Hamma joyda Android

Hamma joyda Android

Dasturchilar Akademiyasi

Android allaqachon dunyodagi eng yaxshi smartfon operatsion tizimi, va planshet bozorini ham egallab turibdi. Lekin Android degani faqatgina smartfon yoki planshet degani emas. Aslida ushbu operatsion sistema biz o'ylagan narsalardan ko'prog'iga qodir. Aniqroq aytganda, biz har kuni foydalanadigan barcha obyektlarga "jon" berishi mumkin. Keling, smartfondan tashqari Android-da ishlaydigan top-10 ta qurilmalar haqida to'xtalamiz.

1. Soatlar (Smart Watch)

Yoshlik vaqtlari fantastik texnologik kinolarda, qahramonlarning bilaklarida aqlli gadjetlar bo'lardi. Manimcha, bunday gadjetlarni orzu qilmagan inson bo'lmasa kerak. Yaqin o'tmishda faqat ozru qilingan bunday gadjetlarni bugunga kelib har joydan topish mumkin.

Avvaliga Android Wear, hozirda esa Wear OS deb nomlangan operatsion sistema - aqlli soatlar va boshqa taqiladigan qurilmalar uchun moʻljallangan Google Android-ning versiyasi hisoblanadi. Aqlli soatlar va brasletlar faqatgina vaqtni ko'rsatibgina qolmay, o‘zida GPS kuzatuvchisi, MP3 pleer, yurak urish tezligi monitori va boshqa ko'plab funksiyalar bilan kundan kunga rivojlanib ularning imkoniyatlari yanada ortib bormoqda.

2. Aqlli ko'zoynak (Smart Glasses)

Google ko'zoynaklari son-sanoqsiz ilmiy-fantastik ssenariy mualliflarining orzularini haqiqatga aylantiradi. Nihoyat, haqiqiy kengaytirilgan haqiqat mavjud bo'ladi. Va siz ularni kiygan odamga o'xshamaysiz, chunki ular shunday ko'rinishga ega bo'ladi:

Android aqlli ko'zoynaklari haqida gapiradigan bo'lsak, siz allaqachon chang'i ko'zoynaklari haqida eshtgan bo'lishingiz mumkin. Mod Live ko'zoynakga o'rnatilgan mitti ekranda koordinatalar, balandlik yoki haroratni ko'rsatadigan Android-da ishlaydigan kichik HUD (Heads Up Display) mavjud.

3. Maishiy texnika

Oddiy kir yuvish mashinalar yoki muzlatgichlar unchalik qiziq emas. Lekin Android ularni yanada qiziqarli qilishi mumkin.

Android tizimida ishlaydigan aqlli qurilmalar allaqachon mavjud. Samsung va LG ( va yana boshqalar) bir nechta qiziqarli mahsulotlarga ega. Jumladan Android-da ishlovchi displey o'rnatilgan sensor ekranli muzlatgich yoki smartfoningiz ulangan holda kir yuvish davri haqida ayta oladigan kir yuvish mashinasi. Aniq ilovalar (pazandachilik retseptlari, oziq-ovqat inventarlari, parhez, masofadan boshqarish) bilan bir qatorda, ushbu aqlli qurilmalar tarmoqqa ham ulanishi mumkin, shuning uchun ijtimoy tarmoqlarni kuzatgan holda, sut qaynatayotib uni toshirib yubormaysiz.

Garchi ushbu ro'yxatdagi boshqa qurilmalar kabi ajoyib bo'lmasa-da, Android bilan ishlaydigan aqlli uy jihozlari hayotimizni sezilarli darajada yaxshilash imkoniyatiga ega. Bizning dunyomiz zamonaviy texnologiyalar tufayli oldinga siljimoqda. Maishiy texnikalar ham shu jumladan e'tiborsiz qolayotgani yo'q.

4. Avtomobillar

Bugungi kunga kelib, ko'plab yangi ishlab chiqarilayotgan avtomobillarda sensorli monitorlar qo'yilmoqda. Ba'zi monitorlar faqatgina musiqa tinglash, video tomosha qilish, gps yordamida navigatsiya tizimi uchun xizmat qilsa, zamonaviy avtomobillarga o'rnatilgan operatsion tizim orqali ovoz bilan boshqariladigan navigatsiya tizimi, toʻlaqonli brauzer va ilovalar doʻkonini va boshqa bir qancha funksiyalarni oʻz ichiga oladi. Ford kompaniyasining Android yordamida ishlab chiqqan OpenXC moduli yordamida har qanday Android ilovasi sensor maʼlumotlariga (tezlik, joylashuv, gaz darajasi, hatto rul burchagi) kirishi va ular bilan har xil qiziqarli ishlarni bajarishi mumkin boʻladi. Android smartfoningizda marshrut xaritasini tuzishdan tortib, haydash uslubingiz asosida haydash tavsiyalarini berishgacha imkoniyatlari mavjud.

