"Har haftada bir kitob" tanlovi BDU ning kitobxon yoshlarini o'z safiga chorlaydi

"Har haftada bir kitob" tanlovi BDU ning kitobxon yoshlarini o'z safiga chorlaydi

Taxmina Faxriddinovna


Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida #yangicha_yondashuvda #kitobxon_yoshlar_onlayn_efirda loyihasini @MANAVIYATLIINSONLAR rasmiy kanalida boshlash arafasida. 

Mazkur loyihada nafaqat o‘zbek adabiyoti balki dunyo adabiyoti namoyondalari qalamiga mansub betakror asarlar va ularning hayot faoliyati yuzasidan muloqot va tanlovlar rejalashtirildi. 

  "Har haftada bir kitob" tanlovining kitoblar ro'yxati e'lon qilinadi. Kanal obunachilari hafta uchun kitobni ovoz berish orqali tanlashadi.  Har chorshanba kuni soat 19:00 da asar bo'yicha savollar berib boriladi. Eng ko'p va tezkor javob topgan ishtirokchi g'olib deb topiladi va universitet rahbariyatining estalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.

Kitobxonlar, tayyormisiz?

Aytgancha "Yosh kitobxon"respublika tanlovida qatnashmoqchi bo'lganlar uchun ham bu ajoyib imkoniyat. Negaki, ro'yxatda berilgan asarlar bo'yicha bilimlarni mustahkamlash imkoniyati paydo bo'ladi.


Vaqtni boy bermang. Undan unumli foydalaning. Balki, joriy yilda "Spark" egasi siz bo'larsiz.

Loyiha tashkilotchisi

Filologiya fakulteti talabasi

Taxmina Quziyeva

Report Page