“HUDUDGAZ POYTAXT” GAZ TA'MINOTI FILIALI RASMIY MUNOSABATI

“HUDUDGAZ POYTAXT” GAZ TA'MINOTI FILIALI RASMIY MUNOSABATI


Facebook ijtimoiy tarmog’idagi “Potrebitel'.Uz” guruhida Qibray tumani "Arg’in" mahallasidagi tabiiy gaz yoqlig’isi yuzasidan murojaat yo’llangan edi. 

Ushbu murojaat "Qibraytumanagaz" gaz ta’minoti bo’limi xodimlari tomonidan o’rganildi. O'rganish davomida haqiqatdan ham "Arg’in" MFY hamda unga chegaradosh MFYlar hududlarida ob - havoning keskin sovib ketishi natijasida ushbu hududlarda tabiiy gaz bosimi sezilarli darajada pasayganligi ma'lum bo‘ldi. 

Aholida gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida “Hududgaz Poytaxt” gaz ta'minoti filialiga tegishli bo’lgan “Bektemirtumangaz” gaz tarmog’idan yuqori bosimli D - 159 mm, uzunligi 5.5 km yuqori va o’rta bosimli gaz quvurlarini qurish va mavjud gaz tarmoqlariga ulash ishlari loyihalashtirilgan bo’lib, bugungi kunda qurilish-montaj ishlari so’nggi bosqichiga yetkazilgan. Hozirda yangi gaz quvurini siqilgan havo yordamida tozalash, sinash ishlari olib borilmoqda. Sinash ishlari yakuniga yetkazilgach, natijada aholida tabiiy gaz ta’minoti yaxshilanib, bir me’yorga keltiriladi.


 “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati



Report Page