Havodan yonilg'i olishning yo'li topildi!

Havodan yonilg'i olishning yo'li topildi!

Qobiljon

Shveytsariya va Germaniya olimlari quyosh energiyasidan foydalangan holda havodan yonilg'i olishga mo'ljallangan sinov qurilmanisini yaratishdi. 

Qurilma uch qismdan tuzilgan - havoni yig'uvchi moslama, quyosh nuri yig'uvchi va yo'naltiruvchi moslama hamda gazni suyuqlikka aylantirib beruvchi moslama.

Birinchi moslama havodagi suv va karbonat angidrid gazini ajratib oladi va uni ikki moslamaga yuboradi. Ikkinchi moslama o'z reaktori orqali suv va karbonat angidrid gazini yorug'lik nuri yordamida uglerod monooksidi va vodorodga aylantiradi. Bu aralashma esa uchunchi moslama yordamida suyuq uglerod holatiga, ya'ni, kerosin yoki metanolga keltiriladi. 

Sinov qurilmasi istalgan ob-havoda ishlashi mumkin, lekining uning samaradorligi ayni vaqtda juda past - 7 soatda u bor-yo'g'i 32 millilirt metanol ishlab chiqargan, xolos.

Agarda qurilma ustida ishlar davom etsa va u takomillashtirilsa, kelajakda insoniyat havodan pul qiladi! 


Report Page