"HUDUDGAZTA'MINOT" RAHBARLARI SAYYOR QABUL O'TKAZMOQDA 

"HUDUDGAZTA'MINOT" RAHBARLARI SAYYOR QABUL O'TKAZMOQDA 


Kuz-qish mavsumiga o'z vaqtida va sifatli tayyorgarlik ko'rish "Hududgazta'minot" AJ faoliyatidagi ustuvor vazifalardan biridir. Shunga ko'ra, sentyabr oyining birinchi kunlaridan boshlab, jamiyat rahbarlari joylarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish, mavjud muammolarni hal qilish va mamlakatimizning eng chekka hududlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashish maqsadida viloyatlarga tashrif buyurmoqdalar.

Sayyor qabullar  Surxondaryo viloyati Muzrabod tumanidagi “Bogi Eram” qishloq fuqarolar yig'inlarida bo'lib o'tdi. "Sholikor"  qishlog'i Turkmaniston Respublikasi va Afg'oniston bilan chegaradosh. Fuqarolar bilan suhbatda muhim masalalardan biri bu aholini kuz-qish mavsumida uzluksiz suyultirilgan gaz bilan ta'minlash hamda muammolar yuzaga kelgan holatlarda "Xududgaztaminot" AJ ishonch telefonlariga murojaat qilish mumkinligi haqida so'z yuritildi.

Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumani Beshbuloq qishloq fuqarolar yig'ini aholisi bilan ham shunday uchrashuv bo'lib o'tdi. "Xudutgazta'minot" AJ rahbariyati qishloq iste'molchilarga suyultirilgan gaz yetkazib berish bo'yicha olib borilayotgan ishlar va umuman kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik to'g'risida ma'lumot berdilar. O'z navbatida, aholi o'zlarini qiziqtirgan savollarga to'g'ridan-to'g'ri javob oldilar.

"Xududgazta'minot" AJ rahbarlarining sayyor qabullari davom etmoqda. Barcha savollar bo'yicha 1104 yoki (71) 200-08-04 ishonch telefoniga murojaat qilish mumkin.

   "Xududgaztaminot" AJ matbuot xizmati

Bizning telegram kanalimiz: t.me/AO_Hududgaztaminot



Report Page