Har qanday dasturchi yechishi kerak bo'lgan 3 ta masala (JAVOBLAR)

Har qanday dasturchi yechishi kerak bo'lgan 3 ta masala (JAVOBLAR)

mabrur

1-savolning javobi:

Umumiy holda, to'g'ri yechimlarni quyidagicha yozish mumkin: n + 1, bu erda n - mavjud ranglarning soni. Sandiqda to'rtta rangli paypoq bor. To'g'ri kelmaydiganlarni maksimal soni - agar siz olgan dastlabki to'rtta paypoq boshqacha bo'lsa. Tabiiyki, beshinchisi, qanday bo'lsa ham, avvalgilaridan birining jufti bo'lishi aniq.

2-savolning javobi:

Sariq sakkiz oyoq rost gapirgan.

Xizmatkorlardan biri haqiqatni aytganligini isbotlashga harakat qilamiz. Masalada qolgan uchta sakkizoyoq bir-biri bilan rozi bo'lmagani uchun (bir xil javoblar yo'q), ularning hammasi yolg'ondek.

Endi tekshirishni boshlaymiz. Aytaylik, qizil to'g'ri gapirgan. Shunda uning oyoqlari yoki 6 ta yoki 8 ta (yetti oyoqli xizmatkorlar yolg'onchi). Ikkala variantni ham tekshiramiz: 6 + 7 + 7 + 7 = 27, 8 + 7 + 7 + 7 = 29. Ammo qizil, uning 28 oyog'i borligini da'vo qildi, ya'ni har qanday holatda ham yolg'on gapirdi.

Har bir xizmatkorning so'zlarini xuddi shunday tahlilq qilib, faqat sariq haqiqatni aytdi degan xulosaga keldik.

3-savolning javobi:

Ko'pchilik fikri quyidagicha bo'ladi: shamol yelkanli qayiqqa faqatgina bir tomonga yurishda yordam beradi va teskari yo'nalishda esa xalaqit beradi. Shunday qilib, uning tezligini e'tiborsiz qoldirish ham mumkin. Shunda yelkanli kema 5 daqiqada 2 km suzadi (2 + 3). Ya'ni, uning tezligi daqiqasiga ⅖ km.

Ammo bu xulosa to'g'ri emas, chunki shamol yelkanli qayiqni atigi 2 daqiqa surib, 3 daqiqaga sekinlashtirdi.

Yelkanli qayiq bilan 2 daqiqa ichida 1 km masofani bosib o'tdi, demak, 3 daqiqada u 1,5 kmni bosib o'tishi kerak edi, va shartda aytilganidek, qarama-qarshi yo'nalishda 1 km ni bosib o'tgan.

Shuning uchun, hisoblashda 6 daqiqada 2,5 km tezlikni olishimiz kerak, chunki bu holda biz shartlarni ancha tushunarli qilamiz: shamol qayiqqa bir xil vaqt davomida yordam beradi va xalaqit qladi. Natijada kemaning shamolsiz havoda tezligi 2,5 / 6 ni tashkil qiladi, daqiqasiga 5/12 km.

community.uzbekcoders.uz uchun...

Report Page