“HUDUDGAZ ANDIJON” GAZ TA'MINOTI FILIALI RASMIY MUNOSABATI

“HUDUDGAZ ANDIJON” GAZ TA'MINOTI FILIALI RASMIY MUNOSABATI


Ijtimoiy tarmoqlarda “Hammaga gaz bor, bizga anqoning urug‘i —Andijondan murojaat” sarlavhali murojaat tarqalgan bo‘lib, ushbu murojaatda “Andijon shahri “Pistamozor” mahallasi “Qalandarova” ko‘chasida jami 307 ta xonadon istiqomat qilishadi. Hudud gazlashgan, shaharning obod mahallalaridan hisoblanadi. Ammo aholi o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchiliklar sababmi, yoki moliyaviy masalalar sababmi, 20 ta xonadon gazga ulanmay qolib ketgan” mazmunidagi xabar qoldirilgan. Ushbu xabar yuzasidan “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati quyidagilarni ma'lum qiladi.

Haqiqatan ham, Andijon shahar “Pistamozor” MFYning “Qalandarova” ko‘chasida tabiiy gaz bilan ta'minlangan xonadonlar mavjud. Shuningdek, ushbu ko‘chadan “Do‘stlik” MFY o‘ramidagi ko‘p qavatli uylarga hamda “Navbahor” MFY o‘ramidagi namunaviy uylarga gaz tarmog‘i tortilgan. “Qalandarova” ko‘chasiga tortilgan gaz quvuri mahalla ahlining, homiylarning mablag‘i va hashar yo‘li bilan tashkil etilgan. Gaz tarmog‘i tortilayotgan vaqtda 20 ta xonadon egalari o‘zaro kelishmovchiliklar sababli hasharga qo‘shilmagan. Hozirda esa o‘zaro kelishmovchilik tufayli tabiiy gazga ulanish bo‘yicha mahalla ahli norozilik bildirmoqda. 

“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filialining “Andijonshahargaz” gaz ta'minoti bo‘limi xodimlari mahalladagi o‘zaro kelishmoqchiliklar barham topgach, qolgan 20 ta xonadonni tabiiy gaz tarmog‘iga ulashga tayyorligini bildirib o‘tadi. 


“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati



Report Page