Hazrat Navoiy ijodini o'rganish to insoniyat yashar ekan, aslo tugamaydi

Hazrat Navoiy ijodini o'rganish to insoniyat yashar ekan, aslo tugamaydi


Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludinining 580 yilligini keng nishonlash, u qoldirgan buyuk xazinani yosh avlod orasida keng targ'ib etish maqsadida, Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti faollar zalida fakultetda tahsil olayotgan 3-bosqich talabalari ishtirokida "Navoiyxon talaba" talaba yoshlar ko'rik-tanlovi tashkil etildi.

Tanlovni fakultet dekani Rajabov Dilshod Zaripovich kirish so'zi bilan ochib berdilar.

Tanlov ishtirokchilarini Navoiyshunos ustozlar- Eshonqulov H, Rajabova M, Amonova Z, Safarova H, Bekova N baholab borishdi.

Filologiya fakulteti tillarni o'qitish: o'zbek tili va adabiyoti yo'nalishining 6-1,6-2,6-3,6-4,6-5,6-6,6-7 uzb 18 guruhidan saralangan tashabbuskor talabalar tanlov ishtirokchilari bo'lishdi. Ishtirokchilar 5 ta o'ziga xos mahorat talab etadigan shartlar asosida kuch sinashishdi.

1."Uyga vazifa" sharti

2."Aqliy hujum" (Shuhrat Sirojiddinov "Navoiyshunoslik" kitobi asosida)

3.Badiiy matnni sharhlash

4.Navoiy g'azallarini ifodali o'qish

5.Erkin mavzu

Epchil ishtirokchilarimizning shartlar asosida baholanishi-10 ballik tizimda olib borildi.

Tanlov doirasida Navoiy ijodi haqidagi videorolik namoyish etildi, shoir g‘azallaridan namunalar o‘qildi.

Navoiy ijodiyotidagi bilimlar borasida bellashishgan tanlov ishtirokchilari o'rtasida Rahimova Aziza tanlovning mutlaq g'olib deb topilib, fakultet dekanining faxriy yorlig'i bilan taqdirlandi.

Teshayeva Marjona,

Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti matbuot kotibi













Report Page