“HUDUDGAZ ANDIJON” GAZ TA'MINOTI FILIALI RASMIY MUNOSABATI

“HUDUDGAZ ANDIJON” GAZ TA'MINOTI FILIALI RASMIY MUNOSABATI


“Andijon | Kun.uz” telegram kanalida “Andijonshahargaz” suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berishni qachon tartibga soladi?” sarlavhali murojaat tarqalgan edi. Mazkur murojaatda mahallaga 45 kundan buyon suyultirilgan gaz yetkazib berilmayotganligi aytilgan. Ushbu murojaat “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati tomonidan o‘rganildi va quyidagilar ma'lum qilinadi.

Andijon shahridagi “Sanoat” MFYda 1225 nafar suyultirilgan gaz iste'molchilari istiqomat qiladi. Iste'molchilarga “Andijonshahargaz” gaz ta'minoti bo‘limi tomonidan 1296 dona maishiy gaz ballonlari tarqatilgan. Yil boshidan beri mahalla ahliga 124.42 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilgan.

“Sanoat” MFY so‘nggi marta 13-18-oktyabr' kunlari 21.06 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilgan hamda murojaat e'lon qilingan sana, ya'ni 29-noyabr kunigacha oraliq muddat 43-45 kunni tashkil etgan. Reja-grafikka asosan ushbu mahallaga 30-noyabrdan boshlab suyultirilgan gaz yetkazilib berilishi kerak bo‘lgan. 

30-noyabrdan boshlab “Sanoat” MFYning iste'molchilari “Andijonshahargaz” gaz ta'minoti bo‘limi tomonidan suyultirilgan gaz bilan ta'minlana boshladilar va tez orada barcha iste'molchining gaz bilan ta'minlanishini ma'lum qilamiz.


“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati



Report Page