Hayotingizni o'zgartiradigan 2 daqiqa

Hayotingizni o'zgartiradigan 2 daqiqa

Beruniy.Net

Bizga baxtli bo'lishni o'rgatadigan kitob va maqolalar talaygina. Biroq ularni o'qish uchun ko'p vaqt talab etiladi. Ushbu maqolani o'qish uchun esa bir necha daqiqa ketadi, biroq uning samarasi hayratlanarli.

Baxt

Baxtsizman. Hayotingizdagi biror narsani o'zgartiring. Yoki o'zingizni o'zgartiring.

Nimani o'zgartirishim kerak? Istalgan narsani. Birortasini tanlang va harakat qilishni boshlang.

Boshim aylanyapti. Chuqur nafas oling. Dastlab nazorat qilish imkoni bo'lgan narsadan boshlang.

Balki pulim ko'proq bo'lsa, o'zimni baxtliroq his qilarman. Ha, biroq qaysidir darajada.

Puldan ham muhim narsa bormi? Biz uchun qadrli bo'lgan kishilar bilan o'tkazilgan vaqt. Biz uchun muhim bo'lgan narsalarga sarflangan vaqt. Yodingizda bo'lsin, o'tib ketgan vaqtni ortga qaytarib bo'lmaydi.

Vaqt

Vaqtim hech narsaga yetmaydi. Demak, ustuvorliklar noto'g'ri belgilangan.

Biroq ulgurish kerak bo'lgan ishlar shu darajada ko'pki. Kamroq vazifani bajaring. Ko'proq “yo'q”deng.

Biroq bajarishga majburman... Agar biror taklifga darhol “Ha, albatta!” deb javob bergingiz kelmasa, “Yo'q” deng.

Biroq agar “Yo'q” desam xafa bo'lishlari mumkin. Bu sizga taalluqli emas. Irodangizga qarshi borgandan ko'ra rad etish yaxshiroq.

Biroq hozir ayni payti emas. Ayni paytning o'zi hech qachon bo'lmaydi. Agar doim kutsangiz, hech narsa qilolmaysiz. Keyin esa oldinroq boshlamagan ekanman, deya o'zingizni ayblaysiz.

Munosabatlar

O'zgalarda qanday qilib yaxshi taassurot uyg'otish mumkin? Ko'zlariga boqing. Tabassum qiling. Asta-sekinlik bilan gapiring.O'zingizga ishoning. Tartibli kiyining. 

Uni uchrashuvga taklif qilsam bo'larmikan? Ha. 

Agar rad etsa, nima bo'ladi? Hech narsa yo'qotmaysiz, biroq buni amalga oshirmaganingiz uchun keyin o'zingizni ayblaysiz.

Nima deyman? Salom, sen juda chiroyli, qiziqarli insonsan. Mening ismim... Seni bir finjon qahva bilan mehmon qilsam bo'ladimi?

Munosabatlarimiz murakkab. Ajraling.

Biroq bundan yaxshiroq insonni uchratmasam nima bo'ladi? Ertaga sizni avtobus urib yuborsa nima bo'ladi?

Meni tashlab ketishdi, yuragim tilka-pora bo'ldi. Biroq hali ham urishda davom etmoqda. Demak, hali hamma narsa yo'qotilgani yo'q.

Endi nima qilish kerak?

Bularning bari shu qadar mushkulki. Bilamiz! Agar bari shu qadar oson bo'lganida, siz allaqachon baxtli bo'lardingiz.

Biroq qo'limdan kelmaydi... O'zingizni bu kabi fikrlar bilan cheklashni bas qiling. Biror narsani bajarib ko'rmaguncha uning uddasidan chiqa olmaysiz.

Bularning bari menga baribir yordam bermaydi. Hozir qanday yashayotgan bo'lsangiz, ana shunday yashashda davom eting.

Men o'zimning hozirgi hayotimdan noroziman. Agar doimiy ravishda bir xil ish qilinsa, natija ham o'zgarmay qolaveradi. Biz yo rivojlanamiz va o'zgaramiz, yoki o'lamiz.

Qachon boshlash kerak? Hozirning o'zida.

@BeruniyNet obuna bo'ling


Report Page