Hatred Flame
Mikasa
1 - qism. Hatred Flame - Nafrat olovi
Pov Yona

Tungi Soat 2.
Soat chiqillashi. Tungi chiroq. Deraza ochiq. Mayin shabboda esadi. Esayotgan shabboda ochiq derazadan kirib qizni sochlarini uchiradi. Bo'yinga tushib turgan sochlar esa qizni asabiga tegib qitiqlaydi.....
Dars qilayotgan qiz ruchkasini mahkam siqib olgan holda bir nimalarni yozardi. Qoshlari chimirilgan. Tishlari zichlangan. Ora orada uh tortib qoʻyardi. Ertangi kunda bo'ladigan imtixonga 5 soatdan buyon tayyorlanayotgan qiz charchagan boʻlsada oʻzini tetik tutishga harakat qilayotgandi.
Kuz fasli boʻlgani sabab tungi sovuq kirib qolgan. Kunduzi esa huddi yoz kabi jazirama issiq edi.
Kunduzi maktabdan to'garaklarga, to'garakdan keyin ishga, ishdan keyin uyga kelgan Yona, kechki ovqat qilmay yana darsga yopishgani sabab ora orada qorni g'uldirardi. Oldiga qoʻyib olgan qora qaxvasidan ho'plab qoʻyar ekan, ko'zlari yumilay derdi.
- Charchadim! - qiz koʻzlarini qattiq yumib ochdi. Zarda bilan qoʻlidagi ruchkasini dars stol chetiga otdida, boshini ortga tashlab yana koʻzlarini yumdi
*Onamni majburiyatiga koʻra boshqa maktabga koʻchdim. Aslida eski maktabimda oʻqiymanmi yoki shu yerdami menga qiziqmas edi. Sababi eski maktabimda doʻstlarim ham boʻlmagan. Doim yolgʻiz oʻzim vaqtimni o'tkazib kelganman, aslida ayni mana shu ham menga eng maʼqul keladigan narsa. Umid qilamanki bu yangi maktabda ham hayotim doimgidek oddiy va tinch sokin oʻtadi. Hech kimni bezovtaliklarsiz.
Ertaga imtixon...Barchasidan charchadim..Imtixonlar nima uchun kerak oʻzi? Oʻz bilimimizni sinaymiz. Yaxshi bilim ololmaganlar doimgidek yil oxirida sinfdan sinfga qolib ketadi.. Ular faqatgina bizni hayotimizni qisqarishiga sababchi bo'lyapti holos. Judayam achinarli..bir o'quvchi jon jaxti bilan o'qisa harakat qilsa lekin imtixondan hayajon sabab yiqilsa nima boʻladi? Misol deylik universitetga harakat qilgan o'sha oʻquvchi uchun bir yil butunlay koʻz oʻngidan oʻtadi. Bir yil chekkan qancha mashaqqatlar...Ehhh
Doimgidek oʻzimdan aqlli insonni yasagan holda oʻzim bilan oʻzim fikr almashdim...Karavotim tepasida turgan soatga qaradim. Allaqachon 2:37... Ko'zlarim daxshatli darajada achishyapti. Uyqu sabab. Bazigi olimlar aytishicha:Inson qancha kech uhlasa shuncha umri qisqarib boraverar ekan.
Demak! Ertaga o'lasan YONA
*
~Ertasi kun~
Boshim achishib og'rirdi. Zoʻrgʻa oʻrnimdan turib tashqariga chiqdim. Bugungi imtixonni o'ylaganim sari asabiylashib ketardim. Biz xovlili uyda yashaymiz. Oʻrta xol oilamiz deb ayta olaman. Balki undan kamroq lekin yeb ichishimizdan hech qachon nolimayman.
- Uyg'ondingmi? - Endigina rakvina yoniga kelib yuz qoʻlimni yuvar ekanman onam baland ovozda zarda bilan dedi. Achig'i chiqqani aniq. Hozir doimgidek bir soʻzni takrorlaydi.
1.
2..
3...
- Qiz degan ertaroq turib maktabga ketguningcha uylarni tozalab, hammaga nonushta tayyorlashing kerak sen aslida! - Tahmin qilganimdek oʻsha doimiy gaplar yana takrorlanarkan, oʻz oʻzidan yuzimga ahmoqona jilmayish yugurdi. Ah yoʻq Yona. Jinni boʻlma nega iljayyapsan oʻzi?!
- Hey senga gapiryapman! - onam eshik yonidagi panjara oldiga turib olib menga zarda qilardi. Yuzimni tez tez yuvdimda, hoʻl yuzim bilan onamga qaradim
- Ona kech uhlaganim sabab erta turolmayapman axir.
