HUQUQBUZARLAR QO‘LGA OLINDI

HUQUQBUZARLAR QO‘LGA OLINDI

milliygvardiya.uz

Bugungi kunda mamlakatimiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining surishtiruv bo‘linmalari harbiy xizmatchilari tomonidan aholi o‘rtasida pirotexnika buyumlarining mavjud turlari va ularning inson, ayniqsa yoshlar salomatligiga salbiy ta’siri, amaldagi qonunchilikka ko‘ra ushbu faoliyat bilan shug‘ullangan fuqarolarga ma’muriy javobgarlikdan tortib jinoiy javobgarlikkacha chora ko‘rilishi muqarrarligi yuzasidan tushuntirish ishlari davom ettirilmoqda.

Ammo, shunga qaramasdan yurtimiz hududida ba’zi bir “tadbirkorlar” sabab, nohush holatlar ham kuzatilmoqda.

@milliygvardiyauz_official

Joriy yilning 21-oktyabr kuni pirotexnika buyumlari bilan qonunga xilof muomala qilish holatini aniqlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Farg‘ona viloyati bo‘yicha surishtiruv bo‘limi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirlar natijasida fuqaro H.M. Farg‘ona shahar, Gulzor m.f.y. hududida joylashgan “Sayohat” nomli do‘kon oldida fuqaro U.M.ga chet elda ishlab chiqarilgan 1.440 dona “Treniya” va 4.320 dona “Britanik” nomli pirotexnika buyumlarini 2.200 AQSh dollariga sotayotgan vaqtda qo‘lga olinib, uning hatti-harakatlariga chek qo‘yildi.

@milliygvardiyauz_official

Shuningdek, joriy yilning 11-oktyabr kuni Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha surishtiruv bo‘limiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan JKning 2501-moddasi (Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi ish yurituviga olinishi uchun yuborilgan.

Unga ko‘ra, 2019 yil 7-oktyabr kuni Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani “Shahartepa” m.f.y. hududida o‘tkazilgan tadbirlar davomida fuqaro J.M. va I.N.lar fuqaro U.U.ga jami 23.000.000 so‘mga chet el davlatida ishlab chiqarilgan 14.400 dona “Solovey razboynik” va 144.000 dona “Treniya” nomli pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda sotgan vaqtda ushlanganlar.

@milliygvardiyauz_official

Bugungi kunda Milliy gvardiya mas’ul ofitserlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shahar (tuman) hokimiyatlari va boshqa mutasaddi idoralar vakillari bilan hamkorlikda pirotexnika buyumlarini qonunga xilof muomalasiga qarshi kurashish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar belgilanib, amalga oshirilmoqda.

Report Page