Hackerlar bosib o'tgan yo'l
OgabekDev (Ogabek Matyakubov)Hackerlar bosib otgan yo’l.
Yaqinda bo’lib otgan hackerlar hujumi bo’yicha to’liqroq ma’lumot berishga harakat qilaman.
Hackerlarni asosiy maqsadi meni ustimdan kulish emas. Menda bor bo’lgan sotsa arziydigan narsalarga ega chiqish bo’lgan. Va meni accauntimga kirganini sababi PUBG Accauntim bo’lgan. PUBG Accauntinmi narxlatganimda $500 atrofida deyishdi. PUBG Accauntga facebook ni ulab qoygan edim. Hackerlar ham shunday deb o’ylab birinchi navbatda facebook accauntimga hujum qilishdi. Achinarlisi facebookdan menga hech qanday accauntizga kirildi degan habar kelmadi to’g’ridan to’g’ri parolingiz o’zgartirildi, phoneNumber o’chirilib tashaldi va boshqa email qo’shilib uni main qilindi degan email keldi. Facebook da ko’plab urinish bo’lgani uchun meni accauntimni vaqtinchalik blockladi va hackerlarni facebook dagi harakati shu joyda tugadi. Undan keyin twitter ga hujum boshlandi va twitter da ham shunday parolingiz o’zgartirildi degan email keldi. Unga 2nd verification qo’ymagan ekanman va shu zaxoti kirib barcha device dan log out berib 2nd verification o’rnatdim. Twitter ham shu joyda tugadi. Undan 4 soatcha oldin esa Telegramga kirish codi keldi telegramga ishonganim uchun hech narsa qilmadim. Mening PUBG Accauntimga kira olmagan hackerlar facebookga kirgan payti facebook orqali ro’yhatdan o’tilgan saytlar ro’yhatini olishga uddalashgan va ularga kirishgan. Ulardan bittasi midasbuy.com. Bu saytda PUBG o’yniga donat qilish mumkin va man unga visa card imni ulab qo’ygandim. Ular shu accauntimga kirib olishgan va visadagi bor pulni ishlatishgan.
Eng asosiy qismlaridan bittasi. Hackerlar ogabekdev@gmail.com va ogabekdev@icloud.com emaillarga ham attack qilib ko’rishgan va google accaunt da uddalashgan. Aniqroqi parol orqali kirishgan. Google da eng tushunarsiz tomoni. har 10-15 second da o’zgarib turadigan 2nd verification parolini topishgan. Ular kirishganini tezda sezdim va barcha devicelardan log out qilib parolni almashtirdim. Apple ID da kira olmadilar faqat attack qilib ko’rishdi. Hackerlarning oxirgi manzili esa mening Microsoft Account im bo’ldi. Kirishdi lekin block qo’yganim uchun hech narsa qila olmadilar. (Men shunday deb o’ylayman. Balkim qilishga ulgurishgandir)
P.S: Bu attack dan keyin o’zimga shunday hulosalar oldim.
- Hech qachon oddiy parol qo’ymang
- Hech qachon bitta accountingizni parolini boshqa accountizda takrorlamang.
- Hamisha accountingizda 2nd verification yoqib qoying.
- Iloji boricha Facebook, Twitter, Google orqali kirishdan saqlaning va oddiy email parol o’rnatganiz maqsadga muofiq.
- Agar biror bir saytdan narsa sotib olmoqchi bo’lsangiz uni oldin tekshiring va iloji bo’lsa karta qoshib biror narsani harid qilgandan so’ng kartani account dan chiqarib tashang.
- Notanish va ishonchsiz saytlarga kirmang va kirgan taqdirdaham history va kesh dan o’chirib tashang.
Shu qoidalarga rioya qilsangiz hudo hohlasa sizi accountlaringiz havfsiz bo’ladi.
#OgabekDev #Security
@OgabekDev - Android & iOS Mobile Developer