""Hayot davomida o'qish" loyihasi dorasida seminar trening"

""Hayot davomida o'qish" loyihasi dorasida seminar trening"

Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi

Joriy yilning 26- aprel kuni Muzrabot tuman Axborot -kutubxona markazida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida  “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Hayot davomida oʻqish” loyihasi doirasida seminar trening tashkil etildi. Unda viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Z.To‘rayev, viloyat, tumanlar axborot-kutubxona markazlari rahbarlari, mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Surxandaryo viloyatida Adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat, 13 ta tumanda bittadan axborot-kutubxona markazi faoliyat yuritayotgan bo‘lib, xodimlar kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish, fondlarni to‘ldirish va saqlash, mutolaa madaniyatini oshirish va targ‘ib qilish bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Seminarda axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatish uchun sifat jihatidan qulay sharoitlar yaratish, o‘z axborot-resurslarini yaratish va sifatli to‘ldirib borish masalalarida so‘z yuritildi. Kitobsevar millat” umummilliy g’oyasini ro’yobga chiqarish masalasi kun tartibiga qo’yilgani juda muhim.O‘zaro tajriba almashish, kutubxonachilarning amaliy ko‘nikmasi va kasbiy mahoratini yanada oshirishga oid taqdimotlar o‘tkazildi.

  Shu ma’noda, kelgusida dunyo miqyosida kitobsevar millat bo’lishimizga ishonchimiz bisyor. Chunki biz – buyuk davlat, buyuk tarix, buyuk madaniyat yaratgan xalqmiz.

Bir so’z bilan aytganda, yoshlarimizning kitob mutolaasi orqali nafaqat bilim olib, dunyoqarashini munosib shakllantirishi, ayni chog’da, intellektual salohiyatini ham oshirib borishi Yangi O’zbekiston taraqqiyotida, hyech shubhasiz, o’z o’rni va ahamiyatini yaqqol namoyon etadi.  

Seminar so'ngida barcha ishtirokchilar Axborot-kutubxona markazi fondi bilan tanishishdilar.



Report Page