“HUDUDGAZ ANDIJON” GAZ TA'MINOTI FILIALI RASMIY MUNOSABATI

“HUDUDGAZ ANDIJON” GAZ TA'MINOTI FILIALI RASMIY MUNOSABATI


Telegramdagi “Muxbir Daliyev” kanalida “Gaz balonga ham 40 kun bo‘ldi” sarlavhali murojaat e'lon qilingan bo‘lib, unda Andijon shahridagi “Ma'rifat” MFYga gaz ballonlarni almashtirilganligiga 40 kun bo‘lganligi aytib o‘tilgan. Ushbu murojaat yuzasidan “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati quyidagilarni ma'lum qiladi. 

Andijon shahridagi “Ma'rifat” MFYda 1326 nafar suyultirilgan gaz iste'molchilari mavjud bo‘lib, aholi gaz ta'minoti korxonasi tomonidan 1859 dona maishiy gaz ballon bilan ta'minlangan. Iste'molchilarning gaz ballon bilan ta'minlanganlik darajasi 140 foizni tashkil etmoqda. Yil boshidan beri “Ma'rifat” MFY iste'molchilariga 253.02 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilgan bo‘lib, belgilangan reja amalda 163 foizga bajarilmoqda. So‘nggi marta ushbu mahallaga oktyabr oyining 19-21-sanasida 31.17 tonna gaz yetkazib berilgan va haqiqatan ham oraliq muddat 40 kunni tashkil etmoqda. 

“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filialining “Andijonshahargaz” gaz ta'minoti bo‘limi “Ma'rifat” MFYga belgilangan reja-grafikka asosan 6-dekabr kunidan boshlab suyultirilgan gaz yetkazib berish boshlanishini ma'lum qilamiz. 


“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati



Report Page