“HUDUDGAZ SAMARQAND” GAZ TA’MINOTI FILIALI RASMIY MUNOSABATI

“HUDUDGAZ SAMARQAND” GAZ TA’MINOTI FILIALI RASMIY MUNOSABATI




Joriy yilning 3 dekabr kuni "Kun.uz” saytida “Bulung‘urda gaz idorasi xodimlari aholining gaz ballonlarini o‘zlashtirib yuborgani aniqlandi” mavzusida maqola chop etildi. Mazkur maqolada chop etilgan mavzu bo‘yicha “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filialida avvaldan ishlar tashkil etilgan bo‘lib, quyidagilarni ma’lum qiladi.

Joriy yilning oktabr oyida “Samarqand viloyatida suyultirilgan gaz ta’minoti tizimida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada samarali tashkillashtirish to‘g‘risida”gi “Hududgazta’minot” AJning 2021 yil 30 sentabrdagi 44-F sonli farmoyishiga asosan ishchi guruhi tashkil etilib Samarqand viloyatida o‘rganishlar olib borildi. Unga jamiyatning turli viloyatlaridagi quyi filiallaridan malakali mutaxassislar hamda Moddiy resurslardan oqilona foydalanish va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limlari xodimlari jalb etildi. Xususan, mazkur guruh tomonidan suyultirilgan gaz ta’minoti bo‘yicha Bulung‘ur, Jomboy, Urgut, Samarqand, Payariq va boshqa barcha tumanlarda MFY raislari va faollari bilan uchrashib muammolarni o‘rgandi. Jumladan, viloyat bo‘yicha jami 181 ta (63%) MFYda aholi iste’molchilarida xonadonma-xonadon yurib, muammolar, ta’minot va gaz ballonlarga bo‘lgan ehtiyojlar bo‘yicha aholi bilan muloqotlar uyushtirdi.

Ishchi guruh tomonidan Bulung‘ur tumanida o‘tkazilgan o‘rganishlar jarayonida 54 ta MFYdagi 28 mingta suyultirilgan gaz iste’molchilari ta’minotini o‘rganish davomida iste’molchining suyultirilgan gaz ballonlarni “Bulung‘urtumangaz” bo‘limi xodimlari tomonidan aylanma tara sifatida foydalanib o‘z vaqtida qaytarib berilmagan. Jumladan “Changal-1” MFYda 200 dona, “Cho‘yantepa” MFYda 152 dona, “Gulzor” MFYda 148 dona, “Chorvoq” MFYda 194 dona xakazo. Bu haqda MFY raislari va vakillari tomonidan murojaat va e’tirozlar bildirildi hamda dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra gaz ballonlari qaytarib berilmagan jami 2 212 ta iste’molchilardan arizalar olindi. Olib borilgan o‘rganish natijalari bo‘yicha to‘plangan hujjatlar “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filialining 2021 yil 4 noyabrdagi 35-04-35-1293 sonli xati bilan Davlat xafvsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasiga taqdim etildi. Bugungi kunda filial manfaatlariga yetkazilgan moddiy zararni undirish va qonuniy chora ko‘rish bo‘yicha tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 Shuningdek, iste’molchilar foydalanib turishi va vaziyatga aniqlik kiritilgunga qadar jami 3 545 dan ortiq gaz ballonlar iste’molchilarga foydalanish uchun yetkazib berildi. Ishchi guruhi tomonidan o‘rganilgan payt “Chorbog‘” mahallasidan 9 ta ballon olib ketilganligi to‘g‘risida murojaat kelib tushgan.

“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

Report Page