Heartbeat

Heartbeat

πŸ¦‹π•‚π•šπ•ž π•Šπ• π•™π•ͺπ•¦π•ŸπŸ¦‹ ⟭⟬ ARMY ⟬⟭

#ℍ𝕖𝕒𝕣π•₯𝕓𝕖𝕒π•₯


#6_qism


Β  Nari qancha yugurishga harakat qilmasin, oyoqlari qattiq bog'langani tufayli, qadam tashlayotganda siqib, iz qilib tashlagan arqonning joylari har damda zirqirab og'riq berardi. Ammo u bunga ko'nikib ketgan. Bu og'riqni oldida avvalgi qalb va jism og'riqlari nima bo'libdi? Iloji boricha tezroq yugurishga harakat qilar, kun ham ancha salqinlashib qolgan. Uni ustiga esa qorong'u ham tushmoqda. Oy ham bulutlar orasidan ba'zi ba'zida chiqib qolib qizni yo'lini yoritar yoki atay qilgandek bulutlar ortiga kirib ketib, qizni qorong'u kechada yolg'iz qoldirar edi. Mashina esa Narining ortidan izma-iz borgancha ta'qib qilishdan to'xtamas, ammo allaqanday ko'chaga burilganda qizni yo'qotib qo'yishdi. Ayni mana shu damda, Narini qarshisidan qora Mersedes mashinasi chiqib qolib, behosdan turtib yuborgan edi...


#FLASHBACK_TUGADI


Β  - Turmushga chiqishni istamayman... - gaplarini yakunlar ekan, endi yig'lashga o'tdi. Chanyeol esa qizga yanada e'tibor bilan qaray boshlagan edi

Β  - Isming, chindan Narimi? - deya so'radi qizdan, xuddi qaysidir tanishiga o'xshatgandek

Β  - Nima yolg'on gapirayotganga o'xshaymanmi, balki ataylabdan mashinangizga turtilib ketgandirman, balki aytayotgan gaplarim ham yolg'ondir... - uni mana shu hislati sal g'alatiroq. Kimdir undan ozgincha shubha qilgudek bo'lsa bir pasda tutoqib ketadi. Chanyeol esa uni gaplarini eshitib kulib yubordi

- Shunchalik kulgili gap aytdimi? - dedi ko'z yoshlarini artib

Nari


Β  - Yo'q, sen meni noto'g'ri tushunma! Haligi, xaraktering sal boshqacharoq ekan. O'zga sayyoralik emasmisan mabodo? - deya kulishda davom eta boshladi. Bundan Narini jahli chiqdi shekilli endi eshikni ochib chiqib ketmoqchi bo'lganida, Chanyeol o'ziga kelib, mashina eshiklarini qulflab qo'ydi. Qiz esa bunday narsalarni tushunmaydi, hatto mashina eshigini ham tuzuk ochishni bilmaydi. Tutqichni ushlab, qancha ochishga harakat qilmasin, baribir ham ochilay demasdi. Ora-sirada o'ziga o'zi bir nimalar deb gapirib qo'yarkan, Chanyeol gaplariga tushunmas u tomon yanada yaxshiroq nigoh tashlashga harakat qilar, qo'lini mashina suyanchig'iga qo'yib olib, iyagini esa qo'liga tiragancha qizni harakatlarini jimgina kulib kuzatar edi. Nari esa sabr kosasi to'lgunga qadar eshik tutqichini tortaverdi. Ochilmasligini bilgach esa taqdirga tan berib, tutqichni qo'yib yubordi. Endi mashina suyanchig'iga boshini tashlagan ham edi-ki, birdan nimadir esiga tushib qolib, keskinlik bilan boshini ko'tardi va Chanyeolga jinniga qaragandek qarab turdi

Β  - Qayerga qochmoqchi bo'lyapsan, a?

Β  - Eshikni siz qulflab qo'ydingizmi? - dedi o'qrayib

Β  - Tahmin qilib ko'rchi...

Β  - Asabimni buzyapsiz, lekin! Oching eshikni... Menimcha ulardan qutuldim shekilli... - mashina oynachasidan tashqariga nazar solarkan, birdan mashina harakatga tushdi. Nari Chanyeolga qaradi va - Meni qayerga olib ketyapsiz? - dedi

Β  - Uyimga dedim-ku...

