“HUDUDGAZ SAMARQAND” GAZ TA'MINOTI FILIALI RASMIY MUNOSABATI

“HUDUDGAZ SAMARQAND” GAZ TA'MINOTI FILIALI RASMIY MUNOSABATI


Ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqand viloyati Samarqand tumani “Chakka” mahallasi aholisi 1 yildan beri gaz ta'minotisiz yashab kelmoqda” sarlavhali videomurojaat tarqalgan edi. Ushbu murojaat yuzasidan “Hududgaz Samarqand” gaz ta'minoti filiali quyidagilarni ma'lum qiladi. 

Samarqand tumani “Mirishkor” MFYga qarashli “Chakka” mahallasida tabiiy gaz ta'minotini yaxshilash uchun “Samarqandtumangaz” gaz ta'minoti bo‘limi tomonidan loyiha hujjatlari tayyorlanib, qurilish-montaj ishlari amalga oshirilgan. 

Mahallani tabiiy gaz bilan ta'minlash uchun mavjud ichki gaz tarmoqlaridagi texnik kamchiliklari bartaraf etilishi va aholi xonadonlariga zamonaviy elektron gaz hisoblagichlar o‘rnatilishi talab etiladi. Mazkur ishlar amalga oshirilgandan so‘ng “Chakka” mahallasini tabiiy gaz bilan ta'minlanishini ma'lum qilamiz.


“Hududgaz Samarqand” gaz ta'minoti filiali



Report Page