Haruki Murakami

Haruki Murakami

Azizullo Temirov

O’zim uchun kashf qilgan yangi yozuvchim - Haruki Murakami.

Haruki Murakami

Yugurish haqida gapirganda, men nima haqida gapiraman - kitobida yozuvchi chorak asrlik yugurish mashg’ulotlari va yozuvchi bo’lgungacha bo’lgan yo’lini yoritib bergan.

What I talk about running when I talk about running

Pastdagi jumlani o’qib turib, atrofimizdagi hodisalarga qanday ko’z bilan qarash o’zimizga va faqat o’zimizga bog’liq ekanini yana bir bor tushunib yetdim.

“Og'riq muqarrar. Azob chekish ixtiyoriydir.”


Hafa yoki xursand bo’lib yashash esa tanlovimiz.


Ba’zi kitoblarni ozroq o’qib zerikasiz, boshqalarini esa bir o’tirishda o’qib tugatishni xohlaysiz.


Ba’zida yozuvchi bilan fikrlaringiz tutash bo’ladi, o’qigan sari huddi siz haqingizda yozayotgandek tuyuladi.


Kitobdan bir shingil:

“Men yolg'iz qolishni yaxshi ko'radigan odamman. Buni aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, men yolg'iz qolishni og'riqli deb bilmaydigan odamman. Menga har kuni bir-ikki soat yolg‘iz yugurish, hech kim bilan gaplashmaslik, shuningdek, ish stolimda to‘rt-besh soat yolg‘iz qolish na qiyin, na zerikarli. Menda yoshligimdan bu tendentsiya bor edi, qachonki tanlash imkoniyati berilganda, men bir o'zim kitob o'qishni, yoki boshqa birov bilan bo'lishdan ko'ra musiqa tinglashni afzal ko'rardim. Men har doim yolg’iz o’zim qiladigan narsalar haqida o'ylardim.”


Qisqa qilib aytganda: O'zbek tiliga tarjima qilinsa, ko'pchilikka foydasi tegadigan kitob ekan.


@azizullotemirov


Report Page