Β  - Men uyingizda nima qilaman, yana siz bilan birga?

Β  - Qo'rqishing shart emas. Havotir olma. Uyimda men va sendan tashqari onam, singlim ham bor.

Β  - Dugonamnikiga olib boring dedim-ku, nega tushunmaysiz, siznikiga borishni istamayman! - bir joyda jim o'tira olmay harhasha qila boshladi

Β  - Ismi Nensimi?

Β  - Siz qayerdan bildingiz? - haydovchi o'rindig'ining suyanadigan qismini ikkala qo'li bilan changallab ushlab, Chanyeolga hayrat ko'zlari bilan tikildi

Β  - Nari, haddan tashqari hayratga tushishing shart emas. Nensi meni singlim. Aslini olganda seni qisman tanir edim, garchi biror marta ko'rmagan bo'lsamda... Singlim sen haqingda juda ko'p gapiradi. Hatto uydagi bosh mavzu sen bo'lasan. Hatti-harakatlaringdan tanidim. Nensi ta'riflaganichalik bor ekansan. Hatto undan ham ortiq ta'rifga mossan! - dedi mashina oynachasidan, Nariga nazar tashlab

Β  - Sizni singlingiz Nensimi?

Β  - Aytdim-ku, undan ortig'iga mossan deb... - deya kuldi. Nari esa hamon hayratda qolgancha jim keta boshladi. Yo'l bo'yi hech nima demay jim ketdi. Gapirishni istamadi hatto... Ko'z oldidan oilasi o'tdi. Endi uni hayoti qanday davom etadi?Β  Min xonim Narini topa oladimi? Yoongi nima qiladi, axir ota-onasining fikriga butkul qarshi chiqdi. Yunachi, u aslida kim, qanday qiz? Bularni bari faqat hayotga, taqdirga bog'liq... Nari toliqqani sababli, boshini mashina oynasiga suyab, ko'zlarini ohista yumdi. Tez fursatlarda esa uyqu olamiga ravona bo'ldi. Chanyeol qiz jimib qolgani uchun ortiga nazar tashlab, yana yo'liga qaragan edi hamki, ortiga yana bir marta qarashga majbur bo'ldi. Chunki, Nari beozor go'daklardek uxlayotgan edi. Yana nim tabassum qilgancha. Unga qarayman deb sal qolsa boshqaruvni yo'qotay dedi. Uyga yetib kelishganda esa qizni uyg'otgisi kelmay, darvozani o'zi ochib, mashinani uyga kirgizmoqchi edi, lekin mashina to'xtashi bilan Nari ham uyg'ondi... Nensi esa bu vaqtda oyisi bilan televizor qarshisida o'zlarining sevimli serialini to'rtinchi marotaba tomosha qilib, o'tirishar edi

Β  - Oyi, mana shunga hech tushunmayman-da... - dedi, popkorndan og'ziga solib. Park xonim qizini eshitgani ham yo'q. Ikki ko'zi televizorda...

- Bilasizmi, hozir bolacha gapirib yuboradi. Anavi qiz esa jarlikdan tushib ketmaydi. Hatto ko'zi bog'langan holda bo'lsa ham!

Β  - Nensi, qizim, kinoni yodlab olibsan-ku! Biroz jim o'tirsang bo'lmaydimi?

Nensi

- Oyi, qanday jim o'tiraman, axir. Bu serialni to'rtinchi marta ko'rayotgan bo'lsak, o'zim bilgan voqealarni kinodagi joyi boshlanmasidan oldin aytgim keladi-da... - deb turgan joyida eshik qo'ng'irog'i jiringlab qoldi. Nensi esa qo'lidagi popkornni stol ustiga qo'ygach, tezda borib eshikni ochishga urindi. Eshik ochilgach, qarshisida ko'rgan insonni ko'rib tabassum qoldi-yu, ammo ortida turgan insonni ko'rgach, ko'zlari hayratdan porlay boshladi. Qarshisidagi akasi ham esidan chiqib, tezda Narini qo'lidan tortib, uy ichiga kirgizdida eshikni yopib qo'ydi. Chanyeol esa tashqarida qaqqayib turgancha qo'li bilan peshonasiga shapatiladi-da, so'ng o'zi eshikni ochib uyga kirdi