- Menga bahonang kerak emas. Vaqtni taqsimlasang dars qilish kerak deb cho'zilib yurmaysan. Ish buyursam nuqul shu darsni tiqishtirasan sen qiz! - Onamning doʻq po'pisali harakatlarni jim kuzatib, tikilib turar ekanman, uni chiroyli ekanini angladim. U meni so'kmoqda lekin men unga tikilib turibman huddi ahmoqlardek. Onam yana nimadirlar dedida oshxonaga kirib ketdi.
Xonamga kirib shkafdan formamni olib divanga tashladim. Dangasaligim sabab hatto yuzimni sochiqqa artib oʻtirmay, oynaga qarab koʻylagimni etagiga artdim. Kim meni koʻradi? Hech kim Yona yuzini ko'ylagini etagiga artayotgan ekan deb aytmaydi.
18 yoshdan oʻtgan bo'lsam ham shu kungacha hech qachon pardoz qilmaganman. Onam ham aslida bunga qarshi. Sinfdosh qizlarni yonida oʻzimni huddi yosh boladek his qilardim.
Ustimga formamni kiygach, ko'zoynagimni taqib, sumkamni yonimga ilib tashqariga chiqdim.
- Ona men ketdim - Darvoza yoniga yetib qolar ekanman, baland ovozda uy tomon qarab baqirdim.
- Nonushta qilmaysanmi? - uy ichidan yugurib chiqqan onam havotir bilan dedi - Qorning och boʻlsa, yoningda puling bormi?
- Ha bor - shoshilgancha bosh silkidim
- Qancha?
- Ona havotir olmang - majburan jilmaydim - Biror nima olishga yetadi
- Mayli yaxshi borib kel. Bugun maktabda birinchi kuning. Imtihonni yaxshi topshir. Yuzimni yerga qaratib sharmanda qilma meni
- Hoʻp - yana bosh chayqab qoʻydimda, darvozadan otilib chiqib ketdim.
*
Maktabda yangiligim sabab menga gʻalati nigohlar bilan qarashardi. Baʼzida bunday olomonni ichida oʻzimni daxshatli darajada yomon his qilaman. Menga qaratilgan har bitta koʻzlarni yulib olgim keladi. Lekin ahamiyat bermaslikka harakat qilaman.
Karidor boʻylab yangi oʻqituvchim bilan yangi sinfim tomon ketar ekanmiz yuragim dukullab urardi. Hozir xonaga kirsam hammani nigohi menga qaratiladi. Bu juda yoqimsiz narsa
Xonaga kirishimizgayoq o'ylaganimdek har xil begona odamlarning oʻch nigohlari menga qaratildi. Huddi odam koʻrmaganga oʻxshaydi! Yoqimsiz! Bir ikkitasini ming'irlab visirlagani ham qulog'imga chalindi
- Bugun sinfimizga yangi oʻquvchi keldi - dedi ustoz meni koʻrsatib, men esa biroz bosh silkib qoʻydim. - Ismi Park Yona. Hammangiz chiqishib ketasiz degan umiddaman.
- Ustoz bugun imtixon boʻladimi? - dedi oʻrta partada oʻtirgan qiz menga uncha parvo qilmay. Ayni mana shu harakatini menga yoqdi. Men esa koʻzlarimni partalarga yugurtirib boʻsh joy istash bilan band edim.
Doimgidek deraza tarafdagi oxirgacha parta boʻsh ekan. Xursand boʻlib ketdim. Eʼtibor markazidan chetda umid qilamanki hech kim halatiq bermaydi. O'qituvchim sinfdosh qizga javob berib boʻlgach menga oʻtirishni imladi. Oʻtirib boʻlganimdan soʻng oʻqituvchi gap boshladi.
- Qadrli oʻquvchilar bugun imtixon, albatta, savollar qiyin lekin Taehyung - ayol eshik tarafdagi qatordagi soʻngi partada oʻtirgan bolaga qaradi, joyimiz bir xil ekan men ham yon tarafimga qaradim - Birinchilikni hech kimga berib qoʻyma - o'qituvchim jilmaydi.
- Ustoz yoshi bizdan 2 yosh katta boʻlgandan keyin bundan nima kutish kerak - Taehyungdan keyingi partada oʻtirgan yigit shikoyatomuz gapirib kuldi.