5. Uylar (Smart Home)

Yangi qurilayotgan uylar aqlli va avtomatlashtirilgan ekanligi haqida eshtgan bo'lsangiz kerak. Ammo byujetingiz qarab eski uylarni ham smart qilish mumkin. Misol uchun datchik va kichik moslamalar bilan odatiy isitish, sovutish, yoritish va signalizatsiya tizimlarini boshqarish mumkin. Bulardan tashqari Google Android Home platformasi yordamida lampochka va eshik qulflari kabi narsalarni avtomatlashtirish imkoniyatlari ham mavjud.

6. Kameralar

Bugungi kundagi smartfonlarning barchasida kuchli modulli kameralar mavjud. Ammo Android-da ishlovchi professional tasvirga oluvchi kameralar ham yo'q emas. Ko'pchilik Samsung Galaxy S4 zoom haqida eslasa kerak. Bunday qurilmalarni oddiy smartfonga o'xshatish mumkin ularda ammo funksionalligi jihatdan kamera imkoniyatlari ancha keng. Polaroid kompaniyasining ko'plab kamera modellarini bunda misol qilish mumkin.

7. Aqlli televizorlar (Smart TV)

Televizorni aqlli qilish uchun ko'plab ishlab chiqaruvchilar aynan Android TV operatsion tizimi tanlashgan. Smart televizorlar internetga ulanib va ilovalarni ishga tushirishi, Skyping uchun o‘rnatilgan veb-kameralarga ega va noutbuk, planshet yoki smartfonga simsiz ulanishi mumkin. Mavjud va yaratilayotgan ilovalar yordamida SmartTV-larning imkoniyatlari yana ortib bormoqda.

8. DECT telefonlari

Ko'pchilik hozirda uyda statsionar uy telefonlaridan foydalanishi kamayib ketgan. Balki ularning imkoniyatlarini qo'l telefonlarini kamligidadir. Ammo aqlli uy telefonlari ham mavjud. Misol Archos 35 aqlli uy telefoni. Gadjet kontaktlar va ilovalarni sinxronlashtirish uchun Android smartfoningiz bilan ulanishi mumkin. Boshqa ajoyib xususiyatlari - video chat ilovasi, elektron pochtaga kirish va o'rnatilgan veb-brauzer.

9. O'yin pristavkalari

O'yin o'ynash uchun smartfonning o'zi ham yaxshi tanlov. Ammo sensor silliq ekranda o'ynash har doim ham yoqimli va qulay bo'lavermaydi. Shuning uchun Android-da ishlovchi faqatgina o'yin o'ynash uchun chiqarilgan pristavka, konsullar mavjud. Ular yordamida ekrandagi tasvirni ko'rinmay qolishi, harakatlanish va boshqarish uchun mo'ljallangan tugmalarning joylashiga oid muommolar bo'lamaydi. Buni ko'proq o'yin ixlosmadlari yaxshi tushunishadi.

10. Ko'zgular (Smart Mirror)

Ertalab tishlaringizni yuvayotganda Telegram yoki Instagram’dagi xabarlarni tekshirishni hech o'ylab ko'rganmisiz yoki kiyim kiya turib ob-havo ma'lumotlarini ko'zguda ko'rishnichi? Misol Kibertektura aqlli oyna sizga buni qilishga imkon beradi. Asosan, gadjet Android operatsion tizimida ishlaydigan interaktiv displey bo‘lib, u ikki barobar ko‘zgu vazifasini bajaradi. Siz hammomingizdan Facebook statusingizni tekshirishingiz, yangiliklarni, hatto elektron pochta xabarlarini o'qishingiz mumkin.

Hozirda ko'plab funksionallikka ega aqlli oynalar mavjud. Ular yordamida siz salomatligingizni, vazningiz va tana yog'i indeksini kuzatish, musiqa eshtish, video ko'rish, kunlik ob-havo va yangiliklardan xabardor bo'lib turishingiz mumkin.


Qaysi Android qurilmalar sizga ko'proq yoqadi va yana qanday qurilmalar smartlashishini xohlar edingiz? Kommentariyalarda o'z fikr va mulohazalaringizni bildiring!


👨🏻‍💻 Administrator: t.me/GitaAdmin +998-99-988-40-31 , +998-90-808-37-38

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Instagram | You Tube | Telegram



Report Page