Har oyda bir kitob !

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi oʻrtasida kitob oʻqishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘gʻrisida” PQ-9-son qarori ijrosini taʼminlash hamda Romitan tuman Axborot-kutubxona markazida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar yuzasidan yo`l xaritasida belgilab qo`yilgan vazifalarni bajarish maqsadida Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi Romitan tuman bo`linmasi bilan hamkorlikda “Har oyda bir kitob” tanlovi tashkil etildi.

Mazkur tanlovda Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari ishtirok etdilar. Fevfal oyi uchun Asqad Muxtorning “Chinor” asari tanlab olindi. Ishtirokchilar hakamlar tomonidan oqilona baholanib borildi.

Tanlov yakunida go`liblar aniqlanib, Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi Romitan tuman bo`linmasi tomonidan kitoblar jamlamasi hamda Diplom bilan taqdirlandilar. Ushbu tadbir barchaga ko`tarinki ruh bag`ishlagan holda mart oyi kitobi ham saralandi.

Kitob insonni ulug`lovchi nurli yo`l misolidir. Estafeta shaklida boshlangan bu tadbirni barcha tashkilotlarda o`tkazilishiga chorlab qolamiz!





Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi