Hanns Zaydel jamg'armasi va Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi
7 may 202Joriy yilning 3-may kuni Hanns Zaydel jamg'armasining Markaziy Osiyodagi loyiha koordinatori Doktor Maks Georg Meier ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi bilan uchrashuv o'tkazilda va uchrashuv davomida o'zaro hamkorlik kelishuvi va 2024 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar moliyaviy rejasi imzolandi.
Uchrashuvda shu bilan birga jamg'armaning O'zbekistondagi vakolatxonasi ofis rahbari Javhar Dustov, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori Mirzohid Ubaydullayev ishtirok etdi. Uchrashuvda mahalla instituti sohasida uzoq tajribaga ega Bavariya tajribasini O'zbekistonda tadbiq etish va shu bo'yicha turli masalalarda hamkorlikni yo'lga qo'yish masalasi muhokama qilindi. Qolaversa mahalla sohasini isloh qilish, mahallani rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va tadqiqot o'tkazish masalalari ham kun tartibidan joy oldi. Janob Meier Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida ushbu mavzuda tayyorlangan tadqiqot namunasini taqdim etdi va shu kabi loyihalarni O'zbekistonda ham tadbiq etish taklifi berildi. "Ijtimoiy sohada amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar ko'p va bu soha hech qachon e'tibordan chetda qolmasligi kerak", deydi janob Meier. Agentlik direktori M. Ubaydullayev mahallalarda ko'ngillilar faoliyatini yo'lga qo'yish masalasida strategik reja muhim o'rin egallashini ta'kidlab o'tdi va ushbu masalada Bavariya tajribasini yurtimizda tadbiq etish bo'yicha amaliy hamkorlikni taklif etdi. Uchrashuv qizg'in bahs-munozaralarga boy o'tdi va uchrashuv so'ngida istiqbolli rejalar yuzasidan ikki taraflama hamkorlik kelishuvi va moliyaviy reja imzolandi.