Hech qachon senga gapirishni o'rgatkan Insonga, ovozingni ko'tarma!!!

Hech qachon senga gapirishni o'rgatkan Insonga, ovozingni ko'tarma!!!

Kamol To'xtayev

Meni chamasi 12 yoshlarimdan bir savol qiynar edi. Nega ota-onalar farzandlariga mehribon-ku, lekin ota-onalarini yaxshi ko'rishsa ham ular haqida keyin o'ylashadi. Shul aziz zotlar nega oxirida o'ylanadi. 

Yani bo'lar ish bo'lib bo'lganida be davo dardga chalinganlari yoki munkillab qolganlari eng yomoni esa vafotlaridan keyin . O'sha yaramas dushman so'zni eslaymiz. "Afsus" dunyodagi eng nafratlanadigan so'zlarimdan bu. Nega ilgariroq odam ularni o'ylamaydi. Yaxshi bolalaringizni o'ylar ekansizku nega ona vafotidan keyin jajji shirin farzandingiz: Ota buvijonim qayoqqa ketdilar desa, unga nima deb javob berasiz? Menga nasihatlar, rivoyat va ertaklar aytib beruvchi bobom qanilar desa nima deysiz. Nega boshimizga falokat nohushlik tushsa birinchi munkillab qolgan onamizni eslaymizku. 

Lekin nega onamizni o'zini bir dard qiynayotkanda o'g'lini eslashga hijolat bo'ladi nega. Nega paytida "kel bolam bir duo qilay" deganlarida. Ey ona shoshib turibman, ishga kech qolaman, vahtim yo'q deymizku, nega vafot etkanlaridan keyin otamizni choponlari, yaktaklarini hidiga to'ymaymiz. Nega arzimagan iltimoslarini bajarmaymizda. Ko'chadagi bir tiynga qimmat odamlarga yugirdaklik qilamiz. Nega uyimizni qo'riqlaydigan bir it chalik onamni hizmatlarini qila olmadim. Nega meni shu darajaga yetkazgan otam munkayib-qariganlarida aso tayoqqa emas balkiy o'z pushti kamariga ollohni ne'mati bo'lmish farzandiga suyanmaydi. Onamlarni nega hayotliklarida poylarini joy namoz qilib jannatga tekinga chipta olmadim. 

Nega biz ularni abadiy deb bilamizda, har doim hamisha haq bo'ladigan o'lim eshik qoqganida, o'zimizni emas balki taqdir adolatini ayiblaymiz. 

Nega o'limlaridan keyin kazo-kazolarni chaqirib million-millionlarga osh berib odamlarni gapiga qolamiz. Undan ko'ra paytida shu pullarning beshdan bir qismini mukarramalarimiz uchun sarflab, umurlarini uzaytirib oltin duolarni olmaymiz. 


Olmasam gar ko’nglim to’lmas, 

Ota onam duosini. 

Olmasam gar yo’lim bo’lmas, 

Ota onam duosini. 


Qayda bo’lmay yo’qlagayman 

Mehrin asrab saqlagayman, 

Axir, qanday oqlagayman, 

Ota onam duosini. 


Umrim bo’yi g’amin yerman, 

So’zin durga alishtirmam. 

Siymu zardan ortiq derman, 

Ota onam duosini. 


Safo Ochil, holin so’rgum, 

Mudom boshim egib turgum, 

Qancha bo’lsa ham oz ko’rgum 

Ota onam duosini. 


Safo Ochil 






12 yoshimda tug'ilgan shu savollarga sal kam 21 yoshimda javob topdim deb oylayman. Bu biz insonlarga ,,Odam ato"dan meros menimcha. Chunki ul zotni ota-onalari bo'lmagan. Juftlariyu va farzandlari bolgan. Balki shuning uchun ham biz shundaydirmiz. 

To'g'ri ota-ona siz aytgan barcha narsani muhayyo qilmasliklari mumkin lekin ular o'zlarida bor hamma narsani berishadi. Hatto jonlarini ham. Ota-ona – bizni hech bir shartsiz suya oladigan pushti panohlarimizdir. Nahotki biz farzandlar buni tushunishimiz uchun ular bizni tark etishlari kerak bo'lsa. Men o'zim uchun niyyat qilganman, qachonki umrim poyoniga yetib yaratgan bilan korishganimda. Tangriga menga shunday volida tuxfa etkani uchun rahmat aytaman.

Report Page