Hamkorlik memorandumi imzolandi

Hamkorlik memorandumi imzolandi

@Tdau_news

Deyarli har hafta davomida Toshkent davlat agrar universitetimiz ko'plab hamkorlik yuzasidan muzokaralar o'tkazadi, uchrashuvlar qiladi, memorandumlar imzolaydi. Bugun ham Germaniya davlati bilan yana bir memorandum imzolandi. Mazkur memorandum talabalar uchun ajratilgan ajoyib qulaylik desak bo'laveradi.

Toshkent davlat agrar universiteti hamkorlikni mustahkamlash va universitetni intellektual rivojlantirish maqsadida universitet prorektori S.Islamov va Germaniyaning "JAS-Mediation" kompaniyasi hamkorlik aloqalarini o'rnatdi.

Universitetimiz mazkur kompaniya bilan memorandum imzolandi. Bu esa ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga yordam beradi.

Kompaniya rahbari Jasur Nematjonov Toshkent davlat agrar universiteti talabalari uchun Germaniyada ta'lim, amaliyot va xalqaro dasturlar sohasida ushbu hamkorlikni rivojlantirishni maqsad qilib qo'ydi.


Mazkur memorandumda quyidagilar keltirilgan:

I. Talabalar ishtiroki uchun har yili kompaniya quyidagilarni tayyorlaydi:

"JAS joylashtirish" va TDAU talabalarini Germaniyada amaliyot-ish-sayohat dasturlarida ishtirok etishda qo'llab-quvvatlaydi. Dasturlarda TDAU talabalari Germaniyaga amaliyot va ta'tilga ish loyihalari doirasida yuborilishi ko'zda tutilgan. Talabalar soni (yiliga kamida 100) har yili o'zaro kelishuvlar asosida belgilanadi.

II. Uchinchi semestrda talabalar uchun majburiy amaliyot uch oy davom etadi (Aprel, May, Iyun).

III. Ikkinchi va uchinchi kurs talabalari uchun ta'til ishi (ish va sayohat)

Semestr uch oy davom etadi(iyun, iyul, avgust).

IV. Amaliyot muddati amal qilish muddatiga muvofiq belgilanadi

Report Page