Hayirli kech azizlar🙋‍♂

Hayirli kech azizlar🙋‍♂

mirzo_d


Juda uzun "progul" uchun uzr so'rayman😕, buning sababi instituimizda SESSIYA boshlandi, shuning uchun, bo'sh vaqt juda ham kam😫.


Bugungi kun kechinmalari bilan sizlar bilan bo'lishmoqchiman🌚. 


Biznes sohasiga aloqador odamlar bu sohada tanishlar doirasi eng asosiy narsa ekanini yaxshi bilishadi🔅.


Bugun bir nechta odamlar bilan tanishdim. Bulardan birinchisi Muxriddin aka, kreativ fikrlashga ega odam ekan🧠. U bilan agentligimizda olib borilayotgan loyihalar borasida suhbatlashdik👀. 


So'ngra mijozimiz bilan uchrashuv belgilandi. Barchasi ishbilarmon odamlar. Muhiddin aka bilan rejalashtirilgan loyihalar bilan bo'lishdik. Ikkala uchrashuvda ham ko'plab g'oyalar muhokama qilindi. Bundan o'zimga kerakli juda ko'p ma'lumot oldim🤗.


Bu bilan nima demoqchiman? Shuni yetkazmoqchimanki, siz ishbilarmon odamlar qurshovidaligingizda haqiqatdan "kayp qilasiz"😂, motivatsiya olasiz va hali oldinda o'rganiladigan, qo'llab ko'radigan ko'p narsa borligini anglab yetasiz, bu esa biznesda hal qiluvchi o'ringa ega. Boshqalar qilgan xatolardan o'rganib tajriba orttirasiz va, eng asosisi, o'zingiz uchun hech bir kitobda yozilmagan amaliy bilimlar olasiz📚.


Biznes sohasida rivojlanishni istagan odamlarga o'zim bugun amin bo'lgan bir haqiqatni aytmoqchiman. Heh qachon o'sishdan, o'qib o'rganishdan aslo to'xtamang! Biznesingiz sining shaxs kabi rivojlanishingizga proporsional ravishda o'sadi☝️.


Siz so'nggi 24 soatni nimaga sarfladingiz, sharh qoldiring.

Report Page