Hayotiy Voqea
Abbos Azizov
Yakshanba kuni ertalab Nyu-Yorkda metroda ketayotgan edim. Odamlar jim o'tirar, gazeta o'qiydilar yoki ko'zlarini yumib dam olishardi. Bu tinch holat edi. Keyin bir erkak va uning bolalari metro vagoniga kirishdi. Erkak mening yonimga o'tirdi va huddi befarq insonga oxshab uzining baqirayotgan bolalariga nazar ham solmadi, ular narsalarni yerga tashab, hatto odamlarning kitob yo gazetalarini tortib olgan bolalariga ham befarq edi.
Men uning bu qadar befarq bo'lishi mumkinligiga ishonmasdim. Oxir-oqibat, o‘zimga g‘ayrioddiy sabr-toqat bilan o‘girilib dedim:
“Janob, sizning bolalaringiz odamlarni bezovta qilmoqda , ozgina bolsa ham qarab tursangiz bolarmidi?"
Erkak bu holatni birinchi marta ko'rgandek nigohini ko'tardi.
"Oh, siz haqsiz," dedi u ohista, "Rostdan ham nimadur qilmasam bolmaydi shekilli.
Hozirgina shifoxonadan keldik va menga Onasi vafot etganini aytishgan edi
Men nima qilishimni va bolalarimga qanday buni aytishimni bilmayamman “ dedi u manga.
To'satdan men hamma narsani boshqacha ko'rdim. Va men boshqacha ko'rganim uchun, men boshqacha his qildim. Men boshqacha yo'l tutdim. Mening g'azabim yo'qoldi. Men o'z munosabatimni yoki xatti-harakatlarimni nazorat qilish haqida tashvishlanishim shart emas edi. Yuragim mehrga to'ldi. “Xotiningiz vafot etdimi? Oh, juda afsusdaman. Bu haqda menga aytib bera olasizmi? Qanday yordam bera olaman?” Hammasi bir zumda o'zgardi.[i]
Bu bolgan voqeadan hulosa shuki yon atrofimmizda har hil hodisalar boladi va bizning munosabatimmiz juda muhim. Ingliz tilida Empathy yani boshqalarni holatini ich ichidan tushinish degani. Shu sifat bizni hayotimmizda juda ham muhim orin egallaydi. Toki biz boshqalarni dardini tushinishni ularga nisbatan mehribon va qay uradigan bolmas ekanmiz inson degan ulug maqomga hiyonat qilgan bolamiz.