“HUDUDGAZ ANDIJON” GAZ TA'MINOTI FILIALI RASMIY MUNOSABATI

“HUDUDGAZ ANDIJON” GAZ TA'MINOTI FILIALI RASMIY MUNOSABATI


Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahridagi “Hamkorlik” MFY fuqarosining murojaati tarqaldi. Unda mahallaga 50 kundan beri suyultirilgan gaz yetkazib berilmayotganligi aytilgan. Mazkur murojaat yuzasidan “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati quyidagilarni ma'lum qiladi. 

Andijon shahridagi “Hamkorlik” MFYda 586 nafar suyultirilgan gaz iste'molchilari istiqomat qiladi. Fuqarolarning 593 dona maishiy gaz ballonlari mavjud va ballon bilan ta'minlanganlik darajasi 101 foizni tashkil etadi. Mahallaga “Andijonshahargaz” gaz ta'minoti bo‘limi tomonidan joriy yil boshidan beri 130,26 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilgan. 

Murojaatdan so‘ng shu kunning o‘zida iste'molchilarga 4400 kg suyultirilgan gaz yetkazib berildi. “Hamkorlik” MFYning qolgan iste'molchilariga ham suyultirilgan gaz yetkazib berish davom etmoqda. 


“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati



Report Page