Halollik vaksinasi- taraqqiyot garovi.

Halollik vaksinasi- taraqqiyot garovi.

Xolova Shahnoza Davronovna

2024 yil 23-may sanasida Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi bitiruvchi kurs talabalari ishtirokida “Halollik vaksinasi- taraqqiyot garovi” mavzusi doirasida davra suhbati tashkil qilindi.

Kafedra mudiri O.O.Bobokalonov hamda professor-oʼqituvchilari R.R.Bobokalonov, M.H.Xamidova, O.I.Adizova, N.B.Kuldashova va B.Q.Akramov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy majlisdagi Murojaatnomasiga muvofiq  “Halollik vaksinasi”ni yaratishda insonning baxt to‘g‘risidagi tushunchasini sog‘lomlashtirish muhim ahamiyatga ega ekanligini, insonning xulqini belgilaydigan narsa uning baxt to‘g‘risidagi tushunchasidan iboratligini ta’kidlab o’tishdi. Inson baxtliligining eng muhim sharti qo‘rquvsiz erkin yashash hissi va xotirjamligi ekanligi hamda buni anglagan odamda korrupsiyaga qarshi antivirus shakllanishiga imkoniyat paydo bo‘lishi asoslab berildi.

Korrupsiya shunday illatki, uni bir yoki ikki idoraning sa’y-harakati bilan yo‘q qilib bo‘lmaydi. Korrupsiyaga qarshi nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va davlat tashkilotlari, balki bu yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlar fuqarolarimiz tomonidan ham faollik ko‘rsatilib, butun jamiyat unga qarshi birgalikda kurashib, uning ildizlarini yo‘q qilishga kirishilsagina ijobiy natijaga erishish mumkin. Shu kabi fikr va mulohazalar professor –o’qituvchilar tomonidan ilgari surildi.

Davra suhbati so’ngida talabar tomonidan berilgan taklif va savollarga javob berildi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.




Report Page