“HUDUDGAZ ANDIJON” GAZ TA'MINOTI FILIALINING RASMIY MUNOSABATI 

“HUDUDGAZ ANDIJON” GAZ TA'MINOTI FILIALINING RASMIY MUNOSABATI 


Telegramdagi “Andijon | Kun.uz” kanalida “Ko‘chamizda gaz bosimi tushib ketmoqda” sarlavhali murojaat tarqalgan bo‘lib, unda Andijon shahri «Sadoqat» MFYning “Sayfiy” ko‘chasida gaz bosimi tushib ketganligi haqida murojaat qoldirilgan. Ushbu murojaat “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati tomonidan o‘rganildi va quyidagilar aniqlandi.  

Andijon shahridagi “Sadoqat” MFY o‘ramidagi xonadonlar “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filialining “Bo‘ston” avtomatik gaz tarqatish shoxobchasidan tabiiy gaz bilan ta'minlanadi. Ma'lumki, respublikamizga so‘nggi kunlarda kirib kelgan sovuq havo oqimi tufayli tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoj kuchaygan hamda “Sadoqat” MFY o‘ramidagi aholi xonadonlarida ham tabiiy gaz ta'minotida uzilishlar yuzaga kelgan.

Haqiqatan ham, murojaatchi aytganidek, joriy yilning 12-oktyabr sanasida “Bo‘ston” gaz tarqatish shoxobchasi 1-tarmog‘ida tarmoqning chiqish qismidagi shaybani navbatdagi mavsumiy shaybaga almashtirish hamda gaz quvurlarida yuzaga kelgan nosozliklarni bartarf etish, avariya-tiklash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan tufali tabiiy gaz ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatilgan. (https://t.me/hududgaz/2110) 

Hozirda ushbu hududda, jumladan “Sadoqat” MFY o‘ramidagi “Sayfiy” ko‘chasida tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklangan va aholi xonadonlarida me'yor darajasida gaz yonmoqda. “Sayfiy” ko‘chasiga tabiiy gaz yetazib beruvchi gaz tarqatish qurilmasidagi chiqish bosimi tekshirilganida, 400 mm suv ustunini ko‘rsatmoqda va bosim 0.04 sm/m²ni tashkil etyapti. 


“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati



Report Page