Hamidullayeva Hojaroy, ADTI 2-bosqich talabasi

Hamidullayeva Hojaroy, ADTI 2-bosqich talabasi


Bismillahir rohmanir rohiym

Bizni yoʻqdan bor qilgan Alloh taologa hamd-u sanolar boʻlsin. Olamlarning sarvari Paygʻambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovat-u durudlarimiz boʻlsin!

Alloh taolo borliqni yaratdi va unda oʻrganishimiz uchun ilmni bizga farz qildi. Dunyodagi ilmlardan ikkitasi insonni Jannatga kirishiga sababchi boʻlar ekan. Bulardan biri - din ilmi boʻlsa, ikkinchisi - tib ilmi.

Mana shu ilmlardan ikkinchisi, ya’ni tib ilmini Alloh qodir qilganicha oʻrganishni niyat qildik va shu yoʻlga tushdik. Va bu yoʻlda oʻzimizga yoʻlboshchi qilib "Tibosfera oilasini" tanladik. Nega aynan bu oilani tanlaganimizni, bu oila qanday ekanligini quyida gaplashib oʻtsak. Agar bu yozganlarimiz siz uchun foydali boʻlsa Alloh taolodan, xato-kamchiliklarni bizdan koʻrgaysiz.


Boshladik.

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh!

Men Hamidullayeva Hojaroy ADTI da 2-kurs talabasiman. Tibosfera kursida 1 yil-u 2 oydan buyon oʻqib kelyapman. Men Tibosferani abituriyentligimda topganman va abituriyentdoshlar bilan "oʻqishga kirsak albatta shu kursga qatnashamiz" deb niyat qilganmiz (Tibosfera haqida oʻqishga kirib, shu kursda oʻqiyotgan aka-opalarimiz aytishgan edi). Keyin mandat natijalari chiqdi, oʻqishga kirdik. Ana undan soʻng xursandchilik, oʻyin-kulgu boshlanib ketdi. Oʻqishga ham keldik, oʻqidik qisqa muddat. Keyin kimdir ingliz tili oʻqiyotgan, IELTS olishga harakat qilayotgan, yana kimdir onlayn kurslarda oʻqiyotgan, yana kimlardir umuman oʻqimayotgan edi. Ana oʻsha paytda "men ham ingliz tili oʻqiyman" deb ingliz tili kursiga borishni boshladim. Institutdagi darslarni koʻrib: "Yana kursda oʻqiyman shekilli", - degan hayol keldi. Bu paytda "tibbiyot" deb bilganim aslida nima, unda qanday fanlarni chuqur oʻrganish kerak? Qay tariqa oʻrganish kerak? Hech biridan xabarim yoʻq edi. Bulardan xabar beradigan odamni ham oʻzi yoʻq edi (meni atrofimda). Institutdagi anatomiya darsiga ham vaqt oʻtkazib borib, ustoz tushuntirgan narsalarni tushunmay qaytib kelardim. 


Shu tariqa bir oy oʻtdi, ingliz tili oʻqiyman deb Tibosferadagi qabuldan qolib ketdim. Abituriyentdoshlarim qoʻshilib oʻqishni boshlashgan edi, keyin menga ham xabar berishdi. Kurs haqida tushunchalar berishdi. Guruh ustozlariga iltimos qildik, meni ham guruhga qabul qilishlarini. Keyin ustoz bilan gaplashdik, kurs bilan tanishib chiqishim uchun Elyorbek ustozning Tibosfera haqida tushuntirib bergan videolarini tashlab berdilar va koʻrib chiqdim. Chin dildan aytyapman, Elyorbek ustoz tasvirlagan bu oiladagi muhit juda-juda yoqdi va kelajakdagi barcha maqsadlarimga Tibosfera oilasi bilan birgalikda erishishni oldimga maqsad qilib qoʻydim. 


Keyin 147-guruhga qoʻshildim. Bu yerda samimiyat bilan kutib olishdi. Darslarga qatnashishni boshladim. Dastlab hattoki qanday qilib dars tayyorlashni ham bilmas edim, yani prezentatsiyalardan qanday qilib foydalanishni, rasmlar bilan ishlashni hech birini bilmas ekanman. Faqatgina konspektlarni yodlar edim xolos. Shunday holatlardan xabar topgan ustozim qanday tartibda, qanday qilib oʻqish kerakligini oʻrgatdilar. Shu zaylda kunlar oʻtdi, oylar oʻtdi, oʻzimda birin-ketin ijobiy oʻzgarishlarni sezib bordim, menda paydo boʻlgan savollarga javob topilib borardi. Dars qilish rejimlarini, uyqu rejimlarini sekin-asta yoʻlga qoʻya boshladik Tibosfera bilan birgalikda. Borgan sari qiziqishlarim ortsa ortdi-ki, lekin kamaygani yoʻq. Guruhdagi yozma, ogʻzaki savol-javoblar, qiziqarli savollar, samimiy hazillar bularning barchasi doim meni oʻziga tortardi.

Guruhimizdagi darslar doimo koʻtarinki ruhda oʻtadi, manimcha bu ilm olishga boʻlgan qiziqishni yanada orttirsa kerak. 


Tibosferada oʻqishni boshlaganimdan soʻng institutdagi darslarda ham faol qatnashadigan boʻldim, kimdir nimanidir tushuntirsa bemalol tushuna olyapman, alhamdulillah. Elyorbek ustozning aytgan gaplari toʻgʻri: Tibbiyot ilmlarining 80% i fundamental fanlar , 20% izi klinik fanlar ustiga quriladi. Aynan shu gapning toʻgʻri ekanligiga koʻp guvoh boʻlmoqdaman.


Tibosferada oʻqiyotganimdan boshlab nimanidir oʻrganishim, tushunib yeta olishim osonlashdi. Zehnim ham oʻtkirlashdi, alhamdulillah. Tartibli va davomli ilm olishni oʻrgandim. Bularning barchasi mendagi ilmga boʻlgan muhabbatimni yanada oshirib bormoqda. Tartibli dars tayyorlash, tartibli uyqu, tartibli kun - bularning barchasini menga Tibosfera oʻrgatdi.


Kunning eng boshida darslarimiz boshlanadi, aynan shu payt kunning eng barokatli vaqti hisoblanadi. Erta tongda darsga uygʻonish, doʻstlarni uygʻotish, koʻtarinki kayfiyatda dars oʻtish, ishoning, bularning barchasi juda ham ajoyib va insonning ruhiyatiga ham taskin beradigan holatlar. 


Aynan shunday his-tuygʻular bilan oʻqidim va oʻqib kelmoqdaman. Kunimning, fikrlarimning deyarli barcha qismi Tibosfera bilan band boʻladi. Ayniqsa bu oilaning bir aʼzosi ekanligim doimo meni xursand qiladi.


Tibosferada oʻqishni oʻqishga kiriboq boshlaganim uchun institutdagi darslardan oldinda ketar edik. Alloh qodir qilganicha mustahkam qilib oʻqirdik mavzularni. Institutdagi darslarda doim faol qatnashar edim. Buni koʻrgan kursdoshlarim buning sababini, qaysi kitobdan oʻqiyotganimni soʻrashar edi. Ularga ham Tibosfera haqida aytdim, qoʻshilishlarini tavsiya qildim, ular ham qiziqishdi va ayrimlari qoʻshilishdi. Kimdir "oʻqimoqchiman, qaysi kursga qoʻshilsam ekan?" deyishsa, Tibosferani tavsiya qilardim. Chunki Tibosfera oddiy kurs emas, u hayot tarzi!


Tibosfera - oddiy kurs emas, u hayot tarzi!

Bu gapni bejizga yana eslab oʻtmadik. Rostdan ham shunday. Tibosferadagi eng quvontiradigan holatlardan biri bu - ustoz-shogird anʼanasiga sodiq qolinganligi. Bu juda ham ajoyib. Bu yerdagi ustozlarimiz bizga taʼlim va tarbiya berib borishadi. Elyorbek ustozimiz bizni qiynagan har qanday masalalarda toʻgʻri yoʻl koʻrsatishga harakat qiladilar. Ilm olishdan tashqari ham hayotimiz davomida kerakli boʻladigan mavzularda suhbatlar tashkillashtiradilar. Bu suhbatlarda Alloh qodir qilganicha savollarimizga javob berib, koʻplab tavsiyalar beradilar. Guruh ustozlarimiz ham har birimiz uchun qaygʻurishadi. Qayerdadir tushkunlikka tushib qolsak, yoki nimadir xatolikka yoʻl qoʻysak ularni toʻgʻrilab, kamchiliklarimizni bartaraf etishga harakat qilishadi. Tibosferaga qoʻshilishimdan oldin hayotimda quyoshning bir nuri boʻlgan boʻlsa, bu yerdagi ustozlarim ana shu "quyosh"ni qalbimga olib kirishdi. Ular ilm olishimda ham, hayot faoliyatimda ham chinakam USTOZIMdirlar.


Tibosfera kursimizda kunlik, haftalik, oylik reytinglar yuritilib boriladi. Buning ahamiyati katta deb oʻylayman. Bu reyting natijalari qoʻyilgan tartib-qoidalarga qanchalik darajada amal qilayotganimizni, guruh boʻlib ishlayapmizmi yoʻqmi, bir-birimiz uchun birgalikda harakat qilyapmizmi, bularning hammasini koʻrsatib beradi. Tibosfera oilasida hamma shu "oila" uchun harakat qiladi. "Men" degan tushuncha yoʻq, faqatgina "biz" bor. Biz bir oilamiz, barchasiga birgalikda erishamiz, bir-birimizni qoʻllab - quvvatlaymiz. Elyorbek ustoz aytganlaridek: "Bu kurs kimdir kimdandir oʻzib ketishi uchun emas, ortda qolganlarni ham birgalikda olib ketish uchun. Bu yerda barcha bir-biriga yordamchi boʻlib, chinakam bir guruh boʻlishi kerak".

Aynan shu hatti - harakatlar barchasi biz uchun hozir ham, InshaAlloh kelajakda ham juda asqotadi. Va bunday munosabatlar har joyda ham uchrayvermaydi.


Bizning kursimizda har oyning yakunida imtihonlar oʻtkaziladi. Bu imtihonlar shu bir oy davomida oʻtilgan mavzular asosida boʻlib oʻtadi. Bir oy davomida mavzularni takror darslari qilib oʻqiymiz, yana oylik imtihonlar uchun takror darslarini oʻtamiz. Aynan shu oylik imtihonlarda oʻqigan mavzularimizni takrorlashimiz bilan bir qatorda, mavzularni qay darajada tushunib, esda saqlab qolganligimizni ham tekshirib olamiz. Va imtihon natijalariga qarab har bir oʻquvchi oʻzidagi xato-kamchiliklarni toʻgʻrilab boradi. Aynan shuning bilan mavzular yanada mustahkamlanadi.


Foydalaniladigan materiallarga toʻxtaladigan boʻlsak: juda tartibli, tushunarli va keng qamrovli qilib yozilgan. Bu materiallarni ustozlarimiz rus, ingliz adabiyotlaridan tarjima qilib, barchasini chambarchas bogʻlagan holatda oʻquv materiallari tayyorlashadi. Oʻzbek kitoblarida uchratmaydigan, kezi kelganda ular bilan mos kelmaydigan, lekin toʻgʻri maʼlumotlar jamlangan. Bularning barchasi biz tibbiyotni yanada chuqurroq, butun dunyodagi maʼlumotlar bilan bogʻlangan holatda oʻrganishimizga imkon beradi.


Kursimizda ustozlarimiz bizni doimo nazorat qilib borishadi. Darslarga oʻz vaqtida qatnashishimiz, dars qilish va rejimlarimiz barchasini nazorat qilib, kamchiliklarimiz haqida ogohlantirib borishadi. Albatta insonni toʻgʻri yoʻlga boshlab turadigan bir ustoz kerak boʻladi. Aynan shunday ustozlarimiz - bu Tibosferadagi ustozlarimiz. Ular bizni ham maʼnan, ham jismonan yetuk inson bo’lishimizni xohlashadi va bizga tavsiyalar berib borishadi. Atrofingda shuncha koʻp mehribon insonlar boʻlishi bu qanchalar buyuk neʼmat! Alhamdulillah!


Alloh taolo bunday insonlarni menga USTOZ qilib uchratibdi. Unga hamd-u sanolar boʻlsin. Hayotimizda shunday ustozlar va doʻstlar borligi juda ham katta baxt! 


Bu yozganlarimiz siz doʻstlarimiz uchun InshaAlloh manfaatli boʻladi degan umiddamiz. Yozganlarimizni oʻqib, fikringiz va maqsadlaringiz oʻzgargan boʻlsa bundan mamnunmiz. Lekin ishoning qoʻshilishingiz uchun eng loyiq boʻlgan kurs bu - TIBOSFERA.



Report Page