“HUDUDGAZ ANDIJON” GAZ TA'MINOTI FILIALI RASMIY MUNOSABATI

“HUDUDGAZ ANDIJON” GAZ TA'MINOTI FILIALI RASMIY MUNOSABATI


Ijtimoiy tarmoqlarda “ Andijon shahar, “O‘zbegim” MFY, Buyuk-turon ko‘chasi (Avtovokzal orqasi) tabiiy gaz umuman yo‘q. Mutasaddilarga murojaat qilsak Sizlarning mahallangiz suyultirilgar gaz baloniga o‘tkan deyishadi. Gaz ballonlarni o‘zimiz ko‘chadan to‘ldiramiz. Xech qachon vaqtida olib kelmeydi gaz ballonlarini...” mazmunidagi murojaat qoldirilgan. Ushbu murojaat yuzasidan “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati quyidagilarni ma'lum qiladi. 

 Andijon shahridagi gaz tarmoqlarining oxirgi nuqtalarida joylashgan va tabiiy gaz yetkazib berishning texnik imkoniyati bo‘lmagan mahallalar qatori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7- iyuldagi 2367-sonli hamda viloyat va shahar hokimliklarining tegishli qarorlariga asosan suyultirilgan gazga moslashtirilgan, shular orasida “O‘zbegim” mahalla fuqarolar yig‘ini ham mavjud.  

 Bugungi kunda “O‘zbegim” MFYda 501 nafar suyultirilgan gaz iste'molchilari bo‘lib, ularda 521 dona maishiy gaz ballonlari bor. “O‘zbegim” MFYga yil boshidan beri 82.9 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilgan bo‘lib, mahalla ahliga so‘nggi marta joriy yilning 28-sanasida 4.62 tonna suyultirilgan gaz berilgan. 

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-sentabrdagi “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4840-sonli qarori asosida Andijon viloyati bo‘yicha aholi xonadonlariga gaz hisoblagich o‘rnatilmoqda. “Aqlli”gaz hisoblagichlar o‘rnatib bo‘lingach, iqtisod qilingan tabiiy gazdan birinchi navbatda Andijon shahrida suyultirilgan gazga moslashtirilgan mahallalarni qayta gazlashtirish masalasi ko‘rib chiqiladi. Bugungacha viloyatdagi tabiiy gaz iste'molchilarining 190 mingdan ortig‘iga “aqlli” gaz hisoblagichlari o‘rnatildi.


“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati



Report Page