“HUDUDGAZ POYTAXT” GAZ TA'MINOTI FILIALI RASMIY MUNOSABATI

2021 - yil 5 - noyabr kuni @voprosi_JKX_v_Tashkente telegram kanalida Yangihayot tumani 5 - A mavzesida yashovchi fuqarolar tomonidan gaz ta'minotidagi besabab uzilishlari bo‘yicha murojaat yo‘llangan edi. Ushbu murojaat bo‘yicha “Hududgaz Poytaxt” gaz ta'minoti filialining matbuot xizmati quyidagilarni ma'lum qiladi.
Murojaat yuzasidan “Yangihayottumangaz” gaz ta'minoti mutaxassislari joyiga chiqib vaziyatni o‘rganishdi. Aniqlanishicha, noma'lum shaxs tomonidan GRPni o‘chirib qo‘ygani ma'lum bo'ldi. 2021 - yil 5 - noyabr kuni kech soat 20:00 da ushbu muammo mas’ul mutaxassislar tomonidan bartaraf qilindi.
✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati