko'rishamiz...
📧📧📧📧📧📧📧
Hamma uyiga ketdi. Hana Hyorin bilan gaplashganidan xursand. Uni ko'ngli joyiga tushdi. U endi hammasi oldingidek o'z holicha bo'ladi deb umid qila boshladi.
Lekin u bilmasdiki Hyorin hozir qanday ahvolda... qanday narsalarni boshdan kechirdi... qaysi gaplari rost-u qaysi gaplari yolg'on... balki hamma yozgan gaplari yolg'ondir... hozir u kimgadir muhtojdir... bu hamma yaqinlari uchun qorong'u edi. Faqat bir kishi uni ahvolini bilardi...
Hyorin kichkina binoga o'zi yolg'iz yo'l oldi. Yo'l yarmida esa unga o'qituvchilar "hamrohlik" qildi. Binoda Direktor yordamchisi va bir nechta qattiqqo'l o'qituvchilar uni kutayotgandi.
🔎 Direktor yordamchisi– maktabning bosh direktori konferensiya tufayli boshqa shaharga ketgani uchun hozir yordamchisi maktab ishlarini o'z qo'liga olgan. U o'quvchilarni qattiqqo'llik bilan boshqarmasa "o'quvchilar tutqich bermas zo'ravonlarga aylanadi, ularni doim nazoratda ushlash kerak deb hisoblaydi" lekin direktor bunday jazo turlariga doim qarshi bo'lgan va qilgan ishlarini ko'rib chiqib doim sal yengilroq jazo tayinlardi. Masalan:maktab oshxonasini, sport zalni tozalash shunga o'xshash jazolar tayinlanar edi. Albatta bu qilgan ishiga qarab... 
D.Y:xo'sh Kan Hyorin maktabning eng mashxur, hali qo'lga tushmagan zo'ravon o'quvchisi qani gapirchi
Hyorin:kechirasiz-u men zo'ravon emasman. Qilingan ishga shunchaki shunga yarasha javob qilaman. Biror o'quvchini sababsiz urmaganman yoki narsasini tortib olmaganman.
D.Y:bu bilan men aybdor emasman demoqchimisan?
Hyorin:yo'q men aybdorman
D.Y:demak aybdorligingni tan olasan o'zingni oqlamaysanmi? Agar kechirim so'raydigan bo'lsang jazoying yengillashtiriladi
Hyorin:kechirim so'ramyaman chunki bunga yarasha ish qilmadim, o'zimni aybdor hisoblayman chunki bu ishni maktab xududida qildim shuning uchun jazoyimga rozi bo'lyapman, shuning uchun hech qanday e'tirozsiz bu yega keldim
D.Y:haa agar bu maktab xududida bo'lmaganda jazoga rozi bo'lmasmiding uni o'ldirishgacha borarmiding?
Hyorin:ha agar hech kim halaqit bermaganda o'ldirardim.
O'qituvchilardan biri tarsaki tushurdi. Hyorin indamasdan yerga qarab turdi.
D.Y:xoo'sh yana bir imkoniyat berilgandachi masalan yana o'sha holatga qaytganingda bu ishni qaytib qilmasmiding?
Hyorin:qilardim agar bu qayta-qayta sodir bo'lganda ham qilaverardim. Men shunchaki bu yerga jazoyimni olish uchun kelganman.
D.Y:Haa juda jasur qiz ekansan mayli sen aytganingcha bo'laqolsin.
D.Y bir o'qituvchiga ishora qildi. U xivchin olib keldi. Birinchi oyog'iga, tizzaning pastki qismiga zarb bilan urishardi. Hyorin ovoz chiqarmasdan jim turardi. Natija bermagach qo'llariga urishni boshlashdi. Ular shunday kuch bilan urishardiki Xivchin tanaga tekkanda qo'rqinchili va jarangdor ovoz chiqardi. Lekin Hyorinni na ovozi chiqardi va na ko'z-yosh to'kardi. Ular shuni istashar edi dod-faryod qilib yig'lashini-yu tiz cho'kib kechirim so'rashlarini. Lekin Hyorin indamasdi. Qo'llari va oyoqlarida xivchinning qoldirgan chiziq-chiziq qonli izlari turardi. Oxiri xivchin Hyorinni bo'yniga tekkanda u bardosh qilolmadi. Yerga yiqildi.
D.Y.:mayli yetadi menimcha tovbasiga tayandi. 1-2 kun maktabga kelma senga ruxsat beraman hozir senga yordam berish uchun biror kishini yuboraman uyingga olib borishadi.
Hyorin:odamingiz kerakmas...
Hamma o'qituvchilar ketdi. Katta  va deraza teshigidan kichkinagina yorug'lik ko'rinib turadigan qorong'u xonada Hyorin yolg'iz... sekin o'rnidan turdi. Telefonini qo'liga oldi qo'li og'riyotgani uchun yaxshi ushlolmadi va yerga tushdi. Qimirlagan sari hamma yog'i qaqshab og'rirdi. Yerga egilaman deganda "U" yugurib keldi chaqqonlik bilan telefonni oldi.
Hyorin:menga yordamingiz kerak emas...
Ep-23 TUGADI... 
"U" kim edi🤔🤔🤔
#EP_24
           High school:first kiss💋
Hyorinni oldiga kimdir keldi. Hyorin uni yuzini ko'rmadi.
Hyorin:menga yordamingiz kerek emas dedim-ku o'zimni eplay olaman.
👤:rostdanmi? Bundayga o'xshamayapti
Hyorin uni ovozini darrov tanidi.
Hyorin:😳 Chonguk bu yerda nima qilyapsan?
Jk:aylanib yuribman qani kel
Chonguk o'tirib yelkasini tutdi.
Hyorin:nima qilmoqchisan?
Jk:yelkamda ko'tarib ketmoqchiman.
Hyorin:men yura olaman.
Jk:buncha kaltak yeganingdan keyin yurishing amrimahol
Hyorin:ko'rib turganmiding😤
Jk:jim bo'lib yelkamga chiq. Shundoq ham sen ko'rsatmoqchi bo'lmagan ko'p narsalarni ko'rdim. Hatto Yungi ham bilmaydi xohlasang Yungini chaqirib kelaman?
Hyorin sekin Chongukni yelkasiga chiqdi. Og'riqdan qo'llarini qayirolmagani sabab qo'lini uzatib olgandi. Chonguk uning qizargan qo'llariga qarab turolmadi to'g'ri medpunktga qarab yo'l oldi. U yerda hech kim yo'q edi. Hyorinni kravatga o'tirgizdi. Hyorin yerga qarab jim turardi. Chonguk vaziyatni yumshatish uchun nimadir qilmoqchi bo'ldi. Lekin hech nima o'ylab topolmadi. Qitmirlik qilay desa bunga Hyorinni sabri ham kuchi ham yo'q. Chonguk Hyorinni qizargan tanasiga qarardi.
Jk:nega hamshira yo'q?
Hyo:chunki direktor bu yerda emas, hamshira esa direktor yordamchisining tanishi
U gaplarini tugatib ko'zini yumdi
Jk:hmm... biror narsa kerekmi?
Hyorin indamasdi.
Jk:nimadir yeging kelyaptimi?
Hyo:....
Jk:😐😐😐
Chonguk Hyorindan javob kelmasligini tushundi va jim bo'lib uning yoniga o'tirdi birozdan so'ng Hyorin javob berdi...
Hyorin:yig'lagim kelyapti🥺.
Jk:unda chiqib turaman
Chonguk ortiga burildi Hyorin yumshoq qo'li bilan Chongukning qo'lini ushladi Chonguk ortiga qaradi. Hyorin o'tirib oldi
Hyorin:ketishingni xohlamayman, yig'lashimni ko'rishingni ham xohlamayman😔🥺 . 
Chonguk yana karavotga o'tirib biroz yaqinlashdi va Hyorinning boshini ko'ksiga qo'ydi. Yig'i... Chonguk buni ko'rib yuragi ezilishni boshladi. Yelkasini silardi bu unga taskin berardi. U ancha yig'ladi og'riqdan, ichidagi alamdan... oxiri u toxtadi.
Hyorin:menga telefonimni ber
Jk:nima qilasan?
Hyorin:qizlarga xabar berib qo'yay.
Jk:Menga aytadigan gaplaringni ayt o'zim yozib beraman.
Hyorin:unda yoz...
Jungkook yozardi. Hyorin esa nima deyish kerakligini aytib turardi. Hyorinni o'zi yozishga kuchi yetmasdi.
Hyorin:buvimga ham qo'ng'iroq qilishim kerak
Jk:balki xabar jo'natarmiz
Hyorin:yo'q ovozimni eshitmasa ko'ngli joyiga tushmaydi.
Jk:yaxshi qilib beraman.
Hyorin buvisiga qo'ng'iroq qildi. Uni ovozi shunchalik o'zgardiki xuddi hech nima bo'lmagandek quvnoq ovozda gapirdi Chonguk bundan hayron qoldi "demak uni qanday ahvolda bo'lganini faqat o'zini ko'ribgina bilish mumkin u haqiqiy aktirsa😧😲😲😲"
Hyorin:buvijon😀
👵:Hyorin maktabdan qilyapsanmi? Tinchlikmi?
Hyorin:tinchlik😊 bugun Hananikiga borsam maylimi? Uni ota-onasi uzoqqa ketishibdi Hana o'zi qo'rqarkan.
👵:Hanani bizni uyimizga chaqirsang bo'lmaydimi?
Hyorin:mm buviii iltimos Aeirin ham keladi. Yuna ham... u ertaga chiqadi bira to'la o'sha yoqqa o'tib ketaman iltimoss🥺.
👵:mayli mayli kiyimlaringni olib ketasanmi? 
Hyorin:kiyimlarimmi🤐 Hana berib turar maktabdan to'g'ri u yerga o'tib ketamiz.
👵:mayli
Hyorin:mayli buvijon o'zingizni ehtiyot qiling😀.
Hyorin telefonni o'chirishi bilan yana o'z qiyofasiga qaytdi. Chonguk unga tikilib turardi.
Hyorin:nega unday qaraypsan?
Jk: shoshma🤨 sen hozir buvingga nima deding?
Hyorin:nima?
Jk:Hanaga uyga ketyapman deb yozding buvingga Hananikiga ketyapman deding.
Hyorin: nima qilipti shunga😕  Hanaga sen yozding men emas😏
Jk:nima bo'lsa ham hozir uyga bormasang qayerga borasan? Nega uyga bormaysan?
Hyorin:manabu yelkangdagi narsani ozgina ishlatib ko'r😒  xo'sh shu ahvolda buvimga ko'rinsam, buvijon bittasini do'pposlaganim uchun meni jazolashdi men bundan umuman afsusda emasman kimligini bilsangiz edi... deb aytsam buvimni yuragi xuruj qilib qolmaydimi?
Jk:unda Hanani uyiga borasanmi?
Hyorin:🤦‍♀️ Hanani ko'ziga bu ahvolda ko'rinsam meni o'rnimga u yig'lab o'tiradi savollarga ko'mib tashlaydi. Keyin meni shu ahvolimni eslab qolishini xohalmayman Hyorin ismini eshitganda quvnoq, qo'pol, doim yonida bo'ladigan dugonasini ko'z oldiga keltirishini xohlayman.
Jk:o'zi kimni urding?
Hyorin:aytishim shartmi?
Chonguk boshqa bunday savol berishni istamadi...
Jk:unda seni uyimga olib ketaman.
Hyorin:seni uyinggami?🤔 yaxshi fikr lekin men xohlamayman.
Jk:sendan hech kim xohishingni so'ramayapti men uyimga olib ketaman dedim🤨 tamom.
Hyorin:Eyy Jeon Jongkook seni o'ldiraman.
Jk:tuzalganingdan keyin o'zim o'ldirishingga qo'yib beraman
Hyorin:yaramas😒...
Chonguk Hyorinni uyiga olib keldi.
Jk:shoshma kalitni olib olay.
Hyorin:nima sen kalitni tuvak🪴  tagiga qo'yasanmi😳
Jk:ha nima qilibdi.
Hyorin:qaysi ahmoq hech kim yo'q va hamma narsasi qimmatbaho bo'lgan uy kalitini tuvak tagiga qo'yadi.
Jk:men😉
Hyorin:qoyil👏🙄😒
Jk:aytgancha qayerda turishini bilib olding o'g'rilik qilishni hayolingga keltirma.
Hyirin:haa🙄 meni boshqa ishim yo'q... Ohhoo uying chiroyli ekan.
Jk:haa lekin zerikarli hech kimi yo'q uyni kimga keragi bor.
Chonguk Hyorinni divanga o'tirgizib xonasidan kiyimlar olib chiqdi.
Jk:kichkina kiyimlarimni berib yuborgandim keng kiyimlarimdan olib chiqdim.
Hyorin:yo'q kerakmas
Jk:maktab formasi qulaymasku.
Hyorin:mayli ber aytgancha.. mm menga qarz berib tur .
Jk:nima pulmi?
Hyorin:ha bir narsa olmoqchi edim.
Jk:hozir hamma do'konlar yopiq nima olasan.
Hyorin:internet magazinlar borku.
Jk:ol kartam senga xohlaganingcha ishlataver ertaga dadam pul tashlaydi shuning uchun hammasini ishlat😉 aytgancha uni ishlatishni bilasanmi😜
Hyorin:yaa! O'zimda ham karta bor shunchaki olib yurmayman.😤  Faqat o'zimga kerakli narsalarni olaman ertaga pulingni qaytaraman tushundingmi?
Jk:mayli o'zing bilasan🤷‍♂️
Hyorin kiyinish uchun bo'sh xonaga kirib ketdi.  Birozdan so'ng oshxonadan nimanidir hidi kela boshladi.
Hyorin qo'rqib yugurib keldi(to'g'rirog'i o'g'riq tufayli tez yugura olmadi).
Hyorin:Jungkook🙄 
Jk:haligii biron nima pishirmoqchi edim ozgina kuydi😁.
Hyorin qozon oldiga keldi va kulib yubordi.
Jk:nimaaa😦
Hyorin:haa rostan ham ozginagina kuyibdi🤣
Jk:birinchi mehmonimni xursand qilmoqchi edim🙁
Hyorin:🤣🤣🤣 xursand qilding
Chonguk Hyoringa biram chiroyli, jilmayib termulardiki hozirni o'zida shu kulishi uchun hamma narsani kuydirishga rozi bo'lib ketdi, qandaydir his uni hayollarga olib ketdi.
Hyorin:nega qarab qolding?
Jk:(kulishing chiroylida) yo'q hech nima pitsa buyurtiramiz🙁
Hyorin:senga nima bo'ldi xazillashdim-ku mayli shuni yeyaveramiz
Jk:yo'q buni yemaymiz yana chala pishgan ovqatni-ya
Hyorin:unda ramyon qilamiz
Jk:oo ramyon mayli sen aytib turasan men qilaman Hyorin:ramyondan osoni bor ekanmi?
Jk:haa ham shirin😋   
Ular birgalikda ramyon tayyorlashdi. Hyorin oshxona stoliga o'tirib olib oyog'ini yosh bolalardek likkilatardi. Chonguk buni ko'rib xursand bo'lardi.
Hyorin:biron ichimlik bormi? 
Jk:ha muzlatgichda sharbat bo'lishi kerak.
Hyorin muzlatgichni ochdi.
Hyorin:buuu sojumii🍶
Jk:😧 Men emas yo'q bu meniki emas
Chonguk Hyorinni qo'lidan tortib oldi
Hyorin:kel ichamiz
Jk:nima😳😧😮...
Miran darsdan so'ng musiqa zaliga bordi. Atrofni sekin kuzatib stolga o'tirdi.
Miran:u yo'q🙁
Gitara chalishni boshladi. Yana o'sh joyiga yetkanda to'xtadi.
Miran:nimani kutganding o'zi😑. 
Miran uni tuzoqqa tushirish qiyinligini bilgandi lekin gitara o'rganishga bo'lgan xohishni tuzoq rejasidan ko'ra ko'proq xohlagandi. Haa... Miran Yungini birinchi tuzog'iga ilintirib bo'lgandi...
⏳Musiqa zaliga kirib Yungini kelishini kutdi. Yungi keldi. Oynadagi aksini ko'rib gitara chalishni boshladi. Haa o'ylaganidek bo'ldi Yungi to'xtadi. Gitara chalayotganida Yungi ketib qolmadimikin deb bir-bir deraza oynasidan qarab turardi. Yo'q u ketmadi. Miran atayin musiqani buzib chalayotgandi bu Yungini jaxlini chiqarib Miranga gapirishga majbur qilishi kerak edi. Birdan Yungi kelib Miranga baqirib ketti.
Miran:*😳 natijasi tez bo'ladi deb o'ylamagandim birinchisi ish berdi*  chunki Miran bu rejaga unchalik ishonmagandi Yungi e'tibor bermasdan ketadi deb o'ylagandi. Lekin u musiqani sevuvchi yigit u bilan qilingan xatoga jim qarab turolmaydi...
Hozir esa Yungini tuzoqqa tushirish oson bo'lmasligi aniqligini tushundi lekin Miran taslim bo'lmoqchi emas va u kurashadi. 
Miran:*o'zi nega Yungini tuzoqqa tushurmoqchiman bu yerda hech kim menga tahdid qilmaydi, yetimsan deb kamsitmaydi men bilan hech kimni ishi yo'q lekin biologik otam😤 uni ko'rishga ko'zim yo'q menga va oyimga bergan azoblari uchun albatta javob berdi*
U daftarini olib yoza boshladi
. Miran har kuni bu daftarga yozadi ko'nglidagi gaplarini yozsa xuddi oyisiga gapiryotgandek bo'ladi😔.
Miran:*bugun juda og'ir kun bo'ldi...*
Birdan deraza eshigi qattiq ochilib shamol kela boshladi. Miran turib derazani yopmoqchi bo'ldi lekin yopolmadi kamiga kundaligi uchib yirtilib ketti🤦‍♀️.
Miran:kundaligim😦bu qanqasi-aaa😤 nega bugun hamma narsa orqaga ketyapti...
Miran kundalik varaqlarini yig'ib jaxl qilardi. Kimga jaxl qilyapti o'zi ham bilmaydi. Shamol tez kelib tez ketdi atrof suv quygandek jim-jit kech tushib qolgandi. Kimningdir bu yoqqa yaqinlashayotgani eshitildi. U juda sekin... qandaydir vahimali ovoz bilan kelardi... taq..tuq..taq..tuq..
Miran:poshna ovozimi... nega g'alati kelyapti
Kech bo'lgani uchunmi Miranni qandaydir vahima bosdi...
Taq...tuq...taq..tuq😰😰😰
Ep-24 TUGADI

Report Page