HAMKORLIKDA  MEVA-SABZAVOTLARNI  QAYTA ISHLASH IMKONIYATLARI O‘RGANILDI

HAMKORLIKDA  MEVA-SABZAVOTLARNI  QAYTA ISHLASH IMKONIYATLARI O‘RGANILDI



Qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Afg‘oniston qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya va chorvachilik vazirligi delegatsiyasining  yurtimizga tashrifi haqida xabar bergan edik. 

Tashrif davomida Afg‘oniston delegatsiyasi Samarqandda bo‘lishdi. Ular dastlab, Samarqand viloyatidagi “Samarqand konserva” MChJ faoliyati bilan tanishishdi. Bu tadbirkorlik obyekti meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi korxona hisoblanadi. Korxona Italiyaning “FIKO” va Shveysariyaning “Bucher” kompaniyalari texnologiyasi bilan jihozlangan bo‘lib, quvvati 2 mln tonna shartli bankada konserva ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. 

Shuningdek mehmonlar korxonaning yog‘-moy ishlab chiqarish  majmuasidagi  ish jarayoni bilan ham tanishishdi.

Shundan so‘ng, delegatsiya vakillarining navbatdagi manzili Samarqand viloyatidagi “Agromir” MChJ qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va meva-sabzavotlarni  qayta ishlaydigan korxona   bo‘ldi. 

Korxona Shveysariyaning “Bucher” va “Tetra Pak” kompaniyalari texnologiyasi asosida 2013-yilda  tashkil topgan. 52 ming tonna sharbat va nektarlar, 12 ming tonna meva va sabzavot pastalari, 6 ming tonna mevali konsentratlar, 4 ming tonna konserva mahsulotlarini ishlab chiqarish  quvvatiga ega.

Tanishuv jarayonida delegatsiya vakillari meva sharbatlari degustatsiyasida ham ishtirok etdi. 

Delegatsiya vakillarida ushbu ishlab chiqarish korxonalari  faoliyati  katta qiziqish uyg‘otdi va  kelgusida ushbu korxonalar bilan hamkorlikda ishlash va bu sohada tajriba almashish fikrini o‘rtaga tashlashdi.
Tashrif yakunida delegatsiya a’zolari Samarqand viloyatining diqqatga sazovor joylarida ham bo‘lishdi, shuningdek,   Imom Al-Buxoriy majmuasini ziyorat qilishdi.


Report Page