Hamshira o'z ish o'rnini qaytarib oldi
#Adliya_aralashgach
G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 45-sonli Yorg‘unchi qishloq oilaviy poliklinika hamshirasi Davlatova Ug‘iloy Maxmud-qizi tuman adliya bo’limiga mehnat munosabatlari buzilganligidan shikoyat qilib boradi. Fuqaro Ug’iloy Davlatova tug‘riq ta’tiliga 0.5 stavka bilan chiqqanligi, biroq tug‘riq ta’tilidan qaytgandan so‘ng 0.25 stavka barilganligidan norozi bo‘lib yozgan arizasi yuzasidan tuman adliya bo'limi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish jarayonida, G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining 2020 yildagi buyrug'iga asosan U.Davlatova “G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 45-sonli Yorg‘unchi qishloq oilaviy poliklinikasida 0,5 stavka patronaj hamshirasi vazifasiga ishga qabul qilingan, .2022 yilda homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilgan.
Biroq, fuqaroning roziligisiz “Bola parvarish ta’tilidan keyin ishga qaytish to‘g‘risida”gi buyruq bilan 0.25 stavka patronaj hamshira vazifasiga ishga qaytarilgan.
Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 234-moddasida Bolani parvarishlash ta’tillari davrida ayolning ish oyi (lavozimi) saqlanishi belgilab qo‘yilgan.
Bundan tashqari, U.Davlatova 2022 yilda “Homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga berish to‘g‘risida”gi buyrug‘i bilan 70 kalendar kunidan iborat xomiladorlik va 56 ish kunidan iborat tug‘ish ta’tili berilgan bo‘lsada, unga homiladorlik va tug‘ish ta’tili uchun hisoblangan 2 700 000 so‘m to‘lab berilmagan.
Adliya aralashgach: U.Davlatovaga homiladorlik va tug‘ish ta’tili uchun hisoblangan 2 700 000 so‘m to‘lab berildi hamda 0.5 stavka ish o'rni tiklandi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati