Har onining haqqini bergan Zot...

Har onining haqqini bergan Zot...

@Taskinkitoblar @Taskinkitob
Mallolm X

Har onining haqqini ado etgan inson haqidagi kitob “Fitrat”

 

Agar uygʻoq bo‘lmasangiz, gazetalar (bugunimizda - media, ijtimoiy tarmoq) sizni mazlumlarni yomon ko‘radigan, zolimlarni yaxshi ko‘radigan qilib qoʻyadi…

 

Senga Xudo yaratgan narsadan nafratlanishni kim

o‘rgatdi?!

 

Eng yaxshi nasihat goʻzal oʻrnak boʻlmoqdir!

 

Qadimgi yunonlar saylovlarda qullarning ishtirok etishini qatʼiyan taqiqlab qoʻyishgandi, boisi Qullar baribir oʻz xoʻjayinlarini saylashardi. Boshqa birovga qul boʻlsam ahvolim bundan-da yomon boʻlishi mumkin deb oʻylaydi va harchand zolim boʻlmasin baribir oʻz xoʻjasiga ovoz beradi!

 


Qullikdan-da yomoni qullik zehniyatiga oʻrganib qolishlikdir!

Hozir qullik bekor qilingan-ku dersiz! Ha! Jismoniy qullik bekor qilingan ammo maʼnaviy qullik qiyomatgacha davom etadi! Bunga asosiy sabab quldorlar emas, qul boʻlishga oʻrganib qolgan qullardir...

 

Baribir bizga qolmaydigan dunyo uchun biz bilan qoladigan gunohlar qilmoqdamiz…

 

Qamoqdalik paytimda o‘qishga qattiq berildim. Mening qachon ko‘rishsa qo‘limda kitob bilan ko‘rishar edi. Yer yuzidagi biror-bir kuch mendan kitobni tortib ololmas edi.

Kitob o‘qish menga ajib eshiklarni ochdi. O‘qishni boshlab, kitob ichidagi maʼnolarni anglab borar ekanman, yangi olamni kashf qila boshladim. Go‘yo kitoblarni hazm qilib borar edim...

  Qamoqxona kutubxonasidan u yerning qonunlari ruxsat berganidan ortiq kitoblarni ola boshladim. Bir kunda o‘n besh soatlab kitob o‘qishga qodir edim.

  Kitob o‘qish mening hayotimni tubdan o‘zgartirib tashladi. Kitob o‘qishdan maqsadim tashkilotimning faoliyatini yaxshilash yoki uni tubdan o‘zgartirish uchun qandaydir guvohnoma olish emas edi. Men faqat fikran tirilishni istar edim xolos!

 

Fitrat

Uning boshi donishmand boshlardan emas, ammo, barcha mamlakat siyosatdonlari kabi nonning qaysi tomoniga saryog‘ surkalganini bilish payida yuradi...

 

Islomni haqorat qilishdan boshqa g‘oyasi bo‘lmaganlar fikrning emas, Islomni haqorat qilish erkinligini xohlamoqdalar!

 

Shunchaki yashash bilan o’limni nima farqi bor?

 

Davlat amaldorlari vaqtini bekor o’tazsa bu davlatda qahramonlar paydo bo’ladi…

 

Hozir hamma sovuq qurol bilan qurollangan. Toshqotgan fikrlar bilan…

 

Har onining haqqini ado etgan inson haqidagi kitob “Fitrat”

 

Propaganda


Muharrirdan kitob haqida:

Avvalo, fitrat nima degan savolga javob izlasak! "Har bir odam bolasi sof Islom fitratida tugʻiladi. Ota-onasi uni musulmon, yo nasroniy, yo yahudiy va yo majusiy etib tarbiya qiladi"- deya marhamat qilinadi hadisi sharifda. Insoniyatning asliy fitrati shunday Islomga moyildir. Bu esa faqat yaratgan- Allohgagina qullik va itoat demak. Shuning uchun ilohiy dinning yagona maslagi, mohiyati mahluqqa emas, Xoliqqa tobelik erur. Kurrayi zaminda yashab oʻtgan jamiki paygʻambarlar odamzotni Robbiga boʻysunib, Uning amrlaridan ogʻmaslikka chaqirganlar. Gʻaddor va beshavqat dunyodagi shaytoniy kuchlar boʻlsa, insonning toza tabiatini bulgʻashga, ruhini majruh qilishga, oʻzini qul, mute, manqurt etish uchun barcha razilliklarga hozir. Dajjolni kutib, shaytondan buyuriq olib, nafs va shahvat vositasi ila harakatlanuvchi baʼzi toʻdalar bani bashardan hurlik, ozodlik va insoniylikni tortib olishga boʻlgan harakatlari hali hamon davom etayotir.

