Hamrayev Doniyor

2010-yili 9-sinfligida Respublika fan olimpiadasining III-bosqichida Buxoro viloyatida I-darajali diplom bilan taqdirlangan.
2010-yili Qorako`l tumanida joylashgan 52-IDUMIni (Hozirgi Xalqaro Matematika Maktabi) qizil shahodatnoma bilan tugatib, Qorako`l akademik litseyiga imtihonlarsiz qabul qilingan.
2010-yili Matematika fani bo`yicha O`zbekiston Milliy Universiteti qoshidagi S.H.Sirojiddinov nomli akademik litseyda o`tkazilgan “Litseyim-faxrim” Respublika ko`rik tanlovida III-darajali diplom bilan taqdirlangan.
2012-yili Xalqaro Jautikov olimpiadasi uchun yi`g`ilgan O`zbekiston Respublikasi terma jamoasi a`zosi.
2012-yili Litseyda II-kurslik davrida Respublika fan olimpiadasining III-bosqichida Buxoro viloyatida I-darajali diplom bilan taqdirlangan.
Shu yilning o`zida Argentina davlatining Mar-del-Plata shahrida bo`lib o`tishi mo`ljallangan 53-IMO (International Mathematical Olympiad) Xalqaro Matematika olimpiadasi uchun o`tkazilgan Respublika saralashidan muvaffaqiyatli o`tib, terma jamoa a’zosiga aylangan, ammo 2012-2013-yillarda ma’lum bir sabablarga ko`ra davlatimiz IMOga qatnashmagani sababli, bu nomzodimiz Jahon olimpiadasiga qatnasha olmagan.
2013-yili Litseyda III-kurslik davrida Respublika fan olimpiadasining III-bosqichida Buxoro viloyatida I-darajali diplom bilan taqdirlangan.
Shu yili O`zbekiston Milliy universitetining Amaliy matematika va informatika yo`nalishiga o`qishga kirgan.
2019-yili Qozog`iston davlatining Qizilo`rda shahrida bo`lib o`tgan “A.Dzhumadildayev” nomli Xalqaro o`qituvchilar olimpiadasida bir nechta davlatlar ishtirok etishiga qaramasdan faxrli II-darajali diplom bilan taqdirlangan. Bu olimpiadada medal emas, faqat diplom berishgan.
Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyayevning tashabbusi bilan matematika faniga bo`lgan e’tibor yanada kuchaytirilgani sababli, davlatimizda ilk marotaba o`tkazilgan Matematika fanidan o`qituvchilar orasida bo`lib o`tgan Respublika olimpiadasining viloyat bosqichida I-darajali diplom va Respublika bosqichida III-darajali diplom bilan taqdirlangan.
2017-yildan 2020-yilgacha Buxoro Davlat universiteti Qorako`l akademik litseyida matematika olimpiada to`garak rahbari lavozimida ish olib bordi va bu ish faoliyati davrida ta’lim bergan o`quvchilari Xalqaro Jautikov olimpiadasida 1 nafar oltin, 2 nafar kumush va 5 nafar bronza medallar qo`lga kiritildi, Respublika olimpiadasida bir nafar o`quvchisi I-darajali diplom bilan taqdirlandi. Xalqaro IMO jahon olimpiadasida ham bir nafar o`quvchisi bronza medalni qo`lga kiritgan.
Nomzodimiz Doniyor Hamrayev o`qitgan o`quvchilardan 2022-yil Yanvar oyida Qozog`istonning Almata shahrida bo`lib o`tgan Xalqaro jautikov olimpiadasida Olot tuman 10-umumiy o`rta ta’lim maktabining 8-sinf o`quvchisi Durdiyev Xushnudbek Diplom bilan, Abdurasulov Humoyun esa bronza medal bilan taqdirlandi.
2020-yilda karantin sababli online tarzda o`qishga majbur bo`lib qolgan o`quvchi yoshlar uchun ham qo`lidan kelgancha bilim berib Respublikamiz bayrog`ini Jahon arenalarida yuqori ko`taruvchi shogirdlar tarbiyaladi va bulardan biri qilib Norboyev Jahongirni misol qilishimiz mumkin, Norboyev jahongir Doniyor Hamrayevda masofaviy ta’lim oldi va o`nlab Xalqaro olimpiadalar g`olibi bo`lib, “Mard o`g`lon” davlat mukofoti sovrindori bo`ldi.
Eng e’tiborlisi “UzMO-Uzbekistan Mathematical Olympiad” jurnaliga asos soldi va Respublikamiz bo`ylab har oyda bu jurnalning bitta soni chiqib boradi va Respublikamizdagi matematika faniga qiziquvchi yoshlarning ko`pchiligi bu jurnaldan foydalanib katta katta natijalarga erishmoqdalar.