Hayotimizni yanada yengillashtiramiz...

Hayotimizni yanada yengillashtiramiz...

Kamol To'xtayev

Hammaga salom!!! 

Sizlarni bilmadimu, lekin men qiyin sharoitlar ichida yengil hayot qidirib yashayman. O‘zimga og‘ir hayot yo‘lini ravo ko‘rmayman. Shunday ekan menday fikrlaydiganlar ham bor deb o‘ylayman. O‘z maqsadini uzoq o‘ylab o‘tirmasdan ishga aql bilan yondoshib, yengilgina bajarish kerak. Albatta sifatli. Hozir men sizlarga hayotimda ba‘zi masalalarga qanday-qilib osonlik bilan hal qilishimni tushuntirib beraman... 

Diqqat: Buni men o‘zim shaxsiy hayotimda qo‘llagan ishlarimdan parcha aytib beraman. Hech qaysi saytdan foydalanilmagan. Ba‘zi layfhacklarni biror saytda uchratsangiz bu albatta - Tasodif.... 

Demak boshladim. 

1.Videolarni hech qanday dasturlarsiz va hatto ba‘zibir java telefonlarida ham mp3ga aylantirishning eng oson yo‘li: videoni ustiga bosib nom o‘zgartish bo‘limiga korasiz. Video nomining oxirida videformati keltirilgan bo‘ladi. Misol uchun: .mp4 - shuni mp3 qilib o‘zgartirib qo‘yasiz va video mp3 formatga aylanadi. 

2. Aimp plerga biror bir videoning musiqa yoki qo‘shig‘i yoqib qolsa + bilan mp3 qilib eshitishingiz mumkin. Lekin ba’zi formatli videolar import bo‘lmaydi. O‘shalarning formatini mp4 qilib nomini o‘zgartirish orqali import qilsangiz bo‘ladi. 

3. Youtube yoki boshqa saytlardan narsalar yuklash qiyinmi siz uchun. Unda uc mini browserini o‘rnatib oling. U youtubedagi biror videoga kirsangiz yuklab olaymi deb so‘raydi. 

4. Menda bitta muammo bor shu qanday-qilib.uz saytiga har xil browserdan kiraman. Lekin ba’zi browserlarda maslahat berish bo‘limi va yana bir nechta bo‘limlar chiqmaydi. Boshqalarida chiqsa ham ishlatishning iloji bo‘lmaydi. Bu internet pastligidan bo‘lmasa browserlarning xatoligidan bo‘lishi mumkin. Agar menga o‘xshab shu masalada qiynalayotganlar bo‘lsa buni yechimini topdim. Maslahat berish bo‘limi ko‘rsatiladigan browserga kiring va o‘sha bo‘limni ssilkasinidan nusxa oling. Keyin narigi browserga o‘tib addresga ssilkani qidirtiring. Shunda o‘sha browserda ham maslahat berish bo‘limi paydo bo‘ladi. Bu narsa boshqa joylarda ham qo‘l keladi. 

5. Uzoq vaqt naushnik ovozini baland qilib musiqa eshtganingizdan so‘ng qulog‘ingiz shovqillanib qoldimi? Unda burningizni mahkam qisib burningizdan havo chiqarishga harakat qiling :) . To‘g‘ri juda g‘alati, lekin ilojsiz paytda qo‘l keladi. 

6. Sizda doim ham internet bo‘lavermaydimi? Unda internetga ulangan vaqtingiz qiziqarli maqolalarni browseringizga saqlab oling. Offline paytida mazza qilib o‘qib chiqasiz. Har holda zerikish bo‘lmaydi. 

7. Ko‘p yugurib nafasingiz tiqilib biqiningizga sanchiq turib qoldimi? Unda yugurish rejimiga rioya qiling. Ya‘ni birinchi oyoqni ko‘targan payt chuqur nafas olib, tushurgan paytingiz nafas chiqaring. Shunda qorinda sanchiq turib qolmaydi. Nafasingiz tiqilgan paytda esa tezlik bilan bitta qattiq hayqiring shunda sal yengil tortasiz... 

8. Bunisi talabalar uchun lekin kattalarga ham yoqadi :) 

Menga o‘xshagan gigiyenachilar uchun. :) O‘qishga 1-2 soat qoldi. Oq ko‘ylakning yoqasi sal kir bo‘lgan. Aksiga olib buni yuvishga hech kimning vaqti bo‘lmagan. 

Umda kopikli suvda oppoq latani xo‘llab, keyin oq ko‘ylak yoqasini yaxshilab arting. Ko‘p o‘tmay quridi va siz oppoq bola bo‘lib o‘qishga ketaverasiz :) 

9. Agar kompyuteringiz stol kompyuteri bo‘lsa va siz uni hayotini uzaytirishni xohlasangiz unda keysning teshikchalariga filtrlar o‘rnatib qo‘ying. Filtrlar qanday bo‘ladi? 

Oddiy salfetkani bir qavat qilib keysning havo kiruvchi manbasining kattaligiga moslab qirqing va yopishtirib qo‘ying. Shunda havo kiraveradi lekin chang kirmaydi.... 

10. Agar siz mustahkam hayot qurishni istasangiz unda hayotingizning eng mayda to‘siqlarini ham aql kuchi yordamida yengishga harakat qiling. Keyin shu to‘siq katta muammoga aylanishi mumkin. Hamma narsaga jiddiy yondoshishni odat qiling... Va albatta maslahatlarimga quloq soling :) 

Agar sizga bu maslahatlar yoqqan bo‘lsa davomini ham albtatta sizlar bilan baham ko‘raman. Bundan tashqari hali aancha qiziqarli oddiy yechimlar mavjud.....

Report Page