- Oʻchir ovozingni - Taehyung stulida keng suyanib oʻtirar ekan qarshisidagi yigitdan koʻz uzmay hammaga eshitilarli ovozda visirladi, menimcha yigitni bu gapi uni achig'ini chiqardi.
- Haqiqat bu - yigit ortidagi bolaga qarab iljaydi. - Yoki yolgʻonmi? Axir sen allaqachon 2 yil avval maktabni bitirishing kerak edi lekin maktabga kechikib kirgansan. Bilasanmi nima? Seni miyang biznikidan ancha yaxshiroq ishlashini asosiy masalasi ham shunda. Sen 20 yoshsan biz esa 18.
Bu gaplarga Taehyung degan yigit pinagini ham buzmadi. Shunchaki uni gaplarini beparvo tinglar ekan miyigʻida kulib qoʻygach hotirjam stuldan qaddini rostlab oʻtirdi,
- Bu seni muommoying - Oldidagi yigit tomon gavdasini biroz yaqinlashtirib soʻng koʻzlariga qaradi - Men bilan teng boʻlish uchun ertaroq tug'ilishing kerak edi. Oh yoʻq adashdim - Yanada lab chetida kuldi Taehyung - Aslida bu seni aybing emas. Ota - onangdan hafa boʻl. Ertaroq harakat qilishlari kerak edi.
Oldinda oʻtirgan bola bu gaplardan keyin javob qaytargani gap topolmay lablari jingalak boʻlib ketdi. Taehyung esa yana mamnuniyat bilan stuliga suyanib ustozga qaradi.
- Taehyung bas qil - dedi ustoz bu safar gʻazab bilan - Sinfdoshlar bilan undoy muomalada boʻlma.
- Kechirasiz ustoz - Taehyung bosh chayqab qoʻydi.
Agar men ustozni oʻrnida boʻlganimda bu oʻynoqi yigitga tanbex berib oʻtirmay, toʻgʻri borib yuziga tarsaki tushurar edim.
Birozdan soʻng test boshlandi. Hamma bir biriga visirlab koʻchirishni boshlashdi. Men ularga ahamiyat bermay oʻz ishimni boshladim. Ochigʻini aytganda test uncha qiyin emas ekan. Osonlikcha yechib tugatdim.
- Taehyung - meni yonimdagi bola Taehyungni past ovozda chaqirdi - 18 savolga nima deb belgilading.
Taehyung yigitga ensa qotirgancha qaradida ogʻiz ochib A* dedi. Yoʻq boʻlishi mumkin emas, toʻgʻri javob A javob emas edi. Tezlik bilan varog'imga qaradim. Men C* variantni belgilaganman. Yoki bu muttaham yolgʻon gapiryapti yoki oʻzi ham notoʻgʻri belgilagan. Menga nima? Bilganini qilmaydimi?

*
~Ertasi kun~
Sinf xonaga kelsam hali dars boshlanmagan ekan. Yana hammani nigohi menga qaratildi. Ko'zoynagimni to'g'irladimda joyim tomonga bordim. Faqatgina bir qiz menga qaramadi ahamiyat ham bermadi. Kecha ham eʼtibor bermagan edi. Oʻrta qatorning oxirgidan bitta oldingi partada boshini egib oʻtirardi.
- Yeobin uyga vazifangni qilgan boʻlsang menga berib tur - mendan bir parta oldinda oʻtirgan qiz oʻsha qizga qarata baland ovozda dedi.
- Senga kerak narsa. Oʻzing olib ket - qiz boshini koʻtarmay ming'irladi.
Shu payt oʻqituvchi xonaga bostirib kirgach hamma oʻz holatiga qaytdi.
- Bugun sizlarni shok holga soladigan habarlar bor.
- O qanday ekan?
- Imtixon javoblarimi?
- Ustoz men birinchilikni olibmanmi?
- Tinchlaning! - ustoz baland ovoz chiqardi - Ho'sh testdan hamma oʻtgan.
Hamma bir biridan koʻchirgandan keyin barchasi oʻtishidan qanday shubxa qilish mumkin? Bilinar bilinmas ensa qotirdim men ammo ustozning keyin aytgan soʻzi nafaqat meni balki butun sinfni hayratga soldi
- Testda birinchi oʻrinni yangi oʻquvchimiz Park Yona egallagan - ustoz menga qarab jilmaydi. Meni shunchaki ogʻzim biroz ochilib qoldi. Men ham dovdiragancha bosh silkib jilmaydim. Axir bu testga qancha tayyorlangan edim?
Hamma menga havas va hasad aralash qarar ekan. Menga allaqachon yon tarafdan qaratilgan oʻtkir va nafrat aralash nigohlarga duch keldim.

Uning yuzida chinakam gʻazab aks etgandi. Tishlari zichlangan, o'lik koʻzlarini menga biroz asabiy tikib turdida ustozga qarab dedi
- Bu nohaqlik! - Taehyung baland ovoz chiqardi.
- Men hali yakunlab bo'lmadim Taehyung qiziqshma - muloyimlik bilan dedi ustoz - Birinchi oʻrin ikkita. Yani sen va u. Ikkingiz ham hamma savolga toʻgʻri javob bergansiz.
U ham barcha savolga toʻgʻri javob bergan. Shu payt kulgim keldi. Demak kecha yordam soʻragan yigitga atayin notoʻgʻri javob aytgan ekan, qanchalik muttaham.
- Oooo Kim Taehyung ni yengadiganlar ham bor ekanku - Taehyungdan bitta parta oldindagi bola mazah qilgandek kulib qarsak choldi.
- Oʻchir ovozingni - Taehyung yana asabiy visirladi - Ogʻzingga oyog'imni tiqsam pastingdan chiqadi. Uqdingmi? - bu safar u gʻazab sabab yovvoyilashib ketdi. Hayriyatki ustoz bu gaplarni oldindagi g'ala g'ovur sabab eshitmadi.
- Hullas oʻquvchilar barchani tabriklayman. Endi darsga qaytsak. Bundan boshlab yanada oʻqishni kuchaytirish kerak. Oldinda yana imtixonlar bor.
Hamma jimib ustozni tinglar ekan. Men biroz dovdirab qolgandim. Sekin koʻz qirida Taehyungga qaradim. U umuman ustozni eshitmas edi. Stulga suyanib yuzini men tomonga qaratib olgan. Go'yoki menga qoʻrqinchli nigoh bilan tashlanayotgandek edi. Unga qolsa shu vaqtni oʻzida meni mana shu derazadan uloqtirib yuborishi mumkin. Esankirab yuzimni tezlik bilan ustoz tarafga burib oldim.
Shu payt oldimda oʻtirgan qiz men tomonga qarab egildi
- hey isming nima edi - dedi pichirlab.
- Park Yona - dedim men ham yuzimni u tomonga yaqinlatib - Nega soʻrayapsan?
- Kim Taehyungni koʻrdingmi? - qiz yigitga koʻz chetida qarab qoʻyib gapida davom etdi - Seni ogohlantirib aytib qoʻyyapman. U senga gʻalati qarayapti. Menimcha unga yoqmagansan.
- Nima u shunchalik ahmoqmi? - biroz tushinqiramay yuz burishtirdim. - Nima qilibdi yoqmagan boʻlsam?
- Uf namuncha cho'zilding - u jirkib bosh chayqadi - Hullas men senga ogohlantirdim.
Odam degan shunchalar ham gʻalati boʻladimi? Menimcha ikkimiz ham 1 chilikni olganimiz uchun chiday olmayotgandir. Shunga ham jizg'anak boʻladimi? Ahmoq.
...
Darslar tugagach. Hamma sinfdan chiqa boshladi. Men ham narsalarimni yogʻib hech qayerga ahamiyat bermay xonadan chiqdim. Odamlarni ozgina nigohi meni noqulay vaziyatga tushuradi. Karidor boʻylab koʻz oynagimni roʻmolcha bilan artib ketar ekanman boyagi menga gapirgan qiz oldimga yugurib keldi.
- Park Yona - u men toʻxtatdi - Seni matematika ustoz oʻqituvchilar xonasiga chaqiryapti.
- Matematika ustoz? - savolni past ovozda takrorladim men - Nimaga?
- Bilmadim - u atrofga alanglab menga qaradi - Hullas tezroq borishingni aytdi. Bironta muhim vazifasi boʻlsa kerak. Axir sen yaxshi oʻqiysanku.
- Hoʻp - bosh silkib, koʻz oynagimni taqdimda, ortimga qayta boshladim.
Oʻqituvchilar xonasiga yetib kelgach eshikni taqillatmay ochib ichkariga kirdim. Xonaga bir koʻz tashladim. Xona qorongʻu, pardalar esa yopib qoʻyilgan edi. Hech kim yoʻqku! Lanati meni aldadimi?
Shu payt to'satdan ortimdan eshik berkildi. Shiddat bilan eshik tarafga oʻgirildim.

- Ovoz chiqarmay meni jim eshit yovvoyi qizaloq.
Davomi bor...
Muallif - Mikasa
Reaksiya bosamiz🌚✨