Haroratimni his et🖤
🖤Jeon Lia🖤
Ep_2
Klubning orqa eshigidan chiqib olgan bolakay ortidagi mitti gavdani o'z bo'yi bilan yashirgancha kafe tomon harakatlana boshladi. Klubning orqa tomoniga o'tib olib bo'kkunicha ichkani yetmaganidek bilagiga shprist tiqayotgan erkak boshini ko'tarmay qizaloq va bolakay tomon o'qrayib qaradi. Tae Liani yanada ortiga olib erkakning vahshiy nigohlaridan pana qilib tezda u yerni tark etishdi. Tunda jahannamga aylanadigan Seoul torko'chalari insonni daxshatga solar darajada qo'rqichli tuyular va vahimasi kabi havfli ham edi. Taehyung klub ortidan chiqib olgach yonginasidagi kichikroq kafe eshigi oldiga shoshdi. Lia ham kaftini qo'yib yubormay tortqilayotgan bolakay ortidan ergashdi. Aylanma eshikdan kirgan bolakay stol ustida bemalol shakalad yeb o'tirgan qizga qarab unga yaqinlashdi. Qo'lidagi shakaladni barmoqlari bilan bo'lib og'ziga solayotgan qiz o'zi tengi qizga so'ng uning qo'lidan ushlab turgan Taehyungga qarab iljayib qo'ydi.
Tae> hoy Hei Lyusi hola qani?
Qiz qo'lidagi shakalad qog'ozini stol ustiga qo'yib pastga sakrab tushdi. Yugurib bolaning qarshisiga kelib chuchchi tili bilan unga bidirlay boshladi.
Hei> oyim qayhva qayyatyapti. Menda shichalat boy yeysanmi? U cho'pchina, cheyin u shiyiiiiin!
Qizaloq shakalad surkalib qolgan lablarini shishirib bolaga mahtangandek stol ustiga yana qarab qo'ydi.
Tae> shirinlikni birga yeb turing men Lyusi holadan ovqat olib kelaman.
Tae shoshib ichkari honaga kirib ketti. Lia sekin yonidagi qizga qarab u ham o'ziga qarab turganini ko'rdi. Hei kichkina boshini qiyshaytirib yana jinnicha iljayib qo'ydi.
Hei> shen chimshan?
Lia> Liaman. Senchi?

Hei> Heiiii! Myeen chuchchiman?
Qizaloq o'zining kamchiligini faxr bilan aytar ekan qiqirlab kuldi. Bu Liani ham kuldirib yubordi.
Hei> shichalat yishanmi?

Lia> ha.
Hei yugurib borib stoldan shirinligini olib kelib Lianing qo'liga tutqazdi. Shu payt ichkari hona eshigi ochilib sochlari moviy, yuzi ham oppoq va chetellik ekani yaqqol sezilib turgan ingliz ayol chiqib keldi. Lia sekin qo'lidagi shirinlikni Heining qo'liga qaytarib berdi. Ayol qizaloqlarni ko'rishi bilan sekin yaqinlashib cho'kkalab o'tirdi. Hei hech narsa bo'lmagandek qaytib berilgan shirinlikni yana maroq bilan yeya boshladi. Ayol iliq tabassum bilan Lianing yerga qarab yurgan ko'zlariga tikildi.
Lyusi> ho'sh bugun bizga mehmon kelibdida. Isming nima?
Lia> Lia.
Lyusi> voy buncha shirinsana meni Lyusi hola deyaver, hopmi.
Lia> hop.
Ichkaridan bir qo'lida kimbap, ikkinchisida esa kimchi bilan chiqayotgan Taehyung ovqatlarni kafe zalidagi stollardan biriga joylashtirdi.

Ayol ham o'rnidan turib afitsandlar stoli ostidan yangi, ochilmagan ananas sharbatini olib kelib qo'ydi. Qizaloqlarni ham stol atrofidagi stullarga o'tqazib o'zi tayyorlagan tokbokkini ham dasturxonga tortti. Ishlar bilan ovora bo'lib ovqatlanmagan ayol ham bolalar davrasida birga qorin to'yg'azdi. Liadan 1 yosh kichik Hei tezda qizaloqqa pechakdek yopishib oldi. Ovqatlanish paytida ham tinmay chuchchilanib savollarga ko'mib tashladi. Lyusi bu qizaloq nega olib kelinganini taxmin qilib biroz o'ylanib qoldi. Chunki u Lilining ko'ngli oz-munchaga yumshamasligini ham yaxshi bilardi. Hayollarini yig'ib olgan ayol yana tabassum qilib barcha bilan barobar suhbatlasha boshladi.
Lyusi> bugungi kechki ovqat tekin. Oyingga salomimni yetkazsang bo'ldi.
Ayol Taega qarab jilmayib ishora qildi. Bilakay esa cho'ntagidagi kulga bir qaradiyu yana savol berdi.
Tae> nega? Menda pul yetarli. Oyim bergandi.
Lyusi> buni kichkina mehmonimiz uchun deb qo'ya qolamiz kelishtikmi? Endi esa tezroq klubga qayting oyingiz havotir olib ikki marta qo'ng'iroq qildi.
Tae stoldan tushib Lianing ham tushishiga yordamlashdi. So'ng eshik yoniga yetkach ayolga minnatdorchilik bildirib qizaloqning qo'lidan mahkam tutganicha tashqariga chiqib ketti.
______________
Qo'lidagi mitti paypoqchani quticha ichiga qaytarib solayotgan ayol uni yana yuziga yaqin olib kelib chuqur hidladi. Hozirgina tingan yoshlar yana yig'ilib yuzlarini nam qildi.

So'ng uni quticha ichiga avaylab qo'yib ustini oppoq ro'molcha bilan yopib qo'ydi. Qutichani yotog'i ostiga surib sekin eshik tomon qayrildi. Yotoqxona eshigiga suyanib turgan So'hyuk ayoliga tikilar ekan uning ko'zlarida anchadan beri ko'rmay qo'ygan o'sha hotiralari jonlandi. Ayol eriga beparvolarcha qarab so'ng yotoqning ustiga oyoqlarini chiqarib oldi.
Lili> sen qachondan beri meni poylaydigan bo'lib qolding. Bor tashqarini nazorat qil men charchadim. Bugun sen boshqar.
So'hyuk> balki harakat qilib ko'rarsan. Axir u ham mehrga muhtoj. U xuddi Chaewonga o'xshaydi. Uyatchan va yoqimtoy, shundaymi?
So'hyuk hotirjam qadamlar bilan kelib ayolining yoniga o'tirdi. Lilining ko'zlarida ikkilanish alomatlarini ko'rib uni ko'ndirishga harakat qila boshladi. Ikkala kafti bilan ayolning kaftlaridan tutdi.
So'hyuk> bu qo'lingdan keladi. Senga ishonaman.
Lili> balki...
So'hyuk o'rnidan turib ayolning peshonasidan o'pdi. So'ng eshik oldiga borib uni yopishdan oldin ortiga qayrildi.
So'hyuk> ularni yoningga jo'nataman. Birga uhlat. Taehyung ham hursand bo'ladi.
Eshik yopilgach ayol ustiga yopinchiq yopib yostiqqa boshini qo'ydi. Chamasi o'n daqiqa hona butunlay jimib qoldi. Birozdan so'ng eshik sekin ochilib honaga ikkita kichkina soya tushti. Lili boshini ko'tarib bolalarga tikilib turgach sekin ortga surilib ularga joy bo'shatti.
Lili> bo'sh hona topolmadim. Men bilan yotasiz, keling.
Tae honaga sekin kirib yotoqqa tizzalab chiqdida chekkaroqqa yotti. Lili eshik oldida turib qolgan qizaloqqa tikilar ekan turmush o'rtog'ining gaplari haqiqat ekanini tushundi. U chindanam o'z qizi Chaewonga o'xshab judayam uyatchan. Lilining yuziga beihtiyor tabassum yugurdi. So'ng yonginasiga ishora qilib qizaloqni chaqirdi.
Lili> Lia kelaqol. Tashqari sovuq men bilan birga uhlaysiz.
Qizaloq sekin boshini ko'tarib keyin ichkariga qadam bosdi. Yotoq yoniga kelgach Taehyung uni ko'tarib onasining yonginasiga yotkizib qo'ydi. Lili o'zining ustidagi yumshoq yopinchiq bilan Lianing ham ustini o'rab oldi. Qizaloqni o'zi tomonga surib bag'riga oldi. Lia yetimhonaga tushkanidan beri biror marta his etmagan va sog'ingan ona bag'rini his etti. Qizaloq ham Lilining bag'riga kirib ko'zlarini yumdi. Tae onasi va bir necha soat oldin paydo bo'lgan singlisini kuzatib yotar ekan, kattalarcha fikrlashga o'rgangan bolakay ota-onasi uchun baxtiyor edi. Singlisi Chaewon vafot etganidan beri onasining yo'qolgan tabassumi bugun shu mitti qizaloq sabab qaytib keldi. U bu oilada yo'qolgan baxtni ham qaytarsa ajab emas.
___________________
Palitsiya mahkamasidan chiqqan ayol mashinaga o'tirib yana ko'ryosh to'kishni boshladi. Orqa o'rindiqda o'tirgan Jungkook avval onasiga so'ng mashina oynasidan tashqarida mahkamadagilar bilan tinimsiz bahslashayotgan otasiga tikildi. Ayol yuzini ro'molcha bilan artib telefonini qo'liga oldi.
Seo> alo oyi uydamisiz?
X> .........
Seo> haa shundaymi? Jungkook siznikida turib tursin demoqchi edim. Biz bilan yurib sarson bo'lib ketti.
X> yo'q ..... topa olmayapmiz. Hozirgina mahkamadan chiqtik. Hech qayerda ko'rinmagan emish. Yer yutib yubormaydiku axir. Chaqaloq emas 4 yashar qizku.
Ayol asabiylashib sochlarini barmoqlari bilan tepaga taradi. Chuqur nafas olib chiqargach Jungkookka qarab nim tabassum qildi.
Seo> hop oyi. Agar yangilik bo'lsa albatta habar beraman. Xayr.
Ayol qo'ng'iroqni yakunlagach o'g'liga qarab yana tabassum qildi. Qo'lini cho'zib sochlaridan siladi. So'ng yana oldiga o'girilib erining mashina tomonga kelayotganini ko'rdi. Erkak mashina ro'liga o'tirishi bilan og'ir ho'rsindi. Avval mashina ro'liga so'ng yonida o'tirgan rafiqasiga qaradi.
Seo> nima bo'ldi?
Taewon> barcha hujjatlar yonib ketgani sabab ular Liani yetimxonaga hujjatsiz joylashtirishgan. Lekin aniq dalilli hijjatlarsiz palitsiya qidira olmas ekan, uzog'i 2 hafta tergov bo'ladi. Keyin qidiruv ham to'xtatiladi.
Seo> qanaqasiga? Axir yoshbola yo'qolib ketaveradimi?
Taewon> ularda hozir hech qanday yordam beradigan narsa yo'q. Shu sababli ham yetimxona mudiri oson qutulib ketti.
Jungkook> dada Liani topamizaa?
Taewon> albatta topamiz.
Seo> endi qayerga?
Taewon biroz jim turgach sekin javob berdi.
Taewon> uyga. Baribir hozir bu yerda turishtan foyda yo'q.
Mashina o't olgach mahkama qarshisidan jo'nab ketti. Lekin mahkama eshigidan boshqa Lia haqida hech qanday yangilik olinmadi.
____________
14 yildan so'ng! Kim xonadoni.
Onasidan qochib akasi o'tirgan kreslo ortiga turib olgan qiz ayolning qo'lidagi kecha libosini kiymaslik uchun qo'lidan kelganini qilardi.
Lia> oyiiiiii men buni o'lsam ham kiymayman. Uni kiyganimdan ko'ra yalang'och chiqqanim yaxshi.
Lili> buni qanchaga sotib olganimni bilasanmi? Shunda borasan dedimmi borasan!
Lia> yo'q yaxshisi kechaga bormayman. Yana anavi dugonalaringiz kelin qilaman deb osilib olishadi.
Lili> buni qaraya. Dugonalarimni nimasi yoqmaydi senga? Qani tez mana buni kiyib chiqchi! Asabimni buzaversang ertaga maktabga emas klubga boshqaruvga jo'natib yuboraman.
Tae> qo'ysangizchi oyi. Shundog'am o'tkan safar hamma qizlarni kiyimlarini sotib yuborib o'rniga halat olganimiz yetarli. Bu safar ham ishkal chiqsa dadam uni emas meni jazolashi aniq.
Ayol o'g'lining gaplariga ham etibor bermay mo'ltillab turgan qizga yana takidlab aytti. Qo'lidagi libosni uzun kreslo ustiga tashlab ko'rsatkich barmog'ini Lia tomonga o'qtaldi.
Lili> 5 daqiqada libos ustingda bo'lmasa katta klubni Tae kichigini sen bir hafta boshqarasizlar. Etirozlarni qabul qilmayman.
Taehyung onasining so'ngi gapidan so'ng endi ochmoqchi bo'lgan og'zini yana yumdi. Lia ho'mraygancha yurib kelib kreslodagi libosni oldida o'z honasiga ko'tarildi. 5 daqiqadan so'ng huddi shu libos bilan zinada paydo bo'ldi. Lili honim qizining ustidagi libosga va qizining kichkina va chiroyli qomatiga qarab mamnun jilmaydi.

Lili> ohh mening go'zal farishtam. Sen huddi malikalarga o'xshaysan.
Tae> oyi menimcha u bu kiyim bilan odamlar oldiga chiqmagani ma'qul.
Tae singlisiga tikilib turgach u tashqi odamlarning etiborini qanchalik tez tortishini juda yaxshi sezdi.
Lili> sen aralashma ayollar nima qilishni o'zi biladi. Yaxshisi borib mashinani tayyorla kechki payt ketishimiz uchun tayyor tursin.
Tae onasining qaysarligini bilgani sabab indamay xonani tark etti. Ayol esa ensasini qotirib zinadan tushib kelayotgan qiziga quvonch to'la ko'zlar bilan tikilardi.

Ep<2 ni ham yakunladik azizlarim. Sizlardan reak va fikrlar mendan esa new qism.
Avtor: Jeon Lia