“HUDUDGAZ ANDIJON” GAZ TA'MINOTI FILIALI RASMIY MUNOSABATI 

“HUDUDGAZ ANDIJON” GAZ TA'MINOTI FILIALI RASMIY MUNOSABATI 


Ijtimoiy tarmoqlarda “Qarzdorlik yo‘q, ammo gaz ham yo‘q!” sarlavhali murojaat tarqaldi. Unda Andijon shahri “Bog‘i eram” MFYning “Shermatov” ko‘chasida yashovchi fuqaro o‘z xonadoniga o‘rnatilgan gaz hisoblagichning bloklanib qolganligi va shahargazga borib qayta yoqish uchun ariza berib kelganligi, 4 kundan beri hech kim kelmayotganligi haqida yozilgan. 

Ushbu holat yuzasidan “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali va “Andijonshahargaz” gaz ta'minoti bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘rganish ishlari boshlangan. O‘rganish yakuni bo‘yicha batafsil ma'lumot berilishini ma'lum qilamiz. 


“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati



Report Page