Insonning rangi faqatgina qora boʻlgani uchun tahqirlanishining oʻzi ulkan jinoyat. Biz naqshmizu, naqqoshimiz boʻlmish -Alloh taologa boʻlgan isyon emasmi bu nodonliklar?! Albatta, isyon. Bu kabi jirkanch, qabihliklar butun dunyoga inson huquqlari himoyachisiman deb ogʻiz yirtadigan AQSHda hozirgacha ham kuzatilayotgani bizning zehniyatimizdagi koʻplab fikrlarni oʻzgartirishimizga turtki boʻlmoqda. "Demokratiya elchisi"(export qiladi), "adolat timsoli" sanalmish AQSHda vaziyat shu qadar boʻlsa, unda bu muammolarning yechimi qayerda yoki yoʻqmi? Bor albatta, bu kabi chigalliklarning yechimi faqat Islomdadir. Islomgina insonni inson sifatida ulugʻlashni buyuradi va oʻrgatadi. Buning yorqin misoli: Malik Shahbozning tabarruk Makka-yu, Madinaga qilgan ilk safarida koʻrishimiz mumkin. Muqaddas shaharlar ziyorati uning hayotini tubdan oʻzgartirib yubordi. Oq-qora, sariq-qizil har turli kishilar bilan birga ibodat qilgani, birga uxlagani, ovqatlanganini hikoya qiladi. Inson mukammal, goʻzal suratda yaratilgan mahluqdir va unga berilgan eng oliy neʼmat iymondir!

Kitob adolatsiz jamiyatda adolat izlagan mazmunlardan biri, Amerika musulmonlarining rahbari, XX asrning oʻrtalarida irqiy kamsitishga qarshi umumamerika harakatining rahbari Malkolm X (Al-Malik ash-Shahboz)ning insoniylik va ezgulik uchun olib borgan kurashi haqida. Kitobni oʻqir ekansiz, qanday buyuk neʼmat -iymon bilan sharafli va aziz etilganimizni his etmay iloj yoʻq. Hazrat Navoiy aytganlaridek:

"Menga ne yoru, ne oshiq xavasdir,

Agar men odam oʻlsam ushbu basdir".

 

Kitob 224 sahifa, yumshoq muqovada, 42ming so’m.

Buyurtma berish @TaskinKitob


Mahbublarga ulashing

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

 

(Buyurtma haqida qisqacha: Nashriyotimiz tomonidan nashr qilingan kitoblardan besh dona xarid qilinganda yetkazib berish Toshkent shahar bo’ylab uygacha va viloyat markazlaridagi pochta ofislarigacha tekin yetkaziladi.


Tariflar

3+1

1 Fitrat _ Malkolm X + 2 Safar _ Adam Uzkusa + 3 Tutqun _ Adam Uzkusa = 4 Kesik qanotlar yoki Iymon va huzun hadya qilinadi (ikkisidan birini tanlash mumkin), yetkazish tekin. Shu buyurtmaga qo’shib xarid qilingan har qancha kitob ham tekinga yetkaziladi. (Nechta bo’lishidan qat’iy nazar)

 

4+Tekin yetkazish

Quyidagi kitoblardan to’rttasini xarid qilsangiz yetkazib berish Toshkent shahar bo’ylab va viloyatdagi bts yoki fargo pochta ofislarigacha tekin!

1 Iymon va huzun _ Said Chamlija

2 Kesik qanotlar _ Jubron Xalil

3 Safar _ Adam Uzkusa

4 Jannatga taklifnoma _ Adam Uzkusa

5 Tutqun _ Adam Uzkusa

6 Fitrat _ Malkolm X

7 Muhabbat anatomiyasi _ Muhammad Bo’zdag’

 

Yuqoridagilardan to’rtta kitob buyurtma berilsa ularga qo’shib xarid qilingan kitoblar sonidan qat’iy nazar tekinga yetkaziladi. (Fevral oyi so'nggigacha "Fitrat" kitobi xarid qilinganda sonidan qat'iy nazar yetkazib berish viloyatdagi pochta filiallarigacha tekin!)

 

Buyurtmalar 1 2 kunda yetkaziladi.)))

 

Report Page