Hayvonlarga nisbatan shafqatsizlikda ayblanganlarga qonuniy choralar koʻriladi

Hayvonlarga nisbatan shafqatsizlikda ayblanganlarga qonuniy choralar koʻriladi


Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda, keyin boʻlsa, hayvonlarni himoya qilish boʻyicha ijtimoiy harakatlarning Telegram kanallarida "Otchopar" maydonidagi tashvishli vaziyat haqida xabarlar eʼlon qilindi. Xabarga koʻra, fuqaro tomonidan ijaraga olingan оtxonadagi otlar vafot etgan.

Milliy gvardiya vakillari xabar paydo boʻlishi bilanoq, koʻngillilar va "Hayot" boshpanasi direktori bilan birgalikda yordam chaqiruviga javob berishdi. Veterinarlar va koʻngillilar voqea joyiga yetib kelib, vaziyatni oʻrganishdi. Shundan soʻng, otxona tozalanib, otlar oyoqqa turgʻizildi va shifokorlar otlarni davolashni boshladilar. Yurtdoshlarimiz tomonidan ham oziq-ovqat va dori-darmonlar uchun mablagʻ yigʻildi. Shu bilan bir qatorda, Milliy gvardiya vakillari dori-darmon va oziq-ovqatlar keltirishdi, veterinariya shifokorlari Toshkent sirki va hayvonot bogʻi klinikalaridagi hamkasblari bilan birgalikda otlarni davolashga hamda zaif tulporlar uchun parhez rejasini tuzishga yordam berishdi.

Ayni vaqtda Milliy gvardiya va Toshkent shahar IIB tomonidan mazkur vaziyat oʻrganilmoqda. Materiallar toʻplanib, tergov oldidan tekshiruv tayinlandi.

Tergov natijalariga koʻra, hayvonlarga nisbatan shafqatsizlikda aybdor deb topilgan shaxslarga qonuniy choralar koʻriladi.


Report Page