Β  - Sen kech bo'lganda bu yerda nima qilib yuribsan? - dedi dugonasini ikki bilagidan qattiq siqgancha, qizga boshdan oyoq nazar solarkan

- Yana nima bo'ldi, qani yurchi, bu yoqqa... - endi qizni qo'lidan ushlab, o'zlari o'tirishgan xonaga olib kirib, divanga majburlab o'tirg'izdi. Nari Park xonimga salom bergach, tepasida turgan Nensiga bir qiyo boqdi-yu so'ng xuddi talqon yutgan odamdek jim qotdi

Β  - Nari, qizim sen kech bo'lganda nima qilyapsan, bir o'zing? - Park xonim ham qo'rquv ham vahima bilan qizni so'roqqa tuta boshladi

Β  - Oyi, u akam bilan kelibdi. Bir o'zi emas, havotir olmang...- onasini tinchlantirgan bo'ldi Nensi. So'ng dugonasiga " gapir " deya ishora qildi. Nari ham gapirishga majbur bo'lib hamma bo'lgan voqealarni aytib berdi

Β  - Bo'ldi, shuncha azoblanganing yetadi senga. Ortiq o'sha uyga bormaysan, tushunarlimi? - Nensi barcha gapdan xabardor bo'lgach, Narining qarshisiga o'tirib olib gapira boshladi

- Tavba qildim, o'n sakkiz yoshli qizni turmushga berish, bu... Bu umuman aqlga sig'maydigan ish! Seni o'g'irlab ketishganini hazm qila olmayapman, hatto... Demak, o'sha kuni ketib qolmagan ekansan. Nimaga ham suv olib chiqay dedim, a? - chuqur ho'rsinib o'rnidan turdi. So'ng esa u yoqdan bu yoqqa yurishni boshladi

Β  - Sen qiz asabiylashishni bas qil... - anchadan beri ularni gapini bir chekkada turgancha jim tinglayotgan Chanyeol tilga kirdi

Β  - Voy, aka siz qachon keldingiz? - dedi hayron

Β  - Qachon keldingiz emish, kamroq serial ko'rish kerak. Yaqinda qayerda yashayotganingni ham unutib qo'yasan, sen! Darvoqe, savolingga kelsam, dugonang bilan birga keldim. Agar ozgincha e'tibor berganingda eshikni tagida meni ham ko'rgan bo'larding, singiljon!

Chanyeol

- Uffff....esim qursin. Ming bor uzr so'rayman, meni avf etgaysiz, shahzodam! Bu hol boshqa takrorlanmaydi degan umiddaman. Aka, siz o'zi Narini qayerdan tanidingiz? Yaxshi hamki, boshqa birovga duch kelmabdi...

Β  - Nensi, hammasini eshitding-ku, men aytishim shart emasdir, balki? - dedi Chanyeol ham qovog'ini uyib

Β  - Obboo..... Aytmasangiz aytmang!- deya nigohlarini Nariga qaratdi

- Seni juda sog'ingan edim, yaxshi hamki o'zing kelding. Endi har kuni shu yerda bo'lasan. Birga yashaymiz endi. O'sha uydagi barchani unut !

Β  - Nensi, bu yerda ko'p qola olmayman. Meni qidirib kelishsachi? Yaxshisi, o'zimga bir uy topishim kerak. Ammo, birinchi navbatda hujjatlarimni olib kelishim zarur. Lekin buni qanday eplayman, bilmayman...

Β  - Bu muammo emas, bu ishni menga qo'yib ber, tamom! Lekin hozir sen meni ko'zlarimga charchagandek ko'rinayapsan.Β  Qorning ham och, bu aniq! Qani tur, oshxonaga borib, tanovvul qilamiz. Keyin esa biroz yotib dam olib olasan. Oyoq qo'llaringdagi qizargan izlarni ko'rib, etib uvushib ketyapti, viiiyyy.....

Β  - Unda qarama!- dedi Nari kiyimi bilan bilaklarini berkitib. So'ng ikki qiz oshxonaga yo'l olishdi...

- Mana, mana bu yerga imzo chekib yuborsangiz... - uncha katta bo'lmagan xonada ikkita yigit bir-biri bilan nimalarnidir hal qila olmay bahslashib o'tirgan bir pallada, eshik ochilib, bo'yi uzun bir qiz kirib keldi. Shu onda ikkala yigitning ham diqqat e'tibori qizga va qizning qo'lidagi hujjatlarga qaratildi. Hujjatlarni avval birinchi yigit olib bir ko'z yugurtirib chiqdi, so'ng tushunmay yana haligi qizga qaradi. Va yana hujjatlarga diqqat bilan qarab turarkan, ikkinchi yigit hujjatlarni shartda qo'lidan tortib oldi. U ham bir ko'z tashlagach kotiba qizga tushunmay tikildi

Β  - Nahotki, o'sha bino sotilayotgan bo'lsa? - haligi yigit qo'lidagi hujjatlarni stol ustiga otib yubordi, o'zi esa kursiga boshini tashlab, baralla kuldi

- Qoyil, ajoyib!.... Xo'sh, imzo chekasanmi, Taehyung? - deya qarshisidagi yigitga yuzlandi

Jimin

- Aslo, imzo chekmayman! Hech kim mendan beso'roq hech qanday binoni sotuvga qo'ya olmaydi. Hatto u o'z akam yoki ukam bo'lsa ham!

Β  - Yaxshi, ammo sotuvga qo'yayotgan shaxs dadang bo'lsachi? - deya Taehyungga tikildi. Taehyung esa biroz o'yga tolib qoldi. Aslida u haqiqiy dadasi ham emas. Onasi iltimos qilgani uchungina dada sifatida ko'radi. O'zining haqiqiy dadasi esa bolalik paytida vafot etgan. Hatto Taehyung dadasini ko'rmagan ham. U paytlar juda kichkina edi. Akasi 5 yoshda o'zi esa 2 yoshda va ukasi esa hali chaqaloq edi. Vaqtlar o'tib, Taehyung onasidan " - Dadam qayerda?" deb so'raganida onasi hech nima deya olmagan. Keyinchalik tushunib yetdiki, farzand tarbiyasida otaning o'rni katta ahamiyatga ega ekan. Taehyung 6 yoshga to'lganida hozirgi dadasini unga "- Mana, o'g'lim, bu seni dadang bo'ladi.... " - deya tanishtiradilar. Afsuski, Taehyungning akasi haqiqiy dadasi vafot etganini allaqachon anglab yetgan, shu munosabat bilan Taehyungga ham dadasi ancha yillar avval olamdan o'tganini aytib beradi. O'shandan beri Taehyungning dadasiga bo'lgan munosabati yaxshi emas. Ammo dadasi unga o'z farzandidek yaxshi ko'rishga, yaxshi tarbiya berishga harakat qildi. Akasi va ukasidan tashqari yana bir singilchalik bo'ldi. Taehyung esa singlisini yer-u ko'kka ishonmaydi. Doim unga qaraganida xuddi o'zining haqiqiy dadasi yonida turgandek his etadi. Hozir ham shularni o'ylar ekan, haligi savol bergan yigit Taehyungga ortiq tikilmasdan o'rnidan turdi-da, Taehyungning yoniga borib yelkasiga ikki qo'lini ohistalik bilan qo'ydi

Β  - Bas qil, Jimin... - Taehyung yelkasiga tashlangan qo'llarni payqagach, ularni olib tashladi

Taehyung

- Hech o'ylab ko'rganmisan, nima uchun ular bilan yaxshi chiqisha olmayman, deya? - dedi Jimin Taehyungning ko'zlariga qarab javob kutarkan

Β  - O'rtamizda mehr yo'q! - dedi keskinlik bilan

-Β  Meni ularga, ularni esa menga... Bilasanmi, hatto akam va ukamga bo'lgan mehr-muhabbatim ham so'nib borayotganga o'xshaydi. Faqat bundanΒ  Ryujin mustasno.... - xayoliga singlisining siymosi kelishi bilan mayin jilmaydi

Β  - So'nib borayotganga o'xshamayapdi, aksincha, so'nib bo'lgan... Taehyung, ular bilan deyarli bir oyda bir marotaba ko'rishasan, shunda ham atigi, ikki soatgina. Bir uyda hammangiz turmasangiz, ahvol shuda. Ryujin bilan esa kunda yuz martadan kam gaplashmasliging aniq fakt! Hatto hozir ham u haqida o'ylab o'tiribsan... - chindan ham Taehyung hozir singlisi haqida o'ylayotgan edi....


#To_be_continued...



Report Page