Handong Global universiteti prezidenti Dosung Philip Choi bilan uchrashuv

Handong Global universiteti prezidenti Dosung Philip Choi bilan uchrashuv

GraduateSchoolPress

Joriy yilning 27-iyun sanasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktorining birinchi o‘rinbosari Bobur Abdinazarov Handong Global universiteti prezidenti Dosoung Philip Choi boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda, Ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi rahbari Borixon G‘anixodjayev, Korporativ boshqaruv nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professori Dilmurod Suyunov hamda Handong Global universiteti directori Jinvon An, Sogan universiteti menejment maktabi professori Yon Sok Park, Handong Global universiteti tadqiqotchisi Seona Djoarlar ishtirok etdilar.

Muhokama davomida, “Yashil” iqtisodiyot sohasidagi qo‘shma dasturlar va loyihalar bo‘yicha hamkorlik, qo‘shma tadqiqot dasturlarini tashkil etish, shu bilan birga, o‘qituvchilar va talabalar uchun almashinuv dasturlari uchrashuv ishtirokchilari diqqat markazida bo‘ldi.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va yanada kengaytirishga kelishib oldilar.


Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi 

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi 


Report Page