"Harbiy qismda bir kun" vatanparvarlik tadbiri o'tkazildi

"Harbiy qismda bir kun" vatanparvarlik tadbiri o'tkazildi


 Milliy gvardiya harbiy qismida Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining 2-bosqich oʻquvchilari ishtirokida "Harbiy qismda bir kun" vatanparvarlik tadbiri tashkillashtirildi.

Kun tartibiga muvofiq yoshlar bilan boshqarma boshligʻining oʻrinbosari bilan uchrashuvi tashkillashtirilib, unda “Vatanni sevish va uni himoya qilish”, “Buyuk ajdodlarimizga xos mardlik, sadoqat va jasorat fazilatlari”, shuningdek ularning oʻchmas tarixi toʻgʻrisidagi mavzularda ochiq muloqotdagi qizgʻin davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Qurol-aslaha va harbiy texnikalar bilan tanishtirish jarayonida yoshlarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan hayotiy misollar bilan tushunchalar berildi.

Shundan soʻng, oʻquvchilar dala sharoitida chodirlar oʻrnatish orqali harbiy shaharcha barpo etishlari va boʻlinmalarning umumharbiy nizom talablari asosida joylashuvi, shuningdek sutkalik xizmat tashkil etilishi bilan bogʻliq xavfsizlikni taʼminlash masalalari oʻrganishdi.

Boʻlgʻusi ofitserlarga kun davomida olgan bilimlari albatta xizmati davomida as qotishi, shuningdek bu bilimlarni yanada mustahkamlab, Vatanimiz rivojiga oʻz hissasini qoʻshishlariga ishonamiz.



Report Page