HURMATLI ISTE'MOLCHILAR❗️

HURMATLI ISTE'MOLCHILAR❗️

 

Havo harorati sovushi bilan energiya manbalariga ehtiyoj sezilarli ortib boradi, shu jumladan elektr energiyasiga boʼlgan talab ham. Umumenergotizimda katta avariyali holatlar sodir boʼlishini oldini olish maqsadida dispetcherlik xizmatlari tomonidan isteʼmol balansini saqlashga qaratilgan choralar koʼrilishini taqozo qiladi. Shuningdek soha xodimlari oldida turgan dolzarb masala aholi va ijtimoiy obʼektlarni barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash boʼlib, hududlarda bu borada tizimli ishlar olib borilmoqda.

Tizimda quvvat tanqisligi sezilayotganligi sababli, bugun, 13-dekabr kuni Yangihayot tumani hududlari elektr energiyasi taʼminotida yuqoridagi jadval asosida cheklovlar kiritilishi mumkinligini bildiramiz.

Ushbu cheklov grafigi faqat favqulodda, ob-havoning keskin sovib ketishi natijasida avariya holatlarini oldini olish, isteʼmol ortib ketgandagina amal qiladi.

Diqqat! Tarmoqlar, podstansiyalarda avariyalar, avariyalarni tiklash, rejaviy ta’mirlash ishlari olib borilganda hamda energotizimda favqulotda vaziyat yuzaga kelganda, ushbu cheklov jadvallarida ko’rsatilgan soatlardagi tarmoqlardan tashqari qo’shimcha tarmoqlar o’chishiriladi va bu haqida OAV, ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar beriladi!

 

✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali

Matbuot xizmati



Report Page