"Halima Xudoyberdieva xotirasiga bag'ishlangan mushoira kechasi"
Surxondaryo viloyat Axborot-kutubxona markaziHalima Xudoyberdieva o'zbek sheʼriyatiga samimiy insoniy tuyg'u va fazilatlar — sevgi va sadoqat, mexr va muruvvatni tarannum etuvchi shoira, o'zbek xotin-qizlari orzu va armonlarining kuychisi sifatida kirib keldi. 2024-yil 17-may kuni Adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida "Halima Xudoyberdieva xotirasiga bag'ishlangan mushoira kechasi" maʻnaviy-maʻrifiy tadbir bo'lib o'tdi. “Kitobxon onalar kuni” tadbirida shoirning kitob targ'iboti hamda kitob ko'rgazmasi tashkil etildi. Tadbirda Sherabod tumani axborot-kutubxona markazi direktori Manzura Norsahatovna hamkorlikda navbatdagi “Kitobxon onalar kuni” tadbiri o'tkazildi. Tadbirni Adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi direktor o'rinbosari Mamatqulova Mexriniso Toshmamatovna ochib berdi, tadbirda uy bekalari, mahallalarning faol xotin-qizlari, ishtirok etishdi. Tadbir juda qiziqarli va mazmunli bo'lib o'tdi va kitobxon onajonlarga kutubxona bo'ylab ekskursiya tashkil qilindi.
![](/file/71e373830ab67f8453818.jpg)
![](/file/4cc296a003f7e4b6b3b14.jpg)
![](/file/daa572ed658ff293680b1.jpg)
![](/file/02d4ad6c661176beccca6.jpg)
![](/file/85bd31e2ea1c353626c2b.jpg)
![](/file/c6491bcda0692345f643b.jpg)
![](/file/ab518b14f4669b7a0e2d7.jpg)
![](/file/089d15c68f1e0518cc94f.jpg)
![](/file/d925a58d3a73add4fa050.jpg)
![](/file/315dab25633d2ed3d9649.jpg)