Harbiy xizmatchilarning oila a’zolari “Xon atlas” festivalida bo'lishdi

Harbiy xizmatchilarning oila a’zolari “Xon atlas” festivalida bo'lishdi


Oʻzbek milliy liboslariga mehr uygʻotish va ommalashtirish, zamonaviy kiyinishda oʻzbekona sharm-hayo meʼyorlarini targʻib qilish, oʻzbekona kiyinish madaniyatini yuksaltirish maqsadida poytaxtimizda “Xon atlas” festivali o’tkazilmoqda.

Kuni kecha oilalar bilan ishlash bo’limi katta ofitserlari tomonidan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari "Gulbozor" mahallasida boʻlib oʻtayotgan “Xon atlas” festivaliga olib borildi.

Festival doirasida xon atlasning kelib chiqish tarixi va shakllanish bosqichlari, shuningdek, ushbu milliy matoni ishlab chiqarish texnologiyasi va dizayni haqidagi qiziqarli ma’ruzalar o‘qib eshittirildi.

